O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet96/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Hisob siyosatining o„zgarishi
Yuzaki talqin xatolarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatuvchi yana bir misol hisob siyosatining o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan vaziyatdir. Sander (Sunder 1973) tayyor mahsulot qoldiqlarini hisobga olish metodini foyda avvalgi metodga rioya etilgan holdagiga nisbatan yuqoriroq aks ettiriladigan tarzda o‘zgartirgan bir nechta AQSH kompaniyalari ko‘rib chiqdi. Bu sodda investorlar uchun ajoyib tuzoq bo‘lishi mumkin, chunki o‘zgarishlarning iqtisodiy natijalari aksincha bo‘lib, kompaniyaning soliq to‘lovlari (bazasi buxgalteriya foydasi hisoblanuvchi) ortgan bo‘lardi.
Hisob siyosatidagi ushbu o‘zgarish kompaniyalar aksiyalari kursining pasayishiga olib kelishi mumkin, chunki bu ularning pul oqimlariga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi (soliq to‘lovlarini ko‘paytiradi). Shunday qilib, Sander ushbu kompaniyalarning hisob siyosatidagi o‘zgarishlar aksiyalar kursiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishining asosiy sababini aniqladi. Sander, shuningdek, tayyor mahsulot qoldiqlarini hisobga olish metodini butunlay qarama-qarshi ravishda o‘zgartirgan bir guruh firmalarni ham o‘rganib chiqdi va aksiyalar kursiga oshiruvchi ta‘sir o‘tkazishini aniqladi.
Buyuk Britaniya bo‘yicha ma‘lumotlardan foydalangan Morris (Morris 1975) aksiyalar kursi inflyatsiya bo‘yicha ma‘lumotlar e‘lon qilinishidan oldin ham inflyatsiya tufayli daromadlar kamayishi hisobga olingan holda korreksiya qilinganini aniqladi.
Reaksiya tezligi
Qimmatbaho qog‘ozlar kurslarining yangi axborotga reaksiyasini tadqiq etish katta amaliy qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Yangi axborot qachon ma‘lum bo‘lishini aniq belgilash qiyin va ba‘zi bozorlarda, jumladan, LFB da voqea sodir bo‘lgach, kurs qachon o‘zgarganligini aniq-tiniq bilish amrimahol. Uoll-Stritda (Nyu-York fond birjasi) barcha bitimlar va ular o‘tkazilgan vaqt daqiqasigacha qayd qilinadi. Shunday 154
qilib, agar muayyan bitim ehtimoliy axborot mazmuniga ega deb hisoblansa, tadqiqotchilar ushbu bitimni amalga oshirish vaqtini, shuningdek, keyingi bitimlarning vaqti va kurslarini bilib olishi mumkin. Denn, Mayers va Raab (Dann, Mayers and Raab, 1977) bir kompaniya aksiyalarining yirik paketi bilan fond birjadagi odatiy bitimlarga qaraganda ancha yirik operatsiya tufayli ta‘sirni tadqiq qildilar. Bunda boshqa narsalar qatori, bunday operatsiya ta‘sirini bozor baholagan turbulentlik (turbulence) davri ko‘p hollarda taxminan 15 daqiqa davom etishi qayd qilindi. Ta‘kidlash lozimki, bu kutilmagan hodisa kapital bozorining yuragida (mazkur holatda Uoll-Strit) sodir bo‘lsa-da, chorak soat davomida baholandi va yangi kursda aks etdi. Yirik paketlar (katta miqdordagi qimmatbaho qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotish) bilan olib boriladigan operatsiyalar axborot tashishi ehtimoldan yiroq emas va bu bitim tashabbusi bilan chiqqan investor ushbu jarayonni tezlashtiradigan qandaydir yangi ma‘lumotlarga ega bo‘lganini anglatishi mumkin.
Yaqinda Byusse va Grin (Busse and Green 2002) yaxshi xabarlar, odatda, mutanosib aksiyalarning kursida bir daqiqa ichida aks etishini aniqladilar. Yomon xabarlar to‘liq aks ettirilishidan avval 15 daqiqagacha vaqt talab qilishi mumkin. Bayon etilgan hollarda “yangiliklar” Uoll-Stritda oddiy savdolar paytida televideniye orqali tahlilchilar bildirgan shaxsiy fikrlardan iborat bo‘ldi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling