O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


foydalanadigan kompaniya kapitalining tuzilish grafigi (geared business)


Download 0.77 Mb.
bet116/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org


foydalanadigan kompaniya kapitalining tuzilish grafigi (geared
business)

Kompaniyalar aksiyalar va obligatsiyalar emissiyasida masshtab samarasidan foydalanish imkoniyati tufayli shaxsiy va qarz manbalari maqsadli nisbatidagi kabi nisbatda yangi mablag‘lar har bir qismini jalb etishga emas, balki har bir muayyan holatda yoxud aksiyalar emissiyasidan, yoxud qarz majburiyatlari emissiyasidan foydalanishga intiladilar. Bu shuni anglatadiki, shaxsiy va qarz mablag‘larining amaliy maqsadli nisbati bir maqsadli nisbat tomonidan boshqa tomonga og‘adigan traektoriya bo‘yicha amal qilish yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Shaxsiy va qarz mablag‘larining amaliy va maqsadli nisbati mos kelishi kamdan-kam uchraydi. A, B, S, D va E nuqtalari turli vaqt paytlaridagi amaliy nisbatni ifodalaydi, nuqtali chiziq esa maqsadli nisbatni belgilaydi.
Muayyan qiymat yoki o„rtacha chamalab ko„rilgan miqdor
Muayyan loyihani amalga oshirish uchun kapitalning muayyan ko‘payishi talab qilinadigan holat ushbu kompaniyani mazkur ko‘payishdan diskont stavkasi sifatida foydalanishga undamasligi kerak. Masalan, Hazelwood plc kompaniyasi bilan bog‘liq holatda, loyihani moliyalash uchun kapital 9% qiymatli obligatsiyalarni chiqarish natijasida jalb etilishi kerak edi. Shubhasiz, loyihani baholashda 9%dan diskont stavkasi sifatida foydalanish noto‘g‘ri bo‘lardi, xuddi shunday agar mablag‘lar oddiy aksiyalar emissiyasi orqali jalb etilganda, 16% to‘g‘ri kelmas edi. 9% dan diskont stavkasi sifatida foydalanish shuni anglatardiki, loyihani kompaniya 6.1-rasmda S nuqtasidan D nuqtasiga o‘tkazilgan holatda qabul qilish; agar u D nuqtasidan E nuqtasiga o‘tkazilsa, 16% stavkada (aksiyadorlik kapitali qiymati) loyihani bekor qilish mumkin. Shubhasiz, bu mantiqan to‘g‘ri bo‘lmasdi va ayrim g‘ayrioddiy investitsiya qarorlariga olib kelishi mumkin edi. Kompaniya shaxsiy va qarz mablag‘larining o‘zgarmas nisbatini umuman qo‘llab- quvvatlashni maqsad qilgan sharoitda WACCdan foydalanish ancha mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.



    1. Download 0.77 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling