O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Roziqova Mohiniso Jalol qizi TKTI Shahrisabz filiali 2-bosqich talabasi
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 126 TO’G’RI OVQATLANISH UZOQ UMR GAROVI Rahmonova Charos fazliddin qizi TKTI Shahrisabz filiali assistenti, Roziqova Mohiniso Jalol qizi TKTI Shahrisabz filiali 2-bosqich talabasi Sogʼlom ovqatlanish deganda organizimning oʼsib rivojlanishi, aqliy va jismoniy mehnat qilishi, reproduktiv faoliyati va boshqa hayotiy funktsiyalari uchun kerakli barcha makro (oqsillar, yogʼlar, uglevodlar) hamda mikro nutrientlarni (vitaminlar, maʼdanli va boshqa biologik faol modalari) oʼzida mujassamlashtirgan va meʼyoriy holda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda taʼminlanishi tushuniladi. Аytib o’tish lozimki, sogʼlom ovqatlanish ancha murakkab va kompleks muammolarni oʼz ichiga olib, ularni hal qilishda koʼpgina nazariy va amaliy bilmlarga ega boʼlish talab qilinadi. Oziq-ovqat maxsulotlaridan toʼgʼri va maqsadga muvofiq ravishda foydalanishda dastavval ularning qabul qilinishi, hazm boʼlishi, oʼzlashtirilishi bilan bogʼliq murakkab fiziologik va biokimyoviy jarayonlari toʼgʼri tushunib yetish, oʼsimlik va hayvonlardan olinadigan yeguliklarning yetish tirilishidan tortib, ulardan faydalanishgacha boʼlgan hollarda qishloq xoʼjaligi va ekologik holat bilan bogʼliq boʼlgan sohalardan xabordor boʼlish, qolaversa turli xil taomlarning inson organizimga qanday taʼsir koʼrsatishi bilan bogʼliq profilaktik va davolashi bilan bogʼliq tibbiy muammolar homda ovqat tayyorlash texnologiyasi masalalari bilan ham yaqindan tanishish talab qilinadi. Yana shu narsani ham unutmaslik kerakki sogʼlom ovqatlanish masalalari butun dunyoda va har bir davlat va xalqlarning iqtisodiy muammolari bilan ham chambarchas bogʼliq bo’lgan bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Sogʼlom ovqatlanish avvalo insonning salomatligi uchun muhim bo’lgan omildir. Jahon Sogʼliqni Saqlash Tashkilotining eʼtirof etishicha kishilar sihat-salomatligining 50% ularning ijtimoiy- iqtisoliy masalalarni qamrab olgan turmush tarziga, 20% nasl-nasabga, 20% ekologik muhitga va qolgan 10% tibbiy xizmatga bogʼliq.[1] Аytib o’tish joizki Respublikamiz aholisining sihat-salomatligi borasida mustaqillikka erishilganidan keyin davlatimiz tomonidan muhim qarorlar qabul qilindi, koʼpgina tadbirlar amalga oshirildi. 2005 yilning “Sihat-salotmatlik” yili deb eʼlon qilinishi va Prezidentimiz tomonidan 2004 yil 15 dekabrda bu borada eʼlon qilgan maxsus dastur aholi salotmatligini taʼminlash, uni muhofaza qilish, turli xil kasalliklarni davolash, qishilarning uzoq umr koʼrishi va serunum mehnat qilishiga erishish yoʼlidagi muhim tadbir hisoblanadi. Qayd qilingan hujjatlarda haqli ravishda taʼqidlanganidek, “odamlarda bebaho boylik boʼlgan oʼz sogʼligini saqlashga toʼgʼri va masʼuliyatli munosabatda boʼlish, sogʼlom turmush tarzi, oʼz hayot faoliyatini oqilona tashkil qilish, salomatlik uchun zararli va xatarli odatlardan voz kechish” sihat- salomatlikka erishish yoʼlida ustivor ahamiyat kasb etadi. Аgar inson ovqatlanishi yetarli va mukammal yaʼni ratsional boʼlsa, u aksariyat hollarda sogʼlom boʼladi yoki tibbiyot ilmining asochisi Gippokrat aytganidek “Toza va sifatli ovqatlarni isteʼmol qilgan kishi kam kasallanadi”. Haqiqatdan ham, kundalik isteʼmol qilinadigan taomlar oʼzining quvvati, tarkibi, miqdori va xilma-xilligi bilan kishining ehtiyojiga toʼgʼri kelsa, uning oʼsib-ulgʼayishi meʼyorida boʼlib, mehnat qilishi va har xil noqulay omillarga bardosh berishi yuqori darajada boʼladi. To'g'ri ovqatlanish parhezmi? Umuman olganda, parhez ma'lum miqdordagi vaznni yo'qotish uchun oziq-ovqatdan kuchli cheklovning qisqa muddatli kursi deb ataladi. To’g’ri bu yoqimli holat emas: doimiy ochlik hissi, bosh aylanishi, yomon teri va sochlar. Ortiqcha vazn bilan kurashishning bunday usulini oqilona deb atash qiyin. To'g'ri ovqatlanish - bu noqulay va qisqa muddatli bo'lmagan hayotning yangi usuli va bu jarayon metabolizmning normallashishiga olib keladi Qanday qilib o'zingizni to'g'ri ovqatlanishga o'rgatish kerak To'g'ri ovqatlanish - bu organizmga oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va minerallarning to'liq to'plamini beradigan, ya'ni ular uning barcha ehtiyojlarini qondiradigan va unga foyda keltiradigan tabiiy va yuqori sifatli mahsulotlardan iborat to'liq va muvozanatli ovqatlanishdir. • Oziq-ovqat organizm uchun yoqilg'ining bir turi bo'lib, undan energiya ishlab chiqariladi. Yaxshi yoqilg'i nafaqat muammosiz ishlashni ta'minlaydi, balki ko'plab "buzilishlar" ning oldini oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling