O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet100/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Investorlar uchun ahamiyati
Kapital bozorining samaradorligi investorlarning qimmatli qog‘ozlar kursidagi o‘zgarishlar yoki yangi iqtisodiy axborotni tahlil qilish bo‘yicha tarixiy ma'lumotlarni o‘rganib, o‘z qo‘yilmalaridan o‘ta yuqori daromad olish yo‘llarini qidirishga vaqt sarflamasligi kerakligini anglatadi. Sof tasodifiylikni istisno qilganda, investor hali keng jamoatchilikka ma‘lum bo‘lmagan ma‘lumotlarga ega bo‘lgan holatdagina o‘rtacha daromaddan yuqori daromadga erishishi mumkin. Hatto investitsion tahlilchilarning tavsiyalariga rioya etish yoki muntazam ravishda investitsiya institutlaridan biri orqali mablag‘ kiritish foydali bo‘lmaydi, balki qimmatga tushishi ham mumkin.
Yuqoridagi so‘zlar to‘g‘ri bo‘lsa, unda nima uchun ko‘plab investorlar aynan o‘zlari uchun foydasiz bo‘lgan harakatlarga ham yo‘l qo‘yadilar?
Haqiqatdan ham noratsional xatti-harakatlar uchun bir nechta ehtimoliy tushuntirish mavjud.


  • Samaradorlik haqida ma’lumotlarni inkor etish. Aftidan, ko‘plab investorlar kapital bozorining samaradorligini ta‘minlash tajribasi bilan tanish emaslar, shuning uchun ular buni hisobga olmasligi tamomila tushunarli. Aksariyat odamlar yoki tashkilotlar samaradorlikni isbotlovchi hujjatlarni chop etilishidan manfaatdor emas, ayni vaqtda ko‘pchilik qarama-qarshi manfaatga ega bo‘ladi. Qaysi qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish yoki sotish mavzusida tavsiyalar berish bilan shug‘ullanadigan gazeta va jurnallar ularning maslahatlari faqatgina muayyan omad bilan foydali bo‘lishini ta‘kidlashdan manfaatdor emas, umuman olganda esa, bu tavsiyalar hech qanday qiymatga ega emas. Investitsion maslahatchilar va birja maklerlarini ham OAV bilan bir qatorga qo‘yish mumkin.


  • Modeldagi takroriylikni ko‘rsatadigan qimmatli qog‘ozlar kursidagi o‘tmishdagi o‘zgarishlar grafiklarini diqqat bilan o‘rganish. Ba‘zi hollarda bu to‘g‘ri, lekin tasodifiy sonlar bilan ham xuddi shunday yo‘l tutish mumkin. Boshqacha aytganda, ba‘zan sxema mutlaqo tasodif tufayli o‘zini-o‘zi takrorlaydi, ya‘ni, takroriylikni aniqlashga harakat qilib, foyda olish mumkinligi kafolatlangan emas.


  • Aniq texnik tahlil tarafdorlari muvaffaqiyatli sifatida tasvirlanadi.

Samaradorlik investitsiyalar muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin emasligini anglatmaydi, ammo o‘rtachadan yuqori darajadagi muvaffaqiyat - omad masalasidir. Qator davrlarda, asosan, XX asr mobaynida LFB bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarga qilingan sarmoyalar ijobiy daromad keltirgan.


Umuman olganda, qimmatli qog‘ozlarning qiymati oshgan, shuningdek, investor dividendlar yoki foizlar to‘lovlaridan ham foyda olgan. Shu bois, samaradorlikka qaramay, investitsiya masalasida ko‘plab maslahatlarga amal qilish kelgusi davr mobaynida ijobiy natija bergan. Aslini olganda, sof tasodifiylikni istisno qilganda, samaradorlik uzoq muddatli davrda riskning mavjud darajasida o‘rtachadan past daromad keltiradigan investitsion tavsiya olishning iloji yo‘qligini nazarda tutadi.


  • Barchamiz kapital bozoriga investitsiya kiritishda favqulodda muvaffaqiyatlarga erishgan odamlar haqida hikoyalarni bilamiz. Katta muvaffaqiyatga erishganlar o‘ziga e‘tibor qaratishlariga intiladi, juda muvaffaqiyatsiz odamlar bu mavzuda gaplashmaslikka harakat qilishadi. Ikkala holatda ham bu sof tasodifga - mos ravishda omad yoki omadsizlikka o‘xshaydi. Omadsizlar bu haqiqatni tan olishadi, muvaffaqiyatli odamlar esa ularning muvaffaqiyatli bo‘lishining sababi qimmatli qog‘ozlarni tanlashda va investitsiya muddatini tanlashda yuqori malakaga ega ekanligi deb o‘ylashni afzal ko‘rishlari mumkin.

Hatto sof omadda ham kimdir uzoq vaqt muvaffaqiyatli bo‘lib qolaverishi va favqulodda muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Faraz qilaylik, tanga otish bo‘yicha Angliya chempionati o‘tkazilib, unda 60 million kishi ishtirok etmoqda. Qoida shundan iboratki, barcha 30 million juftlikka ajratiladi va ularning har biri tanga otadi. Otish natijalarini to‘g‘ri taxmin qilgan har bir juftlik ishtirokchisi keyingi bosqichga o‘tadi va bu jarayon yagona g‘olib qolmagunga qadar davom etadi. Biz kimdir g‘olib chiqishini bilamiz, ammo bu g‘alabani mutlaqo uning mahoratiga bog‘lay olamizmi? Aniqrog‘i, barchamiz g‘alabaga erishgan odam juda omadli ekanini ta‘kidlaymiz.



Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling