O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

 
banklar tomonidan
 
bankka 
aloqador shaxsga yoki uning nomidan faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsga beriladigan 
har qanday kredit ta’minoti bo‘yicha me’yorlarga o‘zgartirishlar kiritildi.Bu 
o‘zgarishlarni quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin. 


276 
-jadval 
Bankka aloqador shaxsga yoki uning nomidan faoliyat ko‘rsatuvchi shaxsga 
beriladigan har qanday kreditlarning ta’minoti bo‘yicha me’yorlar
75
 
Ko‘rsatkichlar 
O‘rnatilgan me’yorlar 
Kredit beruvchi bankka milliy valyutada 
kiritilgan depozitlar qo‘yilganda 
Depozitlar kreditning kamida 100 foizi 
miqdorida bo‘lishi shart. 
 
Kredit beruvchi bankka chet el valyutasida 
kiritilgan depozitlar qo‘yilganda 
Chet el valyutasida kiritilgan depozitlar 
kreditning kamida 105 foizi miqdorida bo‘lishi 
shart. 
 
Kreditning ta’minoti sifatida davlat qimmatli 
qog‘ozlari qo‘yilganda 
davlat qimmatli qog‘ozlari kreditning kamida 
125 foizi miqdorida bo‘lishi shart. 
Kreditning ta’minoti sifatida boshqa ta’minot 
vositasi qo‘yilganda 
kreditning kamida 130 foizi miqdori bozor 
bahosidagi ta’minot bilan ta’minlanishi shart. 
Bank faoliyatini tartibga solish bo‘yicha Xalqaro Bazel qo‘mitasining asosiy 
talablari qabul qilingan bo‘lib Bazel qo‘mitasi o‘zining “Bazel I”, “Bazel II”va
2010 yil 12 sentyabr kuni dunyoning 27 mamlakati markaziy banklari vakillari 
banklar kapital bazalariga talablarni kuchaytiruvchi “Bazel III” bank faoliyati 
nazorati me’yorlarining yangi to‘plamini tasdiqladilar. “Bazel III”ga ko‘ra, 
banklarning kelajakda ehtimoli bo‘lgan inqirozlarga qarshi tura olishi uchun 
kapitalning 2,5 foizi miqdorida qo‘shimcha “himoya yostig‘i”ga ega bo‘lishi talab 
etiladi. Bank faoliyatini tartibga solish tizimining iqtisodiy tabiatiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi sermazmun yangiliklar tarkibiga qo‘yidagilar kiritiladi: 
-markaziy bank vositasida alohida banklarni emas, balki yalpi moliyaviy 
tizimning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan makroprudensial nazoratni tatbiq 
etish; 
-kredit davrining real iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatishga qaratilgan 
kontrsiklik tartibga solishni rivojlantirish.
Banklar faoliyatini tartibga solish va muvofiqlashtirish borasida Bazel qo‘mitasining 
bazaviy tamoyillari 25 tadan iborat bo‘lib ular: 
➢ Samarali bank nazoratini ta’minlash shart-sharoitlari; 
75
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 18 avgustdagi 27/13-
son 
qaroriga 
 asosan “Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizom”ga 
kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi va mazkur nizom asosida tuzildi.


277 
➢ Litsenziyalash va struktura; 
➢ Prudensial talablar va prudensial tartibga solish
➢ Joriy bank faoliyatini tartibga solishning metodikasi; 
➢ Axborotni taqdim etish bo‘yicha talablar; 
➢ Nazorat instansiyalarining vakolatlari; 
➢ Xalkaro bank operatsiyalari kabilarni o‘z ichiga oladi.
76
Tayanch so’zlar: kredit, kredit shartnoma. Mijoz huquqi? Bank huquqi, 
majburiyat, taminot, kredit taminoti, kafil, kafillik, subekt, obekt, nazorat 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling