O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet132/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish 
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
127 
• Sog'lom ovqatlanish haqiqatan ham ko'plab kasalliklardan himoya qilishga qodir - bu birinchi navbatda 
oshqozon-ichak trakti va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, saraton, diabet, gipertoniya. 
Bizga ma’lumki ko’plab shirinliklar organizm uchun juda zararli ammo, tabiiy shokolad va marmelad, 
quyultirilgan sut yuqori kaloriyali, ammo foydali shirinliklar hisoblanadi. Margarin yordamida 
pishirilgan va juda yog'li qaymoqli tortni sog'lom taom deb atash qiyin. 
Sog’lom ovqatlanish uchun sutkalik ovqat ratsioniga qo'yiladigan talablar quyidagicha: 
1. Ovqat ratsionining kaloriyasi sutkalik energiya sarfini toʻla qoplashi zarur 
2. Ovqat yetarli miqdorda uglevodlar, oqsillar va yog'larga, shunigdek vitaminlar, mineral 
moddalarga boy bo'lishi kerak. Bu esa har bir aholi guruhi uchun tegishli me`yorlarni aniqlashni taqozo 
qiladi. 
3. Ovqatni iste'mol qilish vaqti to'g'ri taqsimlangan bo'lishi zarur. Odatda katta yoshli kishilar 
uchun bir kunda 3 mahal (ertalab, tushlikda va kechqurun) ovqatlanish tavsiya etiladi. Bunda 
ovqatlanishlar oralig'i 6-7 soatdan oshmasligi zarur. 3 mahal ovqatlanishda sutkalik kaloriyaning 30% 
ertalab, 50% tushlikgda, 20% kechqurun qabul qilinishi kerak. Kichik yoshdagi bolalar va o'quvchilar 
uchun 4 yoki 5 mahal ovqatlanish tavsiya etiladi. Bunda ham yuqoridagi talablar e'tiborga olinadi. 
4. Sutkalik ovqat ratsionini tuzishda kattalarning kasbkori, bolalarning yoshi, sportchilarning esa 
ish xarakteri, jismoniy faolligi hisobga olinishi shart. 
5. Iste'mol qilingan ovqat hajmi toʻyganlik hissini yuzaga keltiradigan bo'lishi lozim. 
6. Iste'mol qilinadigan har galdagi ovqat tarkibiga kiradigan moddalar ratsional taqsimlangan 
bo'lishi kerak, ya'ni oqsil va yog’larga boy kuchli ovqatlarni kunduzgi soatlarda, sutli va o'simlik 
mahsulotlaridan tayyorlangan yengil hazm bo'ladigan ovqatlarni kechki ovqatda tanovvul qilish tavsiya 
etiladi. 
7. Sutkalik ovqat ratsionini tuzishda mahalliy mahsulotlardan keng foydalanish maqsadga 
muvofiq.[2] 
Xulosa sifatida aytib o’tishimiz joizki sog’lom ovqatlanishda biz ahamiyat berishimiz kerak 
bo’ladigan asosiy jihatlar oqilona yoki ratsional ovqatlanish, toʼla qonli uyqu, mexnat qilish dam olish 
tartibi, organizmni chiniqtirish; gigienik talablarga rioya qilish, zararli odatlardan voz kechish, tegishli 
jismoniy faoliyat bilan shugʼullanish muhimdir bundan tashqari iste’mol qiladigan mahsulotlarimiz 
to’yimlilik xissini berishi bilan bir qatorda kunlik ehtiyojlarimizni to’liq qondirishi va mehnat 
faoliyatimizga mos bo’lishi, tarkibida oqsil, yog’, uglevod va vitaminlarga boy bo’lishi muhimdir. 
Chunki bu har birimizning ish faoliyatimizning unumli bo’lishiga yordam beruvchi va kasalliklardan 
himoya qiluvchi asosiy yo’llardan biridir. Zero to’g’ri ovqatlanish salomatlik garovidir. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 
1. Ш.И. Каримов “Соғлом овқатланиш – саломатлик мезони” ТОШКЕНТ – 2015 
2. Sh.QURBONOV., A.QURBONOV “TO‘G‘RI (RATSIONAL) OVQATLANISH QOIDALARI”  
TOSHKENT 2014 
3. www.ziyonet.uz 
www.pedagog.uz 
www.biolog.uz 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling