O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhlarga qo‘yilgan ba’zi


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhlarga qo‘yilgan ba’zi 
me’yorlar
74
 
Me’yorlar 
Me’yoriy talablar 
YUridik shaxsning yirik ishtirokchisi 
(aksiyadori)
Ustav 
kapitali 
yoki 
ovoz 
beruvchi 
ulushlarning 
(aksiyalarning) 10 yoki undan ortiq foiziga bevosita yoki 
bilvosita ega bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs; 
Yirik risk
Jami summasi bank birinchi darajali kapitalining 10 
foizidan oshadigan bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor 
qarz oluvchilar guruhi uchun riskk. 
Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor 
qarz oluvchilar guruhi uchun riskning eng 
Yuqori miqdori 
Bank birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi 
kerak
Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor 
qarz oluvchilar guruhiga to‘g‘ri keluvchi 
ta’minlanmagan kredit, hamda faktoring 
Bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan oshmasligi 
zarur. 
74
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining “Bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz 
oluvchilar guruhi uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorlari to‘g‘risida”gi nizomi asosida tuzilgan 


274 
xizmatlari uchun riskning eng Yuqori 
miqdori 
Yirik risklarning umumiy miqdori 
Bank birinchi darajali kapitalining 8 barobaridan 
oshmasligi lozim. 
CHet el valyutasida kiritilgan depozit 
ostida beriladigan kredit miqdori 
Valyutaning qiymati kredit qoldig‘ining kamida 105 
foizini tashkil etishi lozim. 
Jadval ma’lumotlari Shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining me’yoriy talablariga asosan bankning bir qarz oluvchi yoki 
bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun riskkning eng Yuqori miqdori bank 
birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshmasligi kerak. Shuningdek, bir qarz 
oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga to‘g‘ri keluvchi 
ta’minlanmagan kreditlar, bank amalga oshiradigan faktoring xizmatlari uchun 
riskkning eng Yuqori miqdori esa bank birinchi darajali kapitalining 5 foizidan 
oshmasligi zarur. Yuqorida keltirilgan talablar bozor qiymati kreditlarning 125 
foizini qoplay oladigan davlat qimmatli qog‘ozlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumatining kafolati yoki boshqa majburiyatlari bilan ta’minlangan kreditlar, 
bank tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 
mablag‘lari hisobiga qayta moliyalashtirilgan kreditlarga, Shuningdek, kredit 
beruvchi bankdagi depozitlar bilan kreditlar ta’minlangan bo‘lsa tadbiq etilmasligi 
ham Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. 
Bank faoliyatida yuzaga keladigan risklardan himoyalanish maqsadida 
banklar tomonidan beriladigan yirik risk darajalarning umumiy miqdori bank 
birinchi darajali kapitalining 8 barobaridan oshmasligi, bankga qo‘yilgan depozit 
chet el valyutasida kiritilgan bo‘lsa, bu valyutaning qiymati kredit qoldig‘ining 
kamida 105 foizini tashkil etishi lozim.  
Tijorat banklari tomonidan bu me’yoriy talablar bajarilishi va har bir bank 
bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhi uchun riskning 
hamda yirik risklarga doir yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha yirik 
yo‘qotishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ular to‘lamagan bank krediti umumiy 
summasi, qarzdorning boshqa majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bankda 


275 
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha yirik risklarning umumiy summasi)ni o‘z 
ichiga olgan hisobotni yuritishi va har oyda bir marotaba Markaziy bankka taqdim 
etishi lozim. Bu talablarning qo‘yilishi va ularning amalga oshirilishining talab 
qilinishi banklarni ular faoliyatda yuzaga keladigan qator risklardan himoya 
qilishda, ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. 
Banklar va ularning filiallari iqtisodiy normativlarni belgilovchi banklarga 
oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Markaziy bank ustav kapitalining eng kam 
miqdoridan 0,1 foizgacha jarima undirish yoxud ayrim operatsiyalarni o‘tkazishni 
olti oygacha bo‘lgan muddatga cheklab qo‘yish huquqiga ega. 
Agar yo‘l qo‘yilgan tartib buzilishlar yoki bank o‘tkazayotgan operatsiyalar 
omonatchilar va kreditorlarning manfaatlariga aniq xavf tug‘dirgan bo‘lsa, 
Markaziy bank: 
banklardan ustav kapitali eng kam miqdorining bir foizidan oshmagan 
summada jarima undirishga; 
bankdan bankni moliyaviy sog‘lomlashtirish, Shu jumladan aktivlar 
tuzilmasini o‘zgartirish, bank xarajatlarini kamaytirish va aksiyadorlarga 
dividendlar to‘lashni to‘xtatish tadbirlarini ko‘rishni, bank yoki uning filiali 
rahbarlarini, Shu jumladan bank kengashi rahbarlari va a’zolarini almashtirishni, 
bankni qayta tashkil etishni, filialni tugatishni talab qilishga; 
bank uchun iqtisodiy normativlarni olti oylik muddatgacha o‘zgartirishga; 
bankning ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishini bir yilgacha 
bo‘lgan muddatga, Shuningdek filiallar ochishni ham Shuncha muddatga taqiqlab 
qo‘yishga haqli hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 18 
avgustdagi 27/13-son qaroriga asosan “Bankka aloqador bo‘lgan shaxslar bilan 
tuziladigan bitimlar to‘g‘risidagi nizom”ga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va 
qo‘shimcha kiritildi va mazkur nizom bo‘yicha

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling