O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
- VA SALMONELYOZ KASALLIGINI OLDINI OLISHDAGI ROLI. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, ass. Mamurova Nigora Normuratovna
Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Овқатланиш гигиенаси фанидан ўқув қўлланма” профессор Г.И. Шайхова таҳрири остида// Тошкент – 2014 2. mt.sammi.uz//Личный кабинет//Tibbiy profilaktika fakulteti//5-kurs//Ovqatlanish gigiyenasi// Konserva va konserva maxsulotlarini gigiyenetik tekshirish 3. Epidemiologiya. O.M Mirtazaev//Toshkent-2016 4. https://mymedic.uz/kasalliklar/infektsion/botulizm/ “Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 100 OZIQ-OVQАT MАHSULOTLАRINI GIGIENIK TEKSНIRISН EKSPERTIZASI VA SALMONELYOZ KASALLIGINI OLDINI OLISHDAGI ROLI. Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, ass. Mamurova Nigora Normuratovna, bakalavr. Maydonov Bahodir Botir o’g’li. Tibbiy profilaktika 502 gr. Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar tekshirishdan oʼtkazish sanitar-epidemiologiya xizmati faoliyatining asosiy yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Аholi salomatligini saqlash maqsadida aholi ovqatlanishi nazorat qilinadi. Аholi salomatligi uchun mahsulotning ozuqaviy quvvatini va uning zararsizligini aniqlash sani- tar-gigienik tekshirishning asosiy vazifalaridan biridir. Sanitar-gigienik tekshirish oʼtkazganda mahsulotning organoleptik xususiyatlari aniqlanadi, uning gigienik koʼrsatkichlar va talablarga mos kelishi, kimyoviy tarkibi oʼzgarishi va sababi, bakterial zararlanishi va infektsiya manbalarining yuqishidagi oʼrni va ovqatdan zaharlanishning mavjudligi, shuningdek, saqlash sharoitlari oʼrga- niladi. Shuningdek, mahsulot tarkibi, uning oʼzgaruvchanligi, uni qayta ishlash yoki yoʼq qilinishi oʼrganiladi. Oziq-ovqat mahsulotlarini sanitar-gigienik tekshirish ama- liyotda murakkab va masʼuliyatli jarayon hisoblanadi. Bu soha har taraflama bilim va ularni turli vaziyatlarda qoʼllay olishni talab etadi. Bularga laboratoriya tekshiruv usullarini bilish va bu usullarni toʼgʼri qoʼllay olish kiradi. Sanitar tekshiruvlarning qiyin vaziyatlarida sanitar shifokor boshqa mutaxassislarni (mik- robiolog, mikolog, toksikolog, veterinar vrachlari va b.) jalb qiladi. Yuqoridagilarga asosan oziq-ovqat mahsulotlarini gigienik tekshirishdan toʼgʼri oʼtkazish ovqatlanish gigienasi shifokori faoliyatida muhim oʼrin tutadi. Ko’pincha ichak infektsiyalari ijtimoiy-iqtisodiy sharoit noxush bo’lgan, sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish ko’rsatkichi past bo’lgan hududlar uchun xos bo’lgan kasallik deb hisoblanadi. Biroq bu salmonellyozga taalluqli emas, chunki u ko’pincha sanitariya-gigiena yaxshi tashkil etilgan katta shaharlarda va kichik aholi punktlarida ham, ya’ni hayvonlar yoki oziq-ovqat mahsulotlari mavjud bo’lgan joylarda bir xilda uchraydi. Salmonellyoz xavfli yuqumli kasallik bo’lib, o’limga olib kelishi mumkin. Umumiy o’lim darajasi 1-3% ni tashkil qiladi. Kasallikdan ko’proq bolalar aziyat chekadi va ularda kasallikning og’ir shaklda kechish ko’rsatkichi yuqori bo’ladi, buning natijasi o’laroq 2-3 yoshgacha bo’lgan chaqaloqlar orasida o’lim darajasi 3-5% gacha yetishi mumkin. Bundan tashqari, kasallikning o’tkir shaklida bemorlarning 1-2 foizida o’lim kuzatilsa, infektsiyalanganlarning 20 foizida kasallik alomatlarsiz kechadi. Kasallik yuqishi hayvonlarni parvarishlash, go’shtni qayta ishlash zavodlarida so’yish jarayonida, shuningdek, tirikligida yoki o’limdan keyin infektsiyalangan hayvon go’shtini iste’mol qilishda uchraydi. Sut va sut mahsulotlari ham infektsiya manbai sanaladi. Mushuk va itlarning 10 foizga yaqinida salmonellyoz tashuvchanligi qayd etiladi. Sinantrop kemiruvchilarda bu ko’rsatkich 40% gacha yetadi. Yovvoyi ko’cha qushlarida (kabutarlar, chumchuqlar, chaykalar) orasida kasallik keng tarqalgan. Qushlar najasi bilan atrof-muhit ob’yektlarini ifloslantirib, patogenning tarqalishiga yordam beradi. Salmonellyoz - zooantroponoz, ya’ni xam xayvonlarda, xam odamlardan yuqadigan va ko‘pincha gastroenterit simptomlari bilan, ba’zi xollarda esa tarqoq infeksiya belgilari bilan ta’riflanadigan o‘tkir yuqumli ichak kasalligidir. Salmonellyoz muloqot yo‘li bilan xam yuqishi mumkin. Bunda u salmonellalar bilan ifloslangan idish tovoqlar, o‘yinchoqlar va boshqa buyumlar orqali yuqadi. Va nixoyat, salmonella havo-chang orqali yuqishi xam mumkin, chunki salmonellalar 20-25 darajali haroratda 80 kunga qadar tirik saqlana oladi. Yoz va kuz oylarida salmonellalar bilan ifloslangan biror ovqatni birdaniga ko‘p odam iste’mol qilishi natijasida (masalan, to‘y-xashamda) salmonellez ba’zan epidemiya ko‘rinishida uchraydi. O‘sha ovqatdan iste’mol qilganlarning deyarli xammasi bir-ikki kun ichida kasallanadi. Salmonellyoz yil davomida uchrab turadi, lekin yoz oylarida ko‘payadi. Bunga oziq – ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitining yomonlashishi sabab bo‘ladi. Go‘dak yoshdagi bolalarda shifoxona ichi salmonellyozi uchraydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling