O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari – emissiyaviy 
qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari tomonidan 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga pul mablag‘lari kiritganligini 
tasdiqlaydi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati 
mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beradi. G‘azna 
majburiyatlari butun aylanish davrida aniq chegaralangan foizni to‘lab berish 
majburiyatini guvohlovchi qimmatli qog‘ozdir. 


294 
Depozit sertifikati – bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining 
(sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan 
foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan 
belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy 
qimmatli qog‘ozdir. Depozit sertifikati bank tomonidan beriladi. 
Veksel – veksel beruvchining yoxud vekselda ko‘rsatilgan boshqa 
to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda, veksel egasining 
vekselda ko‘rsatilgan summani to‘lab berishiga doir qat’iy majburiyatini 
tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz va to‘lov vositasi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan 
obligatsiyalar, shuningdek,O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
obligatsiyalari, odatda,davlat qimmatli qog‘ozlari deb yuritiladi.
77
Qimmatli qog‘oz hosilalari – bular shunday qimmatli qog‘ozlarki, ularning 
foydasi yoki zarari bir nechta bozor ko‘rsatkichlari bilan, ya’ni bozor indekslari 
bilan bog‘liqdir. Qimmatli qog‘ozlar hosilalari – «opsion» yoki «fyucherslar» 
ko‘rinishida bo‘ladi. Opsion – emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u o‘z 
emitentining muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini unda nazarda tutilgan 
muddatda, qat’iy belgilangan narx bo‘yicha sotib olishga bo‘lgan huquqini 
tasdiqlaydi 
Hozirgi davrga kelib qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar tobora ko‘payib 
bormoqda. Rivojlanayotgan davlatlarda aksionerlashtirish va mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish, korxona va tashkilotlarni xususiylashtirish orqali 
aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish va ular tomonidan har xil qimmatli 
qog‘ozlarni muomalaga chiqarishi fond bozorlarini rivojlantirishga turtki 
bo‘lmoqda. Qimmatli qog‘ozlar jahonning katta bir boyligi hisoblanib, boshqa 
boyliklarga nisbatan ham umumiy qiymati bo‘yicha, ham hajmi bo‘yicha oldingi 
o‘rinlarga chiqmoqda. 
77
Abdullaeva Sh.Z., Azizov U.O’ Bank ishi IQTISOD-MOLIYA 2019y. 


295 
Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarib, pullarni bir necha o‘n yillarga 
muddatsiz foydalanishga olish mumkin. Bu korxona va tashki lotlar uchun 
nihoyatda muhim ahamiyat kasb etib, ularga ishlab chiqarish, hamda moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish uchun bank ssudalaridan foydalanmasdan turib pul 
resurslarini jalb qilish imkoniyatini beradi. Qimmatli qog‘ozlar aholi uchun ham 
juda katta ahamiyatga ega, ular pullarni ko‘lda ushlab turmasdan, qimmatli 
qog‘ozlarga egalik qilish yo‘li bilan o‘z jamg‘armalari hisobiga daromad oladilar 
va korxonalarni boshqarishda amalda ishtirok etadilar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini 
omonatga qo‘yishdan ko‘ra qimmatli qog‘ozlarga sarflashlari ma’lum afzalliklarga 
ega, masalan, sarflangan mablag‘lar muddatidan ilgari foydalanish zarurati 
tug‘ilganda uni sotishi hamda undan qulay va hech qanday sarf-xarajatsiz to‘lov 
yoki kredit olish uchun garov vositasi sifatida foydalanishi mumkin.
78

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling