3-§. Kredit m unosabatlarini tashkil etishda kredit shartnomaning
xususiyatlari va ahamiyati
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banki va mijoz o‘rtasidagi kredit
munosabatlar kredit shartnomasiga asoslanadi. Shu bois bank tomonidan yuridik
va jismoniy shaxslarni kreditlashni tashkil etishning asosiy xususiyatlaridan biri
– bu har bir kredit bitimining shartnomaviy xarakterga ega ekanligidadir.
“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunnida banklar va ularning
mijozlari o‘rtasidagi munosabatlari shartnomalar asosida amalga oshirilishi
belgilangan bo‘lib, amaliyotda banklar va mijozlar o‘rtasidagi har bir kredit
munosabati shartnomaviy xarakterga ega. Bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan
kredit shartnomasi kredit bitimining huquqiy-iqtisodiy shartlarini aniqlaydi va bu
shartlar kredit munosabatlari ishtirokchilarining mavqeyidan qat’iy nazar o‘zaro
manfaatlarga asoslangan bo‘ladi.
Kredit shartnomasi yuridik hujjat hisoblanib, uning barcha punktlari
bajarilishi tomonlar uchun majburiydir. Bu O‘zbekiston Respublikasining
Fuqarolik kodeksi bilan belgilab qo‘yilgan. Kredit shartnomasining mohiyati
shundan iboratki, unga ko‘ra bank (kreditor) shartnomada ko‘rsatilgan shartlar
asosida va unda belgilangan miqdorda qarz oluvchiga pul mablag‘larini kreditga
berish, qarz oluvchi esa kreditni va unga hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytarib
berish majburiyatini oladi.
Kredit shartnomasida tomonlarning nomlanishi, shartnomaning amal qilish
muddati, kredit bitimining predmeti va shartlari, tomonlarning huquq va
majburiyatlari, bu majburiyatlarni bajarilishining huquqiy kafolatlari ko‘rsatilgan
bo‘ladi.
Kredit shartnomasi, odatda, yozma shaklda tuziladi va kerakli shaxslar
tomonidan imzolanadi. Yozma shaklda tuzilmagan kredit shartnomasi haqiqiy
hisoblanmaydi.
Fuqarolik
kodeksining
744-moddasiga
asosan
Do'stlaringiz bilan baham: |