O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-§. Kredit shartnomasi tushunchasi va uning asosiy belgilari. Kichik va
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit shartnomasi
2-§. Kredit shartnomasi tushunchasi va uning asosiy belgilari. Kichik va
xususiy biznes sub’ektlarini kredit bilan ta’minlash. YUqorida ta’kidlanganidek, kredit munosabatlari vositasida turli manbalar hisobiga jamg‘arilgan mablag‘lar iqtisodiy-ijtimoiy loyihalarni hal etishga jalb etiladi va muayyan xalq xo‘jaligi vazifalarini bajarishga imkon yaratiladi. Kredit operatsiyalari tijorat banklari faoliyatida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi va bank uning vositasida yuridik hamda jismoniy shaxslarning omonatga jalb etilgan mablag‘lari, o‘z mablag‘lari hamda tashkil etilgan maqsadli davlat mablag‘lari hisobiga tadbirkorlik sub’ektlariga, fuqarolarga turli ko‘rinishlardagi kreditlar berish, evaziga foizlar olish orqali tijorat faoliyatini amalga oshiradi. 70 Abdullaeva Sh.Z., Azizov U.O’. Bank ishi T.: IQTOSOD-MOLIYA 2019 y.278-285 b. 249 Davlat o‘z iqtisodiy va ijtimoiy siyosati ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun muayyan tarmoqlarni qo‘llab - quvvatlash hamda rag‘batlantirish bilan shug‘ullanadi. Ana shunday qo‘llab-quvvatlash shakllaridan biri – tegishli soxani imtiyozli shartlarda tijorat banklari orqali kredit bilan ta’minlashdan iboratdir. Ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosatining xuquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi «Iqtisodiyotni kreditlash mehanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 349-sonli, 2003 yil 4 fevraldagi «Pul-kredit ko‘rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 63-sonli, 2003 yil 23 dekabrdagi «Kichik tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 563-sonli qarorida va boshqa normativ-xuquqiy hjjatlarda mustahkamlangan. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2004 yilda tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan jami 354 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilgan bo‘lib, uning 249 mlrd. so‘mi yoki 70,3 foizi uzoq muddatli kreditlarni tashkil etdi. SHu hisobdan mamlakatda 81 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bugungi kunda (2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra) respublikamizda 29 ta tijorat banki ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, ularning 5 tasi davlat banki, 13 tasi aksiyadorlik-tijorat banki, 5 tasi xorijiy sarmoya ishtirokidagi banklar, 6 tasi esa xususiy banklardan iborat. 2011 yilda O‘zbekistonda kredit uyushmalari faoliyati to’[tatildi va bugungi kunda respublikamizda kredit uyushmalar faoliyat olib bormaydi. 250 Kredit munosabatlarini amalga oshirishning asosiy huquqiy shakli kredit shartnomasi tuzishdir. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744- moddasiga muvofiq: «Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi taraf — (qarz oluvchi)ga shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlarda pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi. Kredit shartnomasi bank amaliyotida bank ssudasi (qarzi) shartnomasi deb ham yuritiladi. Bank krediti shartnomasi oddny qarz shartnomasidan o‘z sub’ektlari va ob’ektlari doirasi bilan farq qiladi. Eng avvalo, kredit shartnomasida qarz beruvchi bo‘lib tegishli vakolatga (litsenziyaga) ega bo‘lgan banklar va boshqa kredit tashkilotlari (masalan, jamg‘armalar, sug‘urta tashkilotlari)gina qatnasha olishi mumkinligi, ikkinchidan, bu shartnomaning krediti faqat pul (o‘zbek so‘mlaridagi yoki chet el valyutasidagi) mablag‘larigina bo‘lishi mumkinligi qayd etilmog‘i lozim. Kredit shartnomasi haq barobariga, qaytarilishi sharti bilan, oldindan kafolatlanish yo‘li bilan, maqsadli shaklda tuziladi. U bir tomonlama, real tuziladi. Tomonlar kelishuviga ko‘ra yoki qonunda bevosita ko‘rsatilgan hollarda bu shartnoma tekin (foiz olinmasdan) tuzilishi ham mumkinligi qonunda ko‘zda tutilgan. Fuqarolik kodeksining 745-moddasiga ko‘ra kredit shartnomasi yozma tuzilishi shart. ©zma shartnomaga rioya qilmaslik uning xaqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi. Ko‘pchilik hollarda har ikkala tomon imzolaydigan yagona hujjat shaklidagi shartnoma tuziladi. Ammo ayrim hollarda qarz oluvchi bu xaqda yozma ariza va o‘z iltimosini asoslovchi hujjatlar (texnik-iqtisodiy asoslar, biznes reja) bilan murojaat Q ilishi mumkin. Bank ariza va taqdim etgan xujjatlarni, kredit olish shartlarini, qarz oluvchining to‘lov qobiliyati, kredit olinayottan loyiha tavakkalchiligi olinadigan foyda hajmi, kredit kafolatlari va boshqa holatlarni 251 hisobga olgan holda kredit berish yoki iltimosni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ayrim tarmoqlar bo‘yicha yoki ayrim ob’ektlar bo‘yicha kredit bilan taminlashning o‘ziga xos qoidalari alohida me’Єriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Masalan, hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1999 yil 9 oktyabrda tasdiqlangan 330-sonli «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan uzoq va o‘rta mudatli kredit bilan ta’minlashni tashkil etish qoidalari, «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlik xo‘jaliklari va kichik biznesning boshqa sub’ektlarini milliy va chet el valyutasida mikrokreditlash tartibi», 2000 yil 7 martda 907 tartib raqami bilan ro‘yxatga olingan. «O‘zbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni moliyalash va kredit bilan ta’minlash tartibi», «SHaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan kredit liniyasi ochilganida tijorat banklari tomonidan dehqon va fermer xo‘jaliklarini kredit bilan ta’minlash tartibi», O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa bir qator manfaatdor vazirliklar xamda idoralar tomonidan 1998 yil 20 iyulda tasdiqdangan «Byudjetdan tashqari jamg‘armalar tomonndan O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida kredit liniyalari ochish yo‘li bilan kichik va o‘rta biznes subektlarini kredit bilan ta’minlash tartibi» va boshqa me’yoriy hujjatlar amal qilmoqda. O‘zbekiston Resiublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 22 avgustda «Banklarga lombard kredit berish tartibi to‘g‘risida nizom» tasdiqlangan. Kredit berilish usullari, ular uchun olinadigan foiz haq miqdori va uning to‘lanishi, kreditdan foydalanish tartibi, muddati kelgan kreditni qaytarish tartiblari o‘z vaqtida qaytarilgan kredit uchun javobgarlik choralarini qo‘llanilishi masalalari fuqarolik kodeksida, bank qonunchiligida va boshqa meyoriy hujjatlarda hamda kredit shartnomasida belgilab qo‘yilgan. 252 Bank krediti berilishi paytida uning qaytarilishini ta’minlash choralari (garov, ipoteka), uni qo‘llash tartib va shakllari hamda oqibatlari ham amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan. Ashyolarni kreditga berish va tijorat krediti (muayyan mahsulot yoki ish uchun pul to‘lashni kechiktirib berishga oid masalalar) tegishli qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan. Tijorat banklari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini byudjetdan tashqari jamg‘armalarning kredit liniyalari hisobidan kreditlash tartibi shu xaqdagi Nizom bilan belgilangan. 71 Ushbu Nizomga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor mikrofirma va kichik korxonalarga mikrokreditlar, dastlabki (start) kapitalini shakllantirish maqsadlari uchun kreditlar beriladi. Nizomda kredit berish shartlari, muddatlari, eng ko‘p miqdorlari va berilish tartiblari batafsil belgilangan. Fermer xo‘jaliklariga bo‘lg‘usi hosilni garovga olgan holda, er uchastkasini garovga olgan holda kredit berish tartiblari joriy etilgan. Bunday shartlarda kredit berish tartiblari va olingan kreditni qaytarilish masalalari tegishli normativ xuquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan. Tijorat banklari o‘z mijozlariga kredit berish yuzasidan tegishli kredit siyosatini ishlab chiqishlari hamda uni og‘ishmay ro‘yobga chiqarishlari lozim. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2000 yil 22fevralda «Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizom» tasdiqlangan. Mazkur «Nizom»da har bir tijorat banki tomonidan ishlab chiqiladigan kredit siyosatiga qo‘yiladigan asosiy talablar ko‘rsatib qo‘yilgan. Kredit siyosati alohida hujjat sifatida ishlab chiqilishi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Kredit siyosati haqidagi hujatda bank muassasasi amalga oshiradigan kredit siyosatining mazmuni, maqsad va strategiyasi, 71 ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2001 йил 3 октябрда 1074-сон билан давлат р¤йхатига олинган (унга ¢¤шимча 2004 йил 24 январдаги 203-В-2 24 сон ¢арор билан киритилган). 253 kreditlarni to‘planishi, to‘lanishi, garov ta’minotiga qo‘yiladigan talablar va boshqa zarur holatlar batafsil bayon etiladi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling