O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet8/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Imtiyozli aksiyalar
Imtiyozli aksiyalar (preference shares) - odatda o‘z egalariga birinchilardan bo‘lib xohlagan to‘lanadigan dividend olish huquqini bersada, o‘zida kompaniyaga qo‘yilmalarning risk bilan bog‘langan 13
elementini ifoda qiladi, odatda, har bir imtiyozli aksiyalarga aksiyaning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilanadigan dividend to‘lash limiti mavjud. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend to‘liq to‘lanadi. Imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalarga nisbatan kafolatlangan daromadni ta‘minlaydi, oddiy aksiyalar esa umuman, hech qanday daromad olishni kafolatlamaydi. Imtiyozli aksiyalar ovoz berish huquqini bermaydi, bundan tashqari ular kompaniya tugatilayotgan vaqtda kompensatsiya to‘lovlarini ham olish imtiyoziga ega emas. Ammo, ayrim kompaniyalarda boshqacha tartib belgilangan bo‘lishi mumkin.
Ko‘pgina kompaniyalarning imtiyozli aksiyalari qimmatli qog‘ozlar bozorida kotirovka qilinadi. Xuddi oddiy aksiyalarda bo‘lgani kabi, imtiyozli aksiyalar narxlari ham investorlarning kelajakni idrok etishi (bashorat qilishi)dan kelib chiqqan holda o‘zgaradi. Qoidaga ko‘ra imtiyozli aksiyalar narxlari oddiy aksiyalarga nisbatan kamdan-kam o‘zgaradi. Shuningdek, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari nisbatan barqaror va odatda, nisbatan ko‘proq miqdorga ega.
Aksariyat kompaniyalar uchun imtiyozli aksiyalar asosiy moliyalashtirish manbasi hisoblanmaydi.


    1. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar (derivativlar)

Biznes moliyasining va korporativ menejment boshqa sohalarining faol rivojlanishining oqibatida taxminan 1980-yillardan boshlab hosilaviy qimmatli qog„ozlar (derivatives) qo‘llanila boshlandi. Derivativlar - aktivlar yoki majburiyatlar bo‘lib, qiymati uning asosida yotgan aktivga bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda, istalgan aktiv derivativ predmeti bo‘lishi mumkin. Amaliyotda esa, odatda derivativlar uchun asos sifatida xomashyo mahsulotlari (commodities), masalan, kofe, g‘alla, mis va moliyaviy instrumentlar (financial instruments), masalan, kompaniya aksiyalari, ssudalar xorijiy valyuta bo‘ladi.


Derivativga oddiy misol opsion hisoblanadi. Ma‘lum aktivlarni belgilangan kunda yoki kelishilgan davr mobaynida (opsionni ijro etish davrida) o‘rnatilgan narx (ijro narxi) bo‘yicha sotib olish yoki sotish imkonini beradi. Misol uchun, Buyuk Britaniyaga mahsulot eksport qiluvchi kompaniya, yevroda operatsiyani amalga oshirdi va to‘lovlar ikki oydan keyin kelib tushishini kutyapti. Mazkur kompaniya yevroni bugungi kurs bo‘yicha funt sterlingga aylantirib beruvchi opsion sotib olishi mumkin. Biroq, yevrodagi summa ikki oydan so‘ng xaridordan pulni ko‘chirish bo‘yicha tasdiq kelmaguncha tushmaydi. Qayd etib o‘tish lozim, opsion - bu sotish huquqi, majburiyati emas. Shunday qilib, ikki oydan keyin funt sterlingning yevroga nisbatan kursi opsion shartnomasida belgilangan ijro narxidan yuqori bo‘lsa, eksportyor opsiondan voz kechadi va ochiq bozor orqali yevroni funt sterlingga aylantiradi. Bunday holatda optsionning foydasi yo‘q. Boshqa tomondan, funt sterlingning yevroga nisbatan kursi opsionning ijro narxidan past bo‘lsa, eksportyor o‘z opsionidan foydalanadi va opsion sotuvchiga yevroni shartnoma shartlariga muvofiq sotadi. Ushbu holatda opsion qiymatga ega, hamda eksportyor shartnoma shartlari bo‘yicha oladigan summasi bilan ijro etish sanasida funt sterlingning yevroga nisbatan joriy bozor kursi bo‘yicha hisoblangan summasi o‘rtasidagi farqni olishga imkon beradi.
Nima uchun esportyor bunga o‘xshash shartnoma tuzishni xohlaydi? Kim unga opsion sotadi va nima uchun? Xorijiy valyutada qarzdorligi mavjud Buyuk Britaniya kompaniyalari riskka yo‘liqadi. Valyuta kursi talab va taklifga ko‘ra tebranishi mumkin. Eksportyor kompaniya misolida ko‘rsatilgani kabi opsion shartnomasini tuzish riskni bartaraf etadi. Aslida, opsionda riskni boshqa tomon (kontragent) o‘ziga oladi. Bu xuddi sug‘urtalashdagi prinsip kabi hisoblanadi. Biz o‘z mulkimizning bir qismini o‘g‘rilikdan himoya qilish uchun sug‘urta badalini kontragentga (sug‘urta kompaniyasiga) to‘laganimizda, u o‘ziga riskni olishi uchun to‘lov to‘laymiz, Agar predmet o‘g‘irlanmasa, biz hech narsa talab qilmaymiz. Xuddi shuningdek, funt sterlingning yevroga nisbatan kursi opsion ijro narxiga nisbatan ko‘tarilsa, eksportyor opsiondan foydalanmaydi. Ikkala holatda ham risk boshqa shaxsga o‘tkazilganligi uchun ma‘lum summa to‘lanadi.
Eksportyor riskni boshqa shaxsga o‘tkazishga majbur emas, u riskni o‘ziga olishi va opsionni sotib olishga ketgan mablag‘ni iqtisod qilishi mumkin. Bu tijoriy qarordir.
Valyuta opsioni sotuvchisi (kontragent) valyuta birjasi dalloli yoki valyuta opsionlarini taqdim etuvchi kompaniyalar bo‘lishi mumkin. Bunday kompaniyalar opsion shartnomalarini tuzadilar, chunki, bu tijoriy daromad keltiradi. Funt sterlingning yevroga nisbatan ehtimoliy tebranishlarini hisobga olib, shartnoma tuzish sanasi bilan ijro etish sanasi o‘rtasida opsionning shunday narxi o‘rnatiladiki, u yetarli daromadni ta‘minlay oladi. Bu xuddi sug‘urta kompaniyalari sug‘urta mukofoti miqdorini aniqlashdagi vaziyati kabi bo‘ladi.
Riskni o‘tkazish bilan derivativlarning ko‘p turi aloqador, ammo hammasi emas. Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar biznes moliyasining ko‘p sohalariga tarqalgan va biz derivativlarning har xil turlarini boshqa mavzular doirasida kitobning keyingi boblarida ko‘ramiz.
1997-yilda o‘tkazilgan Buyuk Britaniyaning yirik kompaniyalari anketa so‘rovnomalarining ma‘lumotlariga ko‘ra, ularning 60%i u yoki bu darajada hosilaviy qimmatli qog‘ozlardan foydalanadi. (Mallin, Ow- yong, and Reynolds 2001). Kichik biznes yirik kompaniyalarga nisbatan derivativlardan kam foydalanadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling