O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar:
1.Kredit shartnomasi tushunchasini ayting 2..Kredit shartnomasining asosiy belgilarinimalar? 3.Kredit munosabatining asosiy huo‘uo‘iy shakli nima? 4.Kredit shartnomasining ob’ekti, sub’ektlari doirasi oddiy o‘arz shartnomasidan o‘anday faro‘ o‘iladi? 5.Kredit berish usullari tartib o‘oidalarini belgilovchi asosiy huo‘uo‘iy xujjat nima? 6.Kredit siЄsatiga nisbatan talablar o‘aysi me’Єriy xujjatda berilgan? 7.Kredit berishga oid xujjatlarga nimalar kiradi? 8.Kredit xujjatlarni rasmiylashtirish tartibi o‘anday? 9.Ipoteka krediti o‘anday rasmiylashtiriladi? 10. Kredit shartnommasida o‘arzdorning o‘zgarishi o‘anday rasmiylashtiriladi? 11. Kreditga oid nizolar o‘anday xal o‘ilinadi? 76 Abdullaeva Sh.Z., Azizov U.O’. Bank risklari T.:IQTISOD-MOLIYA 2019 y. 286 IX BOB. Banklarning qimmatli qog‘ozlar, maxsus vositalar bilan operatsiyalarining huquqiy asoslari. 1-§. Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi va uning huquqiy asoslari. Qimmatli qog‘ozlar bozori O‘zbekiston Respublikasidagi moliya bozorining muhim segmenti bo‘lib xisoblanadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ushbu bozorga jalb etilishi natijasida mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, muhim ijtimoiy muammolarni hal etish, pul muomalasini barqarorlashtirish, inflyasiya jarayonlarini sekinlashtirish imkonini beradi. Ikkinchidan esa, bo‘sh mablag‘larni investitsion muomalada bo‘lishi uning sohibi bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga ham barqaror foyda olishni ta’minlaydi. Bozor munosabatlarining asosiy prinsiplaridan biri – to‘xtovsiz harakatlanishdan iborat va bu qoida ayniqsa pul shaklidagi kapitalga nisbatan to‘la taalluqlidir. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tijorat bank muassasalari qimmatli qog‘ozlar bozorining eng faol ishtirokchilari bo‘lib, ular ushbu bozorda turli shaklda ishtirok etadilar. “Qimmatli qog‘ozlar” tushunchasi keng va tor ma’noda ta’riflanadi. Uning keng ma’nosi, mulkiy xuquq ob’ekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 96-moddasida berilgan bo‘lib, unga ko‘ra: Mulkiy huquqlarni belgilangan shakilga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi. Qimmatli qog‘ozlarning boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi. Qimmatli qog‘ozlar jumlasiga; obligatsiyalar, veksel, chek, depozit va jamg‘arma setifikati, bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma 287 daftarchasi, konosament, aksiya hamda qonun hujjatlari bilan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi. Uning tor ma’nodagi (qimmatli qog‘ozlar bozoridagi muomala ob’ekti siftidagi) ta’rifi O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 3 iyunda yangi tahrirda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonunida keltirilgan. Unga ko‘ra qimmatli qog‘ozlar — hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi. Qimmatli qog‘ozlar chiqarilish shakliga ko‘ra blankalar tarzida hujjatli va elektron shakldagi hisobga olish registrlaridagi yozuvlar tarzida hujjatsiz bo‘lishi mumkin . Qimmatli qog‘ozlar –blankalar, sertifikatlar shaklida yoki schetlardagi yozuv shaklida bo‘lishi va hisob –kitob qilishda, shuningdek kriditlar bo‘yicha garov sifatida foydalanilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlar yuridik va jismoniy shaxislar o‘rtasida ixtiyoriylik asosida tarqatiladi. Kiritilgan ulush shaklidan qat’i nazar, qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi puli berilganda, ularni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan holda esa –chet el valyutasida ( aksiyalar bo‘yicha – mulkni o‘tkazib berish yo‘li bilan ham ) ifodalanadi va to‘lanadi. YUqoridagi ikki hil ta’rif qimmatli qog‘ozlarning umumfuqarolik muomalasidagi hamda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi holatini o‘zida ifodalaydi. Qimmatli qog‘ozlarning chiqarilish shakli qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilanadi. Aksiyalar, korporativ va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek depozitar tilxatlar hujjatsiz shaklda chiqariladi. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish u to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha chiqariladi.Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: 288 -emitentning to‘liq nomi, joylashgan eri (pochta manzili) va elektron pochta manzili; -emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlangan sana; -emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan emitent boshqaruv organining nomi; -emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning turi va xili hamda ularning chiqarilish shakli; -emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egasining huquqlari; -emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish shartlari; -chiqarilishdagi emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni; -ilgari joylashtirilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni; -emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qonun hujjatlariga va emitentning ustaviga muvofiq emitent boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi. Emitent majburiyatlarining bajarilishi garov, bank kafolati yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qo‘shimcha ta’minlanadigan obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda qo‘shimcha ta’minot bergan shaxs to‘g‘risidagi va ta’minot shartlari haqidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatilishi kerak. Bu holda obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror qo‘shimcha ta’minot bergan shaxs tomonidan ham imzolanishi kerak. Korporativ obligatsiyalar quyidagi shartlarga rioya etgan holda: -emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori doirasida; -keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy 289 ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan; -investorlarga tegishli mablag‘larning emitentlar tomonidan to‘lanishi bo‘yicha to‘lov agentlari vazifasini bajaruvchi tijorat banklari ishtirokida chiqariladi. Infratuzilma obligatsiyalari esa quyidagi shartlarga rioya etgan holda: -emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali va chiqarilish bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot miqdori doirasida; -infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan olingan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida nazarda tutilgan loyihani moliyalashtirish uchun foydalanilsa; -infratuzilma obligatsiyalari bo‘yicha emitentning majburiyatlari ular to‘liq muomaladan chiqarilguniga qadar belgilangan tartibda sug‘urtalangan bo‘lsa, chiqariladi. Davlat korxonalari infratuzilma obligatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda chiqaradi. Infratuzilma obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablag‘lar alohida bank hisobvarag‘ida jamlanadi va emitentning ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi yoki yuqori boshqaruv organi qaroriga ko‘ra sarflanadi. Aksiyalarga doir opsionni chiqarish shartlari ularning muomalasiga cheklovlarni nazarda tutishi mumkin.Agar aksiyadorlik jamiyatining e’lon qilingan aksiyalari soni olish huquqini opsionlar beradigan aksiyalar sonidan kam bo‘lsa, mazkur jamiyat aksiyalarga doir bunday opsionlarni joylashtirishga haqli emas. Aksiyadorlik jamiyatining mehnat jamoasi va kuzatuv kengashi a’zolariga mukofotni yoki rag‘batlantirish to‘lovini aksiyalarga doir opsionlar tarzida berish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. 290 Olish huquqini opsionlar beradigan muayyan turdagi aksiyalarning soni aksiyalarga doir opsionlar chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko‘ra joylashtirilgan ushbu turdagi aksiyalarning 5 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Aksiyalarga doir opsionlar aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali uni ta’sis etish chog‘ida to‘liq to‘langanidan keyin joylashtirilishi mumkin bo‘ladi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling