O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
Download 5.03 Kb. Pdf ko'rish
|
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022
“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 276 NATRIY PERKARBONAT BILAN PAXTA MATOSINI OQARTIRISH TEXNOLOGIYASINI O'RGANISH Ass.Haqnazarova M.Sh., bak.Raxmatova N.D. 14-20 gr., Abdualimov N.T. 14-20 gr. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali, OOMT kafedrasi haqnazarovamohichehra@mail.com Natriy perkarbonat eritmasi bilan paxta tolasidan tayyorlangan matoni oqartirish jarayoni texnologik parametrlari o’rganildi. Natriy perkarbonat suvli eritmasi konsentratsiyasi, jarayon vaqti, oqartirish harorati va yorug‘lik nurlanishining oqartirish vaqtida matoga ta’sirini tahlil qilindi. Natija shuni ko‘rsatadiki, perkarbonat konsentratsiyasi ortib, jarayon vaqti ko‘payganda, oqartirish harorati va UB nurlanishi vaqti ortganda, paxta matosini oqarishi yuqori bo’lishi kuzatildi. Oqartirish jarayoni uchun eng muqobil sharoitlar natriy perkarbonat (quruq massasiga nisbatan 14,8 – 15,2% aktiv kislorod saqlagan) suvli eritmasi konsentratsiyasi 5,4 g/l, oqartirish harorati 80 0 C va oqartirish vaqti 40-45 min. Hozirgi kunda paxta matolarini oqartirishda asosan natriy gipoxlorit va vodorod peroksid eritmalaridan foydalaniladi [1,2]. Natriy gipoxlorit asta-sekin ekologlar tomonidan cheklanadi, chunki u oqartirish jarayonida atrof-muhitning ifloslanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan ko'proq zaharli xlorli organik yon mahsulotlarni hosil qilishi mumkin. Vodorod peroksidi bilan oqartirishdan keyin qoldiq zaharli emas. Ammo vodorod peroksidning kuchli eritmasi paxta matosiga zarar yetkazadi va vodorod peroksidni suvli eritmasi aktivligi tufayli tashish va saqlash qiyin bo'lib, xona haroratida parchalanib suvga aylanadi. So'nggi yillarda paxta matolarini oqartirish jarayonida natriy perkarbonatdan foydalanish haqida ko'plab izlanishlar natijalari chop etilmoqda, ammo paxta trikotaj matosini oqartirish jarayoni muqobil sharoitlari o'rganilmagan va batafsilroq tadqiqotlar o'tkazilmagan. Shu sababli, ushbu maqolada natriy perkarbonatdan paxta trikotaj matolarini rangsizlantiruvchi vosita sifatida ishlatish va natriy perkarbonat konsentratsiyasi, oqartirish vaqti va yorug'lik nurlanishining oqartiruvchi ta'sirining matoga ta'siri kabi oqartirish jarayonining shartlariga e'tibor qaratiladi. Shunday qilib, yangi oqartirish jarayonini ishlab chiqish atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish uchun muhim ahamiyatga ega. Tajriba qismi. Reagentlar va materiallar: paxta trikotaj mato (Buxoroda xususiy korxonada ishlab chiqarilgan), Na 2 CO 3 (QK MChJ “Qo’ng’irot soda zavodi”da ishlab chiqarilgan), H 2 O 2 va NaOH (“Navoiazot” AJda ishlab chiqarilgan), sintetik yuvuvchi vosita (laboratoriyada ishlab chiqarilgan). Qayta ishlash jarayoni. Ishchi tozalash suyuqligini formulasi: NaOH 20%, sintetik yuvuvchi vosita 2%, gidromodul 1:30. Muayyan sifatli paxta matosini massasini aniq o’lchab namladik. Uni yuqorida tavsiflangan formula bo'yicha ishchi suyuqlikka solib 100°C haroratda 2 soat qaynatib oldik, so'ng 3 marta 90°C dan yuqori issiq suv bilan yuvdik. Nihoyat, muxit neytral bo'lguncha yana sovuq suv bilan yuvib tashlab oqartirishga tayyorlash uchun xona haroratida quritdik. Oqartirish jarayoni va oqlikni sinash usuli. Aniq o’lchab olingan paxta matosini ma'lum konsentratsiyali natriy perkarbonat suvli suyuqligiga soldik. Gidromodul 1:30 nisbatda va ishchi suyuqlikni belgilangan haroratda ma'lum vaqt davomida iliq holda saqladik. Paxta matosining oqlik darajasini o'lchash uchun “Colour 3890” priboridan foydalandik. Natijalar muhokamasi. Natriy perkarbonat eritmasi konsentratsiyasining mato oqligiga ta'siri. 80°C doimiy haroratda ikkala matoni ikki soat davomida oqartirdik va natijalar 1-rasmda keltirilgan. 1-rasmga ko'ra, natriy perkarbonat konsentratsiyasi 0-7 g/l gacha bo'lganida matoning oqligi tezroq ko'tariladi. 5,4 g/l dan ortganda matoning oqligi ozgina o'zgaradi. Natriy perkarbonat kontsentratsiyasi ortib borayotganligi sababli eritmadagi aktiv kislorod miqdori ortadi. Mato yuzasining ko'proq pigmenti oksidlanadi va matoning oqligi yuqori bo'ladi. Natriy perkarbonat konsentratsiyasining ortib borishi tizimdagi faol kislorodning oshishiga olib keladi, ammo uning pigmentni oksidlash qobiliyatini kuchaytirmadi. Bundan tashqari, xuddi shu reaksiya sharoitida paxta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling