O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
- BOTULIZM KASALLIGINI OLDINI OLISHDAGI ROLI. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, ass. Mamurova Nigora Normuratovna
Adabiyotlar
1. I.A. Karimov O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston, 1997. – 325 b. 2. I.A. Karimovning ―O‘zbekistonda Oziq-ovqat dasturini amalga oshirishning muhim zaxiralari‖ mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqi.10-iyun,2014. 3. Otaboev Sh., Hidoyatova Z. Ekologiya, gigiyena va sihat-salomatlik. T.: Fan,2007.325b. 4. Tilovov T. Ekologiya –T.: O‘qituvchi, 2014. -150 b. “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 99 KONSERVA MAHSULOTLARINI TEKSHIRISH JARAYONI TAHLILI VA BOTULIZM KASALLIGINI OLDINI OLISHDAGI ROLI. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, ass. Mamurova Nigora Normuratovna, bakalavr. Maydonov Bahodir Botir o’g’li. Tibbiy profilaktika 502 gr. Konservalar-bu germetik tunuka yoki shisha idishlarda chiqariladigan oziq ovqat mahsulotlaridir. Konserva mahsulotlarini uzoq vaqt saqlash hamda, mikroorganizmlardan holi qilish uchun yuqori harorat ostida termik ishlov beriladi. Bu konservalar birinchi va ikkinchi ovqat sifatida, hamda kulinar ishlovsiz iste’mol qilinishi mumkin. Ular sayohat va ekspeditsiya vaqtida juda qulay oziq-ovqat mahsulotidir. Bombajni aniqlash: Konserva qopqog’i va tag qismida shish borligi aniqlanadi. Bankalarni germetikligini tekshirish: Konserva banka etiketkasidan tozalanadi qaynoq suvga tushiriladi. Suvning yuzasi bankadan 2,5-3 sm yuqori bo’lishi kerak. Banka 5-7 daqiqa ushlab turiladi. Agar germetiklik buzilgan bo’lsa, suv yuzasida pufakchalar hosil bo’ladi. Ammo bizning yurtimizda uzoq muddatlardan buyon uy sharoitida konserva (shisha bankalarga) tayyorlanishi davom etib kelmoqda. Bu esa tez-tez aholi orasida botulism uchrashiga sabab bo’lmoqda. Ba’zan butun boshli oilalarning o’limi yoki butun boshli to’y marosimlarida 10 lab odamlarning og’ir holda kasalxonalarga yotqizilishi holatlari uchramoqda. Botulizm kasalligi agar inson zararlangan oziq-ovqat iste’mol qilsa (kamdan-kam hollarda nafas orqali yoki boshqa yo’llar bilan yuboriladigan bo’lsa) yoki Botulina bakteriyalari ichakda yoki jarohat joyida ko’paysa, bakteriyalar ishlab chiqargan toksinlar bevosita organizmga tarqaladi va kasallik rivojlanadi. Oziq-ovqat botulizmida simptomlar odatda zararlangan ovqatni iste’mol qilgandan keyin 18 — 36 soat o’tib boshlanadi, ammo belgialr 6 soat yoki 10 kundan keyin paydo bo’lishi mumkin. Uyda konserva bilan shug’ullanishdan oldin odamlar Clostridium bakteriyalar va ularning sporalarini yo’q qilish uchun qat’iy sanitar-gigiena qoidalariga amal qilib, mavjud neyrotoksinlarni parchalash uchun issiqlik bilan ishlov berish kerak. Botulizm neyrotoksinlari yuqori haroratlarda (besh daqiqa davomida 85°C) parchalanadi, shuning uchun uy sharoitida tayyorlangan konservalarni iloji bo’lsa xavfsizlikni ta’minlash uchun iste’moldan oldin 10 daqiqa davomida qaynatish kerak. Botulizm nafas olish qobiliyatining yo’qolishi tufayli o’limga olib kelishi mumkin. O’tgan 50 yil mobaynida, botulizm o’lim darajasi ancha pasaydi. Afsuski, og’ir botulizm bilan kasal tirik qolish uchun bir necha oy davomida nafaqat sun’iy nafas apparati, balki jadal tibbiy va hamshiralik parvarishni talab qilishi mumkin. Davolash qilinmagan botulizmda o’lim darajasi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Botulizmli bemorlar hozirda taxminan 3% -5% gacha bo’lgan o’lim ko’rsatkichiga ega. Ba’zi bemorlar turli xil falajlar bilan ko’p oylar yotoqda yotishlari mumkin. Umuman olganda, kasallikning tashxisi va davolash qancha oldinroq boshlansa, kasallik holati shuncha yaxshilanishi mumkin. Biroq, natijalar faqat dastlabki tashxis va botulizm davolash keyin yil davomida surunkali charchoq va nafas qisilishi, ayrim bemorlar o’lim kuzatilishi mumkin. Botulina neyrotoksini eng kuchli va o’ldiradigan moddalardan biri hisoblanadi. Kamida 1 nanogramm/ kg odamlar uchun halokatli bo’lishi mumkin, va olimlar botulina toksinining taxminan 1 grammi 1 million odamlarni o’ldirishga qodir deb taxmin qilishadi. Toksinning oz miqdori odamlarni o’ldirishga qodir bo’lgani sabab bioterrorizm uchun qurol sifatida ishlatilishi mumkin. Botulizmning barcha shakllari o’limga olib kelishi mumkin va favqulodda holat hisoblanadi. Toksin hazm qilish tizimi tomonidan tez so’riladi, shuning juda ko’p odamlar zaharlangan oziq-ovqatni oz miqdorda iste’mol qilganda ham zaharlanishadi. Download 5.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling