“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
285
Qisman yuklanganda , doimiy tezlikda ishlash nominal rejimga nisbatan kuchaygan o’ziga xos
quvvat sarfi bilan tavsiflanadi.
Kam yuklanganda uzluksiz uzatish mexanizmlarining tezligini pasaytirish kamroq o’ziga xos
quvvat sarfi bilan zarur ishlarni bajarishga imkon beradi. Bunday holda , iqtisodiy samara texnologik
uskunalarning ekspluatatsion xususiyatlarini yaxshilash hisobiga ham nomoyon bo’ladi.
Shunday qilib, tezlikni pasayishi bilan konveyrning tortuvchi korpusining eskirishi kamayadi,
bosimning pasayishi tufayli quvurlarning xizmat qilish muddati oshadi va hokozo.Texnologiya sohasida
ta’sir ko’pincha energiya tejashga qaraganda ancha yuqori.
OLTINCHI YO’L boshqariladigan elektr yuritmalarning quvvat o’zgartkichlar texnologiyasi
yordamida elektr energiyasi sifatini yaxshilash.
YETTINCHI YO’L texnologik jarayon samaradorligini oshirish orqali ishaydigan agregatlar va
mexanizmlar tomonidan energiyani tejash. U quyidagi asosiy tadbiqlarni o’z ichiga oladi:
▪ Yuklama o’zgarganda o’rnatishning ish rejimlarini muvofiqlashtirish;
▪ FIKni oshirishni o’rnatish;
▪ Ishlab chiqarish korxonasining ishini tartibga solish;
▪ Optimal siklogrammani amalga oshirish va yuklanish jadvalini tartibga solish;
▪ Normallashtirilgan yuklanishni ta’minlash (yuk ko’tarish mashinalari, konveyerlar va boshqalar
uchun);
▪ Texnologik o’rnatishlarni nazorat qilish;
▪ Elektr yuritmalarning ilg’or turlaridan foydalanish;
▪ Tashkiliy chora tadbirlar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O.O.Hoshimov, A.T.Imomnazarov “Elektr mexanik tizimlarda energiya tejamkorligi”Darslik.-
T.: “Fan va texnologiya”,2015.-128b.
2. Imomnazarov A.T., A’zamov G.A.Asinxron motorlarning energiya tejamkor rejimlari -
Toshkent:TDTU,2015
3. Хашимов А.А., Энергосберегающие системы автоматизиравонного электропривода
переменного тока. Электротехника, № 11,1995,С.43-39.
Do'stlaringiz bilan baham: |