O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
-§. Qimmatli qog’ozlar turlari va ular bilan operatsiyalarni tashkil
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
2-§. Qimmatli qog’ozlar turlari va ular bilan operatsiyalarni tashkil
etishning huquqiy asoslari Tijorat banklari respublika qimmatli qog‘ozlar bozorining eng faol va asosiy ishtirokchilaridan hisoblanadi hamda Fond birjasi umumiy savdo aylanmasida tijorat banklari ulushining yuqoriligi bank qimmatli qog‘ozlarining ishonchliligi, ular to‘g‘risidagi axborotlarning ochiq-ligidan dalolat beradi. Agar biz 2014-yilda fond birjasida savdo hajmi yuqori bo‘lgan emitentlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, 10 ta yirik emitentdan 9 tasi tijorat banklari hisoblanadi. 2014-yil davomida birja savdolari orqali jismoniy shaxslar investitsiyalarining 93,4 foizi, yuridik shaxslar investitsiyalarining 86,3 foizi aynan tijorat banklari qimmatli qog‘ozlariga yo‘naltirilgan. Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida bir vaqtning o‘zida bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Banklarning aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritishi ularga qimmatli qog‘ozlarni chiqaruvchi emitent sifatida fond bozorida faol ishtirok etishiga imkoniyat beradi. Shu sababli, tijorat banklarining birja savdolariga qo‘yilayotgan qimmatli qog‘ozlari mamlakatimizda pul aylanishini jadallashtirish, yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha turgan bo‘sh pul mablag‘larini jalb etib, ularni iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga investitsiya qilishga sharoit yaratadi. Bundan tashqari, tijorat banklari repo bitimlarini amalga oshirishda qimmatli qog‘ozlar bozorida investor sifatida ishtirok etishlari mumkin. Ma’lumki, repo bitimlari qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish yo‘li bilan pul mablag‘larini qarzga olishning ommabop usuli bo‘lib, investitsiya kiritishning boshqa usullariga qaraganda xavfsiz hisoblanadi va investorlarning zarar ko‘rish darajasini pasaytiradi. Shu bilan birga, tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozorida 291 professional ishtirokchi sifatida qatnashish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda tijorat banklari fond bozorida investitsiya vositachisi va maslahatchisi, aktivlarni ishonchli boshqaruvchi, transfer-agent va depozitariylik vazifasini ham bajarmoqda. Bugungi kunda 20 ta tijorat bankining qimmatli qog‘ozlari birja savdolariga qo‘yilgan bo‘lib, ularning aksariyati birja listingining yuqori “A” toifasiga kiritilgan. Mazkur banklarning qimmatli qog‘ozlari birjada muntazam kotirovka qilinadi, qator tijorat banklari esa qimmatli qog‘ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun brokerlik idoralarini tashkil etgan holda fond bozorida samarali faoliyat yuritib, aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotish va sotib olish orqali ularning qo‘shimcha daromad olishini ta’minlamoqda. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling