O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet14/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

2.2. Biznesning maqsadlari
Kompaniya nimaga intiladi, taalluqli ravishda, qanday investitsiya va moliyaviy qarorlarni amalga oshirishi zarurligi - biznes moliya fani rivojlangan sayin ushbu sohada ko‘pgina bahs-munozaralarni yuzaga keltirgan markaziy savol hisoblanadi. Quyida ayrim eng oshkora va ommaviy tavsiyalarni ko‘rib chiqamiz hamda ular qanchalik asoslanganligini diqqat bilan tahlil qilishga urinib ko‘ramiz.
Foydani maksimallashtirish
Ushbu holatda foyda, odatda, buxgalterlik foyda sifatida talqin qilinadi (ushbu mavzu keyingi bobda batafsil ko‘rib chiqiladi). Mazkur maqsad shunga asoslanadiki, aksiyadorlar kompaniya egalari hisoblanadilar va bu jihatdan kompaniya ustidan to‘liq nazorat ijrochilari hamda foyda oluvchilar sifatida faoliyat yuritadilar. Shu tufayli aksiyadorlar ta‘siri ostida menejerlar, chamasi, maksimal ehtimoliy foyda olinishiga olib keladigan siyosat yuritishlari ta‘kidlanadi.
Bunday yondashuv muayyan darajagacha maqsadga muvofiq, biroq aksiyadorlar uchun foydani maksimallashtirish maqsadi butunlay yetarlicha bo‘lmasligi mumkin. Foydani ishlab chiqarish ko‘lamlarini kengaytirish hisobiga oshirish mumkin. Agar foydani oshirish faqat qo‘shimcha jalb qilingan tashqi mablag‘lar ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu aksiya uchun haqiqiy foyda pasayishini va aksiyadorlar ahvoli yomonlashishini anglatadi.
Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, odatda, yangi mahsulotlarni rivojlantirish va testdan o‘tkazish uchun ulkan mablag‘lar sarflaydilar. Tarmoqning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, yangi dori-darmon vositasini bozorga chiqarish uchun bemalol 10 yil talab qilinishi mumkin. Tadqiq qilish va rivojlantirish uchun mablag‘lar sarflashni to‘xtatgan kompaniyada joriy daromad ko‘payadi, chunki chiqimlar qisqartiriladi, oldingi yillar amalga oshirilgan rivojlantirishga investitsiyalardan daromadlar esa avvalgidek kelib tushishda davom etadi. Shunday qilib, rivojlantirish uchun xarajatlarni rad etgan kompaniyaning joriy daromadi yuqorilab boradi, biroq uni noxush kelajak kutmoqda, chunki unda eskilarini almashtirish uchun yangi dori- darmon vositalari bo‘lmaydi.
Chamasi, aksariyat kompaniyalar qo‘shimcha tavakkalchilikni qabul qilishga tayyor bo‘lsalar, ularda qo‘shimcha investitsiyalarsiz daromadni oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Masalan, kompaniya mahsulotlari sifatini nazorat qilish uchun xarajatlarni qisqartirish, hech bo‘lmaganda, qisqa muddatli davrda uning daromadlari ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Uzoq muddatli istiqbolda esa bozorga sifatsiz mahsulot chiqarilishi kelgusi savdo-sotiqlar va daromadlarning qisqartirilishiga olib kelishi mumkin.
Shubhasiz, samaradorlikni oshirish hisobiga daromadni ko‘paytirish - aksiyadorlar nuqtayi nazaridan oqilona maqsad. Shunga qaramay, daromadni maksimallashtirish - aksiyadorlar uchun nima foydali ekanligining juda keng tavsifi hisoblanadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling