O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
126 
TO’G’RI OVQATLANISH UZOQ UMR GAROVI 
Rahmonova Charos fazliddin qizi TKTI Shahrisabz filiali assistenti, 
Roziqova Mohiniso Jalol qizi TKTI Shahrisabz filiali 2-bosqich talabasi 
 
Sogʼlom ovqatlanish deganda organizimning oʼsib rivojlanishi, aqliy va jismoniy mehnat qilishi, 
reproduktiv faoliyati va boshqa hayotiy funktsiyalari uchun kerakli barcha makro (oqsillar, yogʼlar, 
uglevodlar) hamda mikro nutrientlarni (vitaminlar, maʼdanli va boshqa biologik faol modalari) oʼzida 
mujassamlashtirgan va meʼyoriy holda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda 
taʼminlanishi tushuniladi.
Аytib o’tish lozimki, sogʼlom ovqatlanish ancha murakkab va kompleks muammolarni oʼz ichiga 
olib, ularni hal qilishda koʼpgina nazariy va amaliy bilmlarga ega boʼlish talab qilinadi. Oziq-ovqat 
maxsulotlaridan toʼgʼri va maqsadga muvofiq ravishda foydalanishda dastavval ularning qabul qilinishi, 
hazm boʼlishi, oʼzlashtirilishi bilan bogʼliq murakkab fiziologik va biokimyoviy jarayonlari toʼgʼri 
tushunib yetish, oʼsimlik va hayvonlardan olinadigan yeguliklarning yetish tirilishidan tortib, ulardan 
faydalanishgacha boʼlgan hollarda qishloq xoʼjaligi va ekologik holat bilan bogʼliq boʼlgan sohalardan 
xabordor boʼlish, qolaversa turli xil taomlarning inson organizimga qanday taʼsir koʼrsatishi bilan 
bogʼliq profilaktik va davolashi bilan bogʼliq tibbiy muammolar homda ovqat tayyorlash texnologiyasi 
masalalari bilan ham yaqindan tanishish talab qilinadi. Yana shu narsani ham unutmaslik kerakki 
sogʼlom ovqatlanish masalalari butun dunyoda va har bir davlat va xalqlarning iqtisodiy muammolari 
bilan ham chambarchas bogʼliq bo’lgan bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. 
Sogʼlom ovqatlanish avvalo insonning salomatligi uchun muhim bo’lgan omildir. Jahon 
Sogʼliqni Saqlash Tashkilotining eʼtirof etishicha kishilar sihat-salomatligining 50% ularning ijtimoiy-
iqtisoliy masalalarni qamrab olgan turmush tarziga, 20% nasl-nasabga, 20% ekologik muhitga va qolgan 
10% tibbiy xizmatga bogʼliq.[1] 
Аytib o’tish joizki Respublikamiz aholisining sihat-salomatligi borasida mustaqillikka 
erishilganidan keyin davlatimiz tomonidan muhim qarorlar qabul qilindi, koʼpgina tadbirlar amalga 
oshirildi. 2005 yilning “Sihat-salotmatlik” yili deb eʼlon qilinishi va Prezidentimiz tomonidan 2004 yil 
15 dekabrda bu borada eʼlon qilgan maxsus dastur aholi salotmatligini taʼminlash, uni muhofaza qilish, 
turli xil kasalliklarni davolash, qishilarning uzoq umr koʼrishi va serunum mehnat qilishiga erishish 
yoʼlidagi muhim tadbir hisoblanadi. 
Qayd qilingan hujjatlarda haqli ravishda taʼqidlanganidek, “odamlarda bebaho boylik boʼlgan oʼz 
sogʼligini saqlashga toʼgʼri va masʼuliyatli munosabatda boʼlish, sogʼlom turmush tarzi, oʼz hayot 
faoliyatini oqilona tashkil qilish, salomatlik uchun zararli va xatarli odatlardan voz kechish” sihat-
salomatlikka erishish yoʼlida ustivor ahamiyat kasb etadi. Аgar inson ovqatlanishi yetarli va mukammal 
yaʼni ratsional boʼlsa, u aksariyat hollarda sogʼlom boʼladi yoki tibbiyot ilmining asochisi Gippokrat 
aytganidek “Toza va sifatli ovqatlarni isteʼmol qilgan kishi kam kasallanadi”. Haqiqatdan ham, kundalik 
isteʼmol qilinadigan taomlar oʼzining quvvati, tarkibi, miqdori va xilma-xilligi bilan kishining ehtiyojiga 
toʼgʼri kelsa, uning oʼsib-ulgʼayishi meʼyorida boʼlib, mehnat qilishi va har xil noqulay omillarga 
bardosh berishi yuqori darajada boʼladi. 
To'g'ri ovqatlanish parhezmi?
Umuman olganda, parhez ma'lum miqdordagi vaznni yo'qotish uchun oziq-ovqatdan kuchli cheklovning 
qisqa muddatli kursi deb ataladi. To’g’ri bu yoqimli holat emas: doimiy ochlik hissi, bosh aylanishi, 
yomon teri va sochlar. Ortiqcha vazn bilan kurashishning bunday usulini oqilona deb atash qiyin. To'g'ri 
ovqatlanish - bu noqulay va qisqa muddatli bo'lmagan hayotning yangi usuli va bu jarayon 
metabolizmning normallashishiga olib keladi 
Qanday qilib o'zingizni to'g'ri ovqatlanishga o'rgatish kerak 
To'g'ri ovqatlanish - bu organizmga oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallarning to'liq 
to'plamini beradigan, ya'ni ular uning barcha ehtiyojlarini qondiradigan va unga foyda keltiradigan tabiiy 
va yuqori sifatli mahsulotlardan iborat to'liq va muvozanatli ovqatlanishdir. 
• Oziq-ovqat organizm uchun yoqilg'ining bir turi bo'lib, undan energiya ishlab chiqariladi. Yaxshi 
yoqilg'i nafaqat muammosiz ishlashni ta'minlaydi, balki ko'plab "buzilishlar" ning oldini oladi. 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling