O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
103 
Esherixiozlar bemorlarda yengil o‘tadi, ammo o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, o‘lim 
holatlari kuzatiladi. EGITlari (0157:N7) chaqiradigan kasalliklarda o‘lim hollari 3-7% kuzatilishi 
mumkin. 
Epidemiologik nazoratda, o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanishni ularning epidemik 
jarayonini doimiy kuzatish, o‘tkir ichak infeksiyalari bilan kasallangan bemorlarni patogen ichak 
tayoqchalariga bakteriologik tekshirish, retrospektiv va operativ epidemiologik tahlil o‘tkazib, xavfli 
guruhlarni, xavfli hududni, xavfli vaqtni, xavfli yuqtirish omillarini aniqlash katta ahamiyatga ega. 
Shuningdek, epidemiologik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar (tug‘ruqxonalar, bolalar 
bog‘chalari, davolash-profilaktika muassasalari) ustidan sanitariya nazoratini kuchaytirish ham 
ahamiyatli. 
Esherixiozlarning profilaktikasi boshqa ichak infeksiyalariga o‘xshab oziq-ovqat korxonalarida
suv ta’minoti ob’ektlarida, bolalar muassasalarida, tug‘ruqxonalarda sanitariya-gigiena talablariga 
rioya qilishni taqozo qiladi. Ovqat tayyorlashda, chaqaloqlarni va nimjon bemorlarni parvarish qilishda 
shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, ayniqsa, qo‘llarni toza tutish, tez-tez sovunlab yuvish 
kasallikning oldini olishda katta ahamiyatga ega. Chaqaloqlarni ko‘krak suti bilan oziqlantirish kasallik 
profilaktikasida muhim ahamiyat kasb etadi. Esherixiozlarning maxsus profilaktikasi ishlab 
chiqilmagan. 
Infeksiya manbalarini (bemorlar, bakteriya tashuvchilar), bemorlar tibbiy yordamga murojaat 
qilganda, profilaktik tibbiy ko‘riklarda, bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarni tekshirish jarayonida 
aniqlash mumkin. 
Bemorlarning tashxisi faqat bakteriologik, qisman serologik usullar yordamida qo‘yiladi. 
Tekshirish uchun axlat, qusuq massasini olish mumkin. 
Esherixioz bemorlari klinik va epidemiologik ko‘rsatmalarga binoan shifoxonaga yotqiziladi. 

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling