O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet204/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Biznes-farishtalar
Bu vaqtda venchur kapital sifatida kapital qo‘yilmalarning shunga o‘xshash turiga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi, «biznes-farishtalar» (busines sangels), qoidaga ko‘ra odatda kichik biznes sohasidagi investitsiyalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan individual investorlar sanaladi. Buyuk Britaniyada faoliyat yurituvchi biznes farishtalar 40 ming atrofida. Biznes farishtalar tomonidan amalga oshirilayotgan kapital qo‘yilmalarning katta qismi o‘rtacha 10000 dan 1 mln funtgacha bo‘ladi. Angliya banki ma‘lumotlariga ko‘ra (Bank of England, 2003a), to‘rtdan uch holatda kapital qo‘yilmalar o‘rtacha 50 000 f. st. dan oshmaydi.
Qoidaga ko‘ra biznes-farishtalar 10% dan 40% gacha aksiyalarni xarid qiladilar. Ular kompaniyalarni boshqarishga ta‘sir ko‘rsatishga intiladilar. Buyuk Britaniyada biznes farishtalarning milliy tarmog‘i tashkil qilingan, uning maqsadi moliyaviy mablag‘larga muhtoj kompaniyalar va salohiyatli biznes farishtalar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishdir.
Venchur investorlar va biznes farishtalar tomonidan taqdim qilinadigan aksiyadorlik kapitalga qo‘yilmalar hisobidan
moliyalashtirish ko‘pincha xususiy kapital deb ataladi
Muqobil investitsiyalar bozori
Muqobil investitsiyalar bozori (MIB) kichik, yangi va rivojlanayotgan kompaniyalar uchun 1995-yil London fond birjasida tashkil qilingan. Ulardan ko‘pchiligi oilaviy kompaniyalar va MBO natijasida tashkil qilingan. MIB aksiyalar savdosi va moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun bozorni yaratishda kompaniyalar tomonidan foydalaniladigan samarali mexanizmni o‘zida aks ettiradi. Bunda MIB sifatida investorlar xususan venchur investorlar va biznes-farishtalarga kompaniya mulkidagi o‘z ulushini sotish imkoniyatini taqdim qilish mumkin. MIBda ro‘yxatga olingan kompaniyalarning bozor qiymati qoidaga ko‘ra 1 mln dan 300 mln funtgacha bo‘ladi, ulardan ko‘pchiligining bozor qiymati 3 mln dan 30 mln funtgacha bo‘ladi. Xususan hozirgi vaqtda MIB da markaziy shahar ko‘chalarida zamonaviy kiyimlar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi Monsoon plc, bayramlar tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi, Center Parcs (UK) Group plc, va futbol klublari Millwall Holdings plc va Preston North End (UK) Group ro‘yxatga olingan.
MIB fond birjasidagi to‘liq listing qiymati bilan taqqoslaganda kirish katta xarajatlarni talab qilmaydigan bozor sifatida rejalashtirilgan. MIB da ro‘yxatdan o‘tish taxminan 500 000 f. st. ni tashkil qiladi Blekuella (Blackwell, 1999), tadqiqotlariga ko‘ra MIB da moliyaviy mablag‘lar olish bilan bog‘liq xarajatlar amalda xuddi fond birjasida to‘liq ro‘yxatdan o‘tgandagi kabi yuqori. Hozirgi vaqtda MIB da 300 tadan ortiq kompaniya ro‘yxatga olingan.
«Ofeks»
Fond birjasida to‘liq listing olish va MIB ga kirish bilan bog‘liq katta xarajatlarni hisobga olib 1997-yilda J. P. Jenkins Ltd, kompaniyasi yangi bozor— «Ofeks» (Ofex)ni tashkil qildi. Ammo hozirda mazkur tizim PLUS-Markets Group plc kompaniya tomonidan boshqariladi.
«Ofeks» bozori fond birjasidan to‘liq mustaqil, tizimda ro‘yxatga olish va moliyalashtirish uchun qiymat hamda to‘siqlar katta emas. Hozirgi vaqtda «Ofeks» tizimida 400 dan ortiq kompaniya ro‘yxatga olingan, shu jumladan Arsenal va Rangers kabi futbol klublari,

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling