O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

 
Foydalangan adabiyotlar 
1. Лебедев А.Т. Масс-спектрометрия в органической химии. М.: БИНОМ. 2003. 493 с.
2. Calder, P.C., 2018. Very long-chain n-3 fatty acids and human health: fact, fiction and the 
future. Proc. Nutr. Soc. 77 (1), 52–72.
3. Candela, M., Astiasaran, I., Bello, J., 1998. Deep-fat frying modifies high-fat fish lipid 
fraction. J. Agric. Food Chem. 46 (7), 2793–2796. 
4. Ioannou, I., Chekir, L., Ghoul, M., 2020. Effect of heat treatment and light exposure on the 
antioxidant activity of flavonoids. Processes 8 (9), 1078.


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
97 
BUGUNGI KUNDA OZIQ-OVQAT MUAMMOSI VA INSON SALOMATLIGI 
Qarshi muhandislik–iqtisodiyot instituti 
ass. Jonimqulov T.I. talaba. Murodova Zarnigor. 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro ekspert tadqiqotlari jahonda 
va uning ayrim mintaqalarida ushbu muammo bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga kelayotgani jiddiy 
tashvish va xavotir uyg‘otayotganini ko‘rsatmoqda. 
Bugungi kunda mazkur muammo jahon hamjamiyati uchun o‘ta dolzarb va jiddiy tahdidlar 
qatoriga kiritilmoqda. BMTning ―Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti‖ hamda ―Jahon sog‘liqni 
saqlash tashkiloti‖ ma‘lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, ya‘ni 
deyarli har sakkiz odamning biri to‘yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi 
to‘laqonli ravishda ovqatlanmayotganligi, eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi 
muammosini boshidan kechirmoqda. 
Ana shunday sabablar tufayli 160 milliondan ortiq bola bo‘yining o‘sishi, jismoniy va intellektual 
rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda. Bu tafovut, avvalo, oziq-ovqat mahsulotlarini 
jadal ishlab chiqarish uchun tegishli sharoitlar mavjud bo‘lmagan mamlakat va hududlarda chuqurlashib 
bormoqda. Bu o‘rinda gap, birinchi navbatda, atrof-muhitning ekologik jihatdan buzilishi hamon davom 
etayotgani, iqlim o‘zgarishlarining oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan 
qurg‘oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumladan, sug‘orish uchun yerosti suvlarining tugab 
borayotgani, irrigatsiya, melioratsiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga yo‘naltiriladigan 
investitsiyalarning yetarli emasligi haqida bormoqda. 
Yerlarning ekologik jihatdan buzilishi kimyoviy moddalar, mineral o‘g‘it va pestitsidlarni tinimsiz 
ishlatish oqibatida yanada kuchaymoqda. Bularning qatoriga urbanizatsiya, ya‘ni shaharlashuv 
jarayonlari, aholining qishloqlardan shaharlarga ko‘chishi bilan bog‘liq muammolar ham qo‘shilmoqda. 
Natijada oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari sezilarli darajada qisqarib 
ketmoqda. Shuningdek, Xitoy, Hindiston kabi Osiyoning bir qator mamlakatlarida aholi 
daromadlarining jadal sur‘atlar bilan ko‘payib, shunga mos ravishda oziqovqat mahsulotlarini iste‘mol 
qilish hajmi ortib borayotganini ham e‘tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini ―daladan dasturxonga‖ sxemasi bo‘yicha iste‘molchiga yetkazib 
berishda ulkan yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilmoqda. BMTning ―Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti‖ 
ma‘lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha qariyb 1,3 milliard tonna miqdoridagi, salkam 1 trillion 
dollarlik oziqovqat mahsulotlari shu tariqa boy beriladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan me‘yordagi 
ehtiyojni aniqlashda mutanosib ratsion asosida ovqatlanishni ta‘minlash vazifasi faqat me‘yordagi 
kaloriyaga ega bo‘lgan va har kuni iste‘mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat emasligini 
e‘tiborga olish o‘ta muhimdir. 
To‘laqonli ovqatlanish ko‘p jihatdan uning tarkibiga, iste‘mol qilinadigan oziqovqat 
mahsulotlarining insonning normal rivojlanishi va faoliyat yuritishi, uning organizmida to‘g‘ri modda 
almashinuvi, salomatlikni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish, keksayish jarayonini 
sekinlashtirish va umrni uzaytirish uchun zarur bo‘ladigan to‘yimli va sifatli moddalar bilan kerakli 
darajada ta‘minlanishiga bog‘liq. Bu borada ovqat bilan birga o‘rnini hech narsa bosolmaydigan 
aminokislotalar, vitaminlar, mineral moddalar, mikroelementlar va organizmda o‘z-o‘zidan hosil 
bo‘lmaydigan boshqa moddalarning ham iste‘mol qilinishi inson hayoti uchun eng muhim ahamiyatga 
egadir. Ana shu foydali moddalar, vitamin va mikroelementlar katta miqdorda faqatgina sabzavotlar
meva va uzum tarkibida bo‘ladi va ularning o‘rnini boshqa hech qanday mahsulot bosa olmaydi. 
Boshqacha aytganda, inson salomatligi, uning uzoq va barakali umr ko‘rishi to‘g‘ri va mutanosib ratsion 
asosida ovqatlanishni ta‘minlash bilan chambarchas bog‘liq ekani, meva va sabzavotlar uning eng 
muhim tarkibiy qismi bo‘lishi lozimligi hech kimga sir emas Biz mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar va shu 
kabi vositalarning o‘rniga doimo qo‘llab kelayotgan va biz uchun ustuvor bo‘lgan organik o‘g‘itlardan 
foydalanishni afzal deb bilamiz. Boshqa kimyoviy vositalar qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi 
kurashishda ishlatilishi mumkin. Lekin ulardan stimulyator, ya‘ni ekinni tez rivojlantiradigan vosita 
sifatida foydalanish umuman mumkin emas, chunki bu borada eng yaxshi, sinalgan vosita – bu organik 
o‘g‘itlardir. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma‘lumotlari shundan dalolat beradiki, bugungi kunda 
rivojlanayotgan mamlakatlarda bir kishi uchun tavsiya etilgan kundalik 400 gramm o‘rniga juda kam 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling