O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet87/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Kapital bozorining samaradorligi

Qimmatli qog‘ozlar kursi vaqtning har qanday lahzasida barcha mavjud va muhim axborotlarni mutanosib aks ettirganda, ular muomala qilayotgan bozor samarali hisoblanadi. Bu muayyan kompaniyaga taalluqli har qanday ma‘lumot qimmatli qog‘ozlarning bozor qiymatiga kiritilishini anglatadi:


  • tez va

  • mutanosib - qimmatli qog‘ozlar kursidagi o‘zgarishlarning miqdori va yo‘nalishini hisobga olish nuqtayi nazaridan.

Ikkilamchi kapital bozorining samarali ekanligi u iqtisodiy jihatdan mukammalligini anglatmaydi. Holbuki, bozor samarali bo‘lishi uchun muayyan darajada mukammal bozorning ko‘plab belgilariga ega bo‘lishi kerak. Shuni ham ta‘kidlash joizki, samaradorlik investorlarda ideal prognozlash qobiliyati mavjudligini anglatmaydi. Bularning barchasi qimmatli qog‘ozlaming joriy kursi mavjud ma'lumotlarga asoslangan iqtisodiy qimmatining eng yaxshi bahosini o‘zida aks ettirishini anglatadi, xolos. Shuni yodda tutingki, “samarali” (efficient) atamasi mazkur ma'nosiga ko‘ra “o‘ziga xos risk mavjud bo‘lmagan” ma'nosidagi —samarali” tushunchasi bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Afsuski, ikki xil konsepsiyani ifodalashda ayni bir so‘z standart atamaga aylanib qolgan.


Nima uchun kapital bozorlari samarali bo„lishi kerak?
Kapital bozorlaridagi narxlar talab va taklif ta‘sirida o‘rnatiladi.
Bozor ishtirokchilarining umumiy fikriga ko‘ra, muayyan korxonaning aksiyalari nomutanosib baholansa, talab narx oshishiga olib keladi.
LFB kabi ikkilamchi kapital bozorida qimmatli qog‘ozlar kursi ko‘pchilik tomonidan kuzatilib, ularning aksariyati yetarli bilim va tajribaga ega sanaladi. Bunda deyarli barchasini bunday mashg‘ulotga kuchli rag‘bat - moliyaviy daromad olish istagi undaydi. Ushbu kuzatuvchilarga kompaniyalar haqida ma‘lumotlar turli yo‘llar orqali kelib tushadi. Kompaniyalarning o‘zidan moliyaviy hisobotlar, matbuot xabarnomalari va sizdirilgan axborotlar (qasddan va tasodifiy) olinadi.
Kompaniya faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot sohasi va tarmog‘i haqidagi ma‘lumotlar ham muayyan qimmatli qog‘ozlar qiymatini baholashda foydali sanaladi, bunday ma‘lumotlar esa turli manbalardan olinadi.
Kuzatuvchilar, masalan, kelgusi dividendlarni qanday baholanishi nuqtayi nazaridan nomuvofiq tuyulgan narxni ko‘rsalar, vaziyatdagi ustunlikdan foydalanib qolishga harakat qilishadi yoki boshqalarga shunday yo‘l tutishni maslahat berishadi. Masalan, vakolat beruvchi payli fondda ishlaydigan investitsion tahlilchi —Tesco plc” kompaniyasi aksiyasining qiymatini 3,5 funt sterlingga baholaydi, lekin uning joriy kursi 3 funtni tashkil qilishini ko‘radi. Bunday holatda, tahlilchi ushbu aksiyalar hozir yetarlicha baholanmagani va ulardan foyda olish mumkinligiga asoslangan holda, aksiyalardan bir qanchasini xarid qilishni maslahat berish uchun investitsiyalar bo‘yicha menejer bilan bog‘lanishi mumkin. Yirik miqdordagi xaridlar natijasida talabning ortishi aksiyalar narxi oshishiga olib keladi. Bizning tahlilchimiz - Tesco aksiyalarining bozor bahosini ularning qiymatini xususiy bahosi bilan muntazam taqqoslab boruvchi ko‘plab mutaxassislardan biridir. Bunday ekspertlarning aksariyati nomutanosiblikni payqagach, mustaqil ravishda harakat qilishadi yoki o‘zlari maslahat beradigan shaxslarni harakatga undaydi. Aksiyalarning bozor narxi har doim umumiy kelishilgan fikrni o‘zida aks ettiradi. Agar odamlar shunday narxni nomuvofiq deb hisoblasalar, ko‘proq o‘z ishonchiga asoslangan holda yo‘l tutishadi: narx, ularning fikriga ko‘ra, qanchalar nomuvofiq bo‘lsa, ular shunchalar qat‘iy harakat qilishadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling