O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Ishlatiladigan kapitaldan daromadni maksimallashtirish


Download 0.77 Mb.
bet15/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Ishlatiladigan kapitaldan daromadni maksimallashtirish
Ehtimol, ushbu maqsad daromadni maksimallashtirishning takomillashtirilgan varianti hisoblanadi, chunki foydani kompaniya hajmi bilan bog‘laydi. Shunga qaramay, daromadni maksimallashtirish bilan bog‘liq holatdagi kabi faoliyat tavakkalchiligi va uzoq muddatli barqarorligi hisobga olinmaydi.
Faoliyatni saqlab qolish
Shubhasiz, ko‘pchilik kompaniyalar faoliyatni saqlab qolishni zarur, biroq yetarlicha bo‘lmagan maqsad sifatida qabul qiladi. Faqat faoliyatni saqlab qolishdan tashqari boshqa maqsadlari bo‘lmagan investorlar kompaniyaning aksiyadorlari bo‘lishlari mushkul. Iqtisodiy turg‘unlik va boshqa qiyinchiliklar davrida ko‘plab kompaniyalar faoliyatni saqlab qolishni o‘zining qisqa muddatli maqsadi sifatida qabul qiladi. Biroq uzoq muddatli istiqbolda ular muqarrar ravishda kattaroq maqsadni mo‘ljallaydilar.
Uzoq muddatli barqarorlik
Ushbu maqsad faoliyatni saqlab qolishga o‘xshash va xuddi shunday uzoq muddatli yo‘nalish sifatida noreal va ulkan emas.
O„sish
Daromadlar va/yoki aktivlar ko‘payishi haqiqiyroq maqsad bo‘lib ko‘rinadi va chamasi, menejerlar nuqtayi nazarini aks ettiradi. O‘sish qisqa muddatli daromadga uzoq muddatli barqarorlikka va faoliyatni saqlab qolishga zid ravishda erishilmasligini nazarda tutadi.
Biroq, umuman olganda, o‘sish - maqsadning yetarlicha aniq tavsifi emas, chunki (biz bungacha ko‘rganimizdek) u faqat yangi mablag‘larni jalb qilish hisobiga ta‘minlanishi mumkin.
Biror-bir kompaniya imkon qadar ko‘proq miqdorda yangi aksiyalar chiqarishni o‘z maqsadi qilib qo‘yishi shubhalidir.
Oqilona boylik tamoyili
Ko‘pchilik fikricha, faqat aksiyadorlar farovonligi bilan bog‘liq maqsadlar uchinchi ming yillik boshida real emas. Ular biznesni kapital yetkazib beruvchilar, boshqaruvchilik malakalarini yetkazib beruvchilar, ish kuchini yetkazib beruvchilar, mahsulotlar va xizmatlar hamda 25
iste‘molchilarni yetkazib beruvchilar ittifoqi sifatida qabul qiladilar. Ushbu ittifoq ishtirokchilaridan biri boshqa ishtirokchilar oldida ustuvorlikka ega emas deb hisoblanadi. Mazkur ittifoq mustaqil hisoblanmaydi, balki yanada kengroq ijtimoiy nuqtayi nazardan baholanadi. Birinchilar qatorida ushbu nuqtayi nazar Sayert va March (Cyert and March 1963) tomonidan ifodalangan.
Shu qayd etiladiki, maqsadlar ittifoq manfaatlarini aks ettirishi va biznes ishtirokchilardan biror-birining daromadini maksimallashtirishga urinmasdan, balki uning barcha ishtirokchilariga ular tomonidan sarflangan mablag‘larga mos daromadni ta'minlashga intilishi kerak.
Ushbu yondashuv oqilona boylik (satisficing) tamoyili deb nomlanadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling