muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
108
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA ULARGA QO'YILADIGAN
DAVLAT STANDARTLARI
Abdugofurov Shohjaxon Muhammadqobul o’g’li.
Komilov Elshod Rasuljon o'g'li.
Andijon davlat universtiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari.
Anotatsiya. Hozirgi kunga kelib oziq-ovqat sanoati jadal rivojlanib bormoqda. Aholini oziq-ovqat
bilan ta'minlashda uning sifat ko'rsatgichlari, holati, davlat standarti talablarga qay darajada javob berishi
qat'iy tartibda nazorat qilib boriladi. Batafsil aytadigan bo'lsak, shuni ta‘kidlash orinliki, oziq-ovqat
xavfsizligini ta‘minlash bilan bog‘liq normativ-hujjatlarda xalqaro standartlarga mos qoidalar
o'rnatilgan bo'lsada, lekin ularni qat'iy tartibda nazorat qilishni talab qiladi. Bu borada ISO 22000 oziq-
ovqat xavfsizligining yagona standarti bo‘lib, u turli milliy standartlarni amalga oshirish oson va jahon
miqyosida e’tirof etilgan, tushunarli talablar to‘plamiga birlashtiradi.
Abctract. Today, the food industry is developing rapidly. In providing the population with food,
its quality indicators, condition, the extent to which it meets the requirements of state standards are
strictly controlled. In particular, it is important to note that food safety regulations are in line with
international standards, but require strict oversight. In this regard, ISO 22000 is the only standard of
food safety, which combines various national standards into a set of requirements that are easy to
implement and globally recognized.
Kalit so'zlar. Oziq-ovqat xavfsizligi, ISO 22000 standarti, SMT, davlat standartlari.
Keywords. Food safety, ISO 22000 standard, SMT, state standards.
Kirish. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi
mahsulotlari sifatini va eksport salohiyatini oshirishga boʻlgan yondashuv mutlaqo oʻzgardi, davlat
siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylantirildi.
Aslida oziq-ovqat xavfsizligi juda keng tushuncha bo’lib, u, eng avvalo, aholi ehtiyojini fiziologik
me’yorlarga mos ravishda iste’mol tovarlari bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Biroq keyingi paytda
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o’sishi aholi soni va ehtiyojlarining ortishidan orqada
qolayotgani, ayniqsa, qishloq xo’jaligi hamda qayta ishlash sanoati rivoji uchun yetarli sharoit mavjud
bo’lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotgani tashvishlanarlidir.
Bunday paytda O’zbekistonimizda aholining muhim kundalik iste’mol tovarlariga bo’lgan talabi
to’liq qondirilibgina qolmay, katta miqdorda eksport qilinayotgani tahsinga loyiq. Bu esa
mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini nazorat qilib borish borasida qabul qilingan qonun
qoidalar naqadar ahamiyatli ekanligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |