O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- TALABLAR VA UNING ICH TERLAMA (QORIN TIFI) KASALLIGINI OLDINI OLISHDAGI ROLI. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, ass. Mamurova Nigora Normuratovna
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 106 UMUMIY OVQATLANISH OBYEKTLARIGA QO’YILGAN GIGIYENIK TALABLAR VA UNING ICH TERLAMA (QORIN TIFI) KASALLIGINI OLDINI OLISHDAGI ROLI. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, ass. Mamurova Nigora Normuratovna, bakalavr. Maydonov Bahodir Botir o’g’li. Tibbiy profilaktika 502 gr. Umumiy ovqatlanish korxonasining loyihalari sanitar qoida va normalar asosida turli xil bo‘ladi: ochiq turdagi oshxona, oliy ta’lim muassasalari qoshidagi oshxonalar, ishlab chiqarish korxonasiga tegishli oshxonalar, restoran, kafe va boshqalar. Ularning aksariyati namunaviy loyihaga asosan quriladi. Katta umumiy ovqatlanish korxonalari esa yagona loyihaga asosan, ya’ni fabrika va tayyorlov oshxonalari maxsus ishlab chiqilgan individual loyihaga ko‘ra quriladi. Fabrika va tayyorlov oshxonalari zamonaviy umumiy ovqatlanish korxonasining keng qurilishini odatda yarimfabrikatlar bilan ishlash uchun loyihalashtiriladi. Xom-ashyo bilan ishlaydigan korxonalar shunday yarimfabrikatlar ishlab chiqaradigan korxonalar mavjud bo‘lmagan aholi punktlarida quriladi. Umumiy ovqatlanish korxonasining sanitar holati xuddi boshqa korxonalar singari hududi yetarli bo‘lgan, rejalashtirilgan va obodonlashtirilgan yer chastkasida quriladi. Unda xo‘jalik qurilmalari, mijozlar dam olishi, yozgi qo‘shimcha o‘rinlarni joylashtirish, avtomobillar qo‘yish uchun zonalar bo‘lishi ko‘zda tutilishi lozim. Ombor, tara, yoqilg‘i, axlat to‘plash joyi va boshqa hovlida qurilgan qurilmalar shamol esmaydigan tomonda bo‘lishi lozim va albatta ular xo‘jalik hovlisidan va boshqa xo‘jalik hududidan devor bilan ajratib qo‘yilishi kerak. Umumiy ovqatlanish korxonasining eshik va derazalaridan axlat to‘plash joyi 20 m dan kam bo‘lmagan uzoqlikda bo‘lishi lozim. Bundan tashqari axlat to‘plash joyi va yoqilg‘i maydonchasi asosiy binodan ajratib turuvchi yashil ekinlar bilan ajratib qo‘yish tavsiya etiladi. Uchastkada transport va piyodalar harakati uchun joy ajratilishi va binoga kirish yo‘laklarini to‘g‘ri tashkil etish lozim. Transport yo‘li va piyodalar yo‘lagi binoga chang va loyning kirishini kamaytirish uchun asfalt bilan qoplanishi kerak. Qattiq qoplama asfalt bilan qoplanmagan va qurilmalar yo‘q joylarga gazon, bo‘ta va tik o‘suvchi daraxt ko‘chatlari ekilishi kerak, bular atmosfera havosini changdan tozalashda muhim rol o‘ynaydi. Umumiy ovqatlanish korxonasidagi yashil o‘simliklarning salmog‘i korxona umumiy hududining 50%idan kam bo‘lmasligi kerak. UOK hududida kirish uchun kamida 2ta kirish joyi bo‘lishi lozim: biri – mijozlar uchun, ikkinchisi - oziq-ovqatlarni olib kelish va xo‘jalik maqsadlari uchun. Yirik korxonalarda axlat va chiqindilarni chiqarish uchun xo‘jalik hovlisida oziq-ovqat bo‘lmagan yuklarni olib keltirish va chiqarish uchun alohida yo‘l bo‘lishi tavsiya etiladi. Ich terlama (qorin-tifi) - isitma bilan kechuvchi og’ir kasallik bo’lib, bakteriemiya, umumiy intoksikatsiya, jigarning, taloqning kattalashishi va ingichka ichak limfoapparatlarining faoliyatlari buzilishi bilan xarakterlanadi. Qo’zg’atuvchisi salmonella guruhiga mansub S. Typhi abdominalis. Tashqi muhitda juda chidamli, fizik va kimyoviy ta’sirlarga ham chidamli. 2 ta antigeni, ya’ni somatik 0 antigen va xivchinli N antigenlari bor. O antigenga qo’shimcha antigeni ham mavjud bo’lib, u virulentlik (Vi) antigeni deb ataladi. Xivchinlari bo’lib, ular yordamida harakatlanishadi. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Gramm manfiy, hamma anilin bo’yoqlarda yaxshi bo’yaladi. Tuproqda - 2-3 oy, suvda - 2 haftagacha va undan ortiq, oziq-ovqat mahsulotlarida - bir necha haftagacha, meva va sabzavotlarda - 10 kungacha saqlanishi mumkin. Qorin tifidan o’lganlarda 3-4 haftadan keyin ham bakteriyalar ajralib chiqqanligi kuzatilgan. Dezinfeksiyalovchi vositalar yuqori konsentratsiyada bo’lganda ta’sir qiladi. Respublikamizda oxirgi 20 yilda qorin tifi va paratif kasalliklari kamayganligi kuzatiladi. Qorin tifi bilan kasallanish ko’rsatkichlari 2 martaga kamaygan. Biroq so’nggi vaqtlarda ba’zi viloyatlarda qorin tifi kasalligining o’sayotganligi kuzatilayapti, jumladan o’sish ko’rsatkichlari Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan. Kasallik qo’zg’atuvchisining manbai - kasal bo’lgan odam (rekonvalessentlar, bakteriya tashuvchilar), paratif V da esa hayvonlar va qushlar ham infeksiya manbai bo’lib xizmat qilishlari mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling