“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
98
miqdorda – bor-yo‘g‘i 150-200 gramm meva va sabzavot iste‘mol qilinmoqda. Xalqaro diyetologlarning
tavsiyasiga ko‘ra, inson iste‘mol qiladigan oziqovqatning kamida 50 foizini meva va sabzavotlar tashkil
etishi zarur. Mamlakatimizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi
jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to‘g‘ri
kelmoqda. Bu optimal, ya‘ni maqbul deb hisoblanadigan iste‘mol me‘yoridan uch barobar ko‘pdir.
Ma‘lumki, karbonat angidrid ―bug‘xona ta‘siri‖ tarkibining oz qismini tashkil etadi. Biroq
shuning o‘zi ham uning atmosferaga ―o‘z hukmini o‘tkazishi‖ uchun yetarlidir. Uglerod dioksidi
sayyoramizni isitadi. Bu, o‘z navbatida, Yerning gaz qatlamida suv bug‘ining oshishiga ham sabab
bo‘ladi. Olimlarning bashorat qilishicha, keyingi bir necha ming yil davomida Yer yuzidagi barcha
mavjud yoqilg‘ilarni sarflash hisobiga undan ajralib chiqadigan issiqxona gazlari dengiz sathining 58
metrga ko‘tarilishi, Antarktida muzliklarining butunlay erib ketishi, millionlab kvadrat kilometr yer
maydonining suv ostida qolishi hamda havo haroratining bir necha darajaga ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi
mumkin. Bu nafaqat oq ayiq, pingvinlar singari sovuqsevar jonivorlarning, balki tabiiy muvozanatning
izdan chiqishiga olib keladi deganidir.
Mazkur masalalar yaqinda Parij hamda Yoxannesburg shaharlarida o‘tkazilgan ikki yirik xalqaro
anjumanning bosh mavzusiga aylandi. Oziq-ovqat muammosini hal etishda global iqlim o‘zgarishining
ta‘siri ham bugungi kunda sezilarli darajada turli ekologik ofatlar ko‘rinishlarida namoyon bo‘lmoqda,
jumladan, qurg‘oqchilik, cho‘llanish jarayonining natijasi o‘laroq yerlarning, o‘simlik qoplamining
degradatsiyasi dunyo miqyosida global tus olmoqda. Insonning sog‘-salomat bo‘lishi uning iste‘mol
qilayotgan mahsulotlarining ekologik jihatdan musaffo sharoitda yetishtirish hamda tayyorlanishiga
bevosita bog‘liq. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotlarining keltirgan faktlaricha endokren va o‘sma
kasalliklari bilan butun dunyoda 5 million kishi og‘riydi, bu kasalliklarning geografiyasi nuqtai nazardan
ekologik omillar noqulay bo‘lgan joylarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlanishlar bor.
Atrof-muhitni kanserogen moddalar bilan ifloslanishi uning oziq-ovqat, ichimlik suvi bilan
oshqozon sistemasiga tushib turli kasalliklarni keltirib chiqarishidir. Olimlarning fikricha, benz (a) piren
va boshqa kanserogenlar ko‘p miqdorda oziq-ovqatlar, go‘sht va sut mahsulotlarida uchrab turadi. Benz
(a) pirenni suv havzalarida uchrab turishining asosiy sabablaridan biri sanoat korxonalarining chiqindi
suvlarini ochiq suv havzalariga tozalanmasdan tashlanishi hisobigadir.
Demak, inson uchun tuproq, suv, atmosfera va oziq-ovqat ekologiyasi kata ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, o‘zgarib borayotgan atrof-muhitga chidash, moslashish, unga o‘rganib yashash ijtimoiy
munosabatlar bilan aniqlanadi. Aslini olganda, jamiyatning barqaror rivojini ta‘minlash uchun ―tabiiy‖
va ―sun‘iy‖ rivojlanishga dialektik yondashish ilmiy asoslangan ijtimoiy-gigiyenik va ekologik
o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |