O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


  SANOATBOP PILLALARNI SAQLASHNING AHAMIYATI


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet294/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

282 
SANOATBOP PILLALARNI SAQLASHNING AHAMIYATI. 
 
Soliyeva Madinaxon Botirovna Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti 
“Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalari” kafedrasi 
katta oʻqituvchisi 
Mirzaxmedova Gulzoda Lochinbek qizi Ipakchilik va tutchilik ta’lim yoʻnalishi 1-86 gurux 
talabasi
Respublikamizda pilla yetishtirish, tabiiy ipak va ipak matolarini ishlab chiqarishda jaxonda 
yetakchi oʻrinlardan birini egallab kelmoqda. 
Bugungi kunda jaxon bazorida tabiiy ipak va ipakdan tayyorlangan matolarga boʻlgan talab 
kundan - kunga ortib bormoqda. 
SHu bilan birga pillachilikning yanada rivojlantirish, aholini ipak kiyim-kechaklarga oshib 
borayotgan talablarini qondirish va tabiiy ipakdan tayyorlangan mollar bilan bozorni toʻlaroq ta’minlash, 
moʻl va sifatli pilla hamda ipak tolalari chuvib olishni koʻpaytirish ishlari amalga oshirilib xorijiy 
davlatlar bilan oʻzaro iqtisodiy aloqalarni yanada tiklash uchun zarur boʻlgan pillachilikni rivojlanishiga 
alohida e’tibor bermoqda
Tabiiy ipak va ipak maxsulotlarining sifatini avvalo yigirib olinayotgan tola sifatiga bog’liq. 
Yigirib olinayotgan tolaning texnologik xususiyatlari oʻz navbatida tayyorlanayotgan pilla va unga 
dastlabki ishlov berish xamda saqlash sharoitlariga bog’liqdir pilla saqlashning ipak chiqishi yaltiroqligi 
boʻyaluvchanligi, uzunasiga silliqligi, metrik nomerlari va boshqa texnologik koʻrsatkichlari ta’siri 
oʻrganib kelinmoqda. 
Pillani quritishda (g’umbagini oʻldirishda) qobiqning havo va suv oʻtkazish xususiyatlari muhim 
rol oʻynaydi. SHu bilan birga pilla qobig’ining texnologik xususiyatlarini saqlab qolishda quritish 
jarayonini ta’siri katta. Ipakning fizik– mexanik va kimyoviy xususiyatlari pillalarni quritish hamda 
saqlash sharoitiga bog’liq. 
Seritsin taxminan 70
0
S haroratli suvda, kislota va asosli eritmalar ta’siri ostida eriy boshlaydi, 
ayrim fermentlar ta’siriga chidamsiz, mikroorganizmlar ta’sirida esa yemiriladi. Seritsinning suvni 
shimuvchanlik va eruvchanlik koʻrsatkichlari pilla iplarining dastgoxlarda chuvaluvchanlik 
xususiyatlariga katta ta’sir koʻrsatadi. 
Sanoat uchun tayyorlangan pillalarning, dastlabki ishlov berish bazalarida qabul qilinganidan 
soʻng, tirik pillalardan kapalaklarni chiqishi, pillalarni yigirish davrida chuvish uchun yaroqsiz holatga 
keltiradi. SHuning uchun dastlabki ishlov jarayonlarida tirik pilla g’umbagini oʻldirib, soʻngra soyali 
quritish maskanlarida davlat standartlari talabi darajasida pilla qobig’ining namligini saqlash kerak.
Tirik pilla tarkibida 80 % namlik boʻladi. Bunday namlikka ega boʻlgan pillalarni g’umbagi 
oʻldirilgandan soʻng saqlab boʻlmaydi, chunki pilla qobig’i mog’orlab ketadi. Quritilgan pillalar esa ipak 
yigirish korxonalarida kelgusi mavsum pillalari keltirilgunga qadar omborlarda saqlanadi va yil 
davomida chuviladi. 
Pillalarni g’umbagini oʻldirish va quritish jarayonida oʻzaro issiqlik va namlik almashinishi pilla 
qobig’i orqali amalga oshadi. Pillalarni chuvish jaroyoni ipak tolasining tashqi qismida joylashgan 
seritsinning yumshashi va issiq suvda erish xususiyatiga asoslangan.
Ipak qurtining Xitoy zotlari eng qimmatli zot hisoblanadi. Ular boshqa zotlardan rivojlanish 
davrining qisqa boʻlishi bilan, tez jonlanishi va pillasining texnologik jihatdan juda yaxshi hususiyatga 
ega boʻlishi bilan farq qiladi. Xitoy zotlari pillasidan ipakning oson tortilishi, seripakligi, ipakning 
ingichka va pishiqligi kabi hususiyatlari jihatidan boshqa zotlardan ustun turadi. 
Etilmagan pillalarni kabul kilishni, ularni g’umbaklari oʻldirilgunga qadar uzoq vakt saqlash, 
quruq pillaning chiqishiga va pillalarning seripakliliga ta’sir koʻrsatdi. 
Pillalar g’umbagi oʻldirilguncha qadar qancha uzoq saklansa ularning vazni shuncha koʻprok 
kamayadi va tirik pillalardan quruq pillalarning chiqish foizi shuncha pasayadi. 
Axmedov N. A. Pillalardan ipak tolasining oz yoki koʻp chiqishi nafakat ipak qurtining zotiga, 
jinsiga, pillani vazniga shuningdek pillani kayta ishlash davrida g’umbaklarni oʻldirish va pillani quritish 
rejimini toʻg’ri qoʻllash va toʻg’ri chuvish hamda pillalar sifatiga ham bog’likdir, chunki pillani issik 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   290   291   292   293   294   295   296   297   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling