O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biotexnologiya
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 278 BIOTEXNOLOGIYADA FERMENTLARNING ROLI Bak.Jumaboyev S.S., ass.Uzoqova Sh Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali Hozirgi davrda barcha fanlar kabi biotexnologiyaning rivojlanishi ham tez sur’atlarda ro’y bermoqda.Biotexnologiya yo’nalishini chuqur o’rganish birinchidan o’simliklar va hayvonlarning mahsuldorligini oshirish, ikkinchidan dunyoda global muammoga aylangan oziq ovqat tanqisligini kamaytirishi mumkin.Ushbu maqolamda fermentlarning biotexnologiyadagi roli muhokama qilinadi. Biotexnologiya (bio-hayot va yunoncha techne - mahorat, san'at, logos - so'z, ta'lim), sanoat va tibbiyotning turli sohalarida tirik organizmlar va biologik jarayonlardan foydalanadigan sanoat usullari to'plami, biologiya va texnologiya imkoniyatlarini birlashtirgan ilmiy soha hisoblanadi."Biotexnologiya" atamasi Stenford universitetining (AQSh; 1973) bir guruh olimlari tomonidan turli xil xususiyatlarga ega genetik molekulalarni biriktirish orqali rekombinant DNK(in vitro usuli orqali har qanday organizmdan ajratilgan[1]. Mikrobiologik biotexnologiya mikroorganizmlarning hayotiy jarayonlariga asoslangan bo'lib, unda iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun zarur bo'lgan fermentlar, antibiotiklar, aminokislotalar, gormonlar, oqsillar va metabolitlar sintez qilinadi. Masalan, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti mikrobiologik biotexnologiya asosida o'simlik chiqindilari (paxta poyasi, changi, somon va chiqindilar) dan chorva mollari uchun ozuqa tayyorlash; Ba'zi mamlakatlarda (Braziliya) maxsus mikroblar tomonidan sellyulozadan shakar yoki spirtli ichimliklar ishlab chiqarish biotexnologiyasi va qoramol go'ngidan metan gazini ishlab chiqarish (ayniqsa,Xitoy, Braziliya va Yevropada) yo’lga qo’yilgan bu juda tejamkor usuldir[2]. Membrana va immobilizatsiya qilingan fermentlar biotexnologiyasidan turli jarayonlarni o'lchash va boshqarish uchun uskunalar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Shuningdek, fermentlarni immobilizatsiya qilinganda (kimyoviy jihatdan bir darajaga birikkanda) ularning faolligi oshadi va funksional holati bir muncha cho'ziladi. Biotexnologik jarayonlar masalan, membrana o'tkazuvchanligini boshqarish, fermentlarni safarbar qilish va boshqalar yordamida ishlab chiqilgan.Bunda O'zbekiston milliy universiteti Biologiya-kimyo fakulteti fannomzodlari B. O. Toshmuxamedov, O. K. Toshmuhamedova, A. I. Xagelgans, M. M. Raximov va boshqalarning hissasi katta. Hujayra biotexnologiyasi o'simlik, hayvon va odam hujayralarining sun'iy o'sishi va ko'payishi mikroorganizmlarnikiga o'xshashligiga asoslanadi[5]. Odam va hayvon hujayralarining sun’iy o‘sishi sanoat miqyosida noyob biologik preparatlar, antitelolar va oqsil gormonlarini ishlab chiqarish imkonini berdi[5]. O'simlik, hayvon va odam kasalliklarini aniqlash uchun monoklonal antitanalar (birlamchi hujayra avlodi tomonidan ishlab chiqarilgan antitanalar) asosida yuqori sezgir diagnostika vositalarini ishlab chiqish yo'lga qo'yildi. Jumladan, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi instituti va O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Onkologiya va radiologiya instituti qoshidagi Radiopreparat korxonasida saratonning ayrim turlarini erta aniqlash uchun biotexnologik qurilmalar ishlab chiqarilmoqda[1]. Bularga tibbiyotda va turli sohalarda qoʻllaniladigan alkaloidlar, glikozidlar, jumladan, steroid saponinlar, steroid gormonal preparatlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan moddalar, efir moylari, polisaxaridlar, fitogormonlardan keng foydalanilmoqda[5]. Fiziologik faol ikkilamchi birikmalarning sintezi faqat o'simlik hujayralariga xosdir.O'sayotgan hujayra odatda u olinadigan o'simliklarga xos ikkilamchi moddalarni sintez qiladi. Ammo hujayralarda sintez qilingan biomassa miqdori o'simlik organlariga qaraganda ancha past. Shuning uchun yuqori rentabillikdagi sanoat hujayralari biotexnologiyasi tez o'sadigan, yuqori biosintetik xususiyatlarga ega, hatto normal ozuqa muhitida o'sadigan va osmotik va mexanik stressga chidamli mutant liniyalarni talab qiladi.[5] Biotexnologiya O'zbekistonda eng yosh fanlardan biri bo'lib, uning tarixi uzoq emas (qadimgi biotexnologiyadan tashqari; novvoylik, qatiq va boshqalar).[1] Bu fan asosan O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti va Respublika kimyo birlashmasining bir qator zavodlari (Yangiyo'l Bioximiya zavodi, Andijon gidroliz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling