O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati va uning huquqiy


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

3-§. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati va uning huquqiy 
asoslari. 
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etishi bilan bog‘liq 
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida”gi, yuqorida eslatilgan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, , 
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 
va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari
Hukumat qarorlari hamda idoraviy meyyoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi. 
O‘zbekiston Respublikasi xududida qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ular 
muomalasini tashkil etish, ikkilamchi bozorni yo‘lga qo‘yish hamda qimmatli 
qog‘ozlarning ikkilamchi bozordagi muomalasi tartib-qoidalarini belgilashning 
78
Shelagh Heffernan.Modern Banking. Ltd.Great Britain .John Wiley & Sons,.2012..19-26.
David S. Kidwell, Richard L. Peterson,David W. Blackwell. Financial institutions, markets, and money. 
New Jersy : John Wiley & Sons, c.2003. 235-255.p. 
Henny van Greuning,Sonia Brajovich Bratanovich. The Analysis of banking risks. THE WOLD BANK 
Washington,D.C.2014. 


296 
tashkiliy hamda xuquqiy mexanizmlari yuqorida qayd etib o‘tilgan qonunlar, 
qonun xujjatlari hamda boshqa aktlar bilan belgilanadi. Bunda qimmatli qog‘ozlar 
bozori ishtirokchilari bo‘lgan sub’ektlarning bevosita o‘zlari tomonidan qabul 
qilinadigan hamda amalda qo‘llaniladigan lokal me’yoriy xujjatlar (depozitariylar, 
fond birjalari va boshqa sub’ektlar tomonidan ishlab chiqiladigan ichki nizomlar, 
namunaviy shartnomalar va xokazolar) ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 
Qonuniga ko‘ra tijorat banklariga qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etish, ular 
bilan bog‘liq bank operatsiyalarini amalga oshirish vakolati berilgan (Qonunning 
4-moddasi). 
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq quydagi operatsiyalarni 
amalga oshirilishi mumkin:
- qimmatli qog‘ozlar ( veksellar. Aksiyalar, obligatsiyalar. Depozit 
sertifikatlari va boshqalar ) chiqarish (emissiya qilish);
- qimmatli qog‘ozlarni sotib olish. Sotish, saqlash va ular bilan bog‘liq 
bo‘lgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish; 
-mahsulot etkazib berish, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ravishda yuzaga 
keluvchi talab qilish huquqlarini olish, bunday talablarni bajarish 
tavakkalchiligini o‘z zimmasiga olishi va ularni indekssatsiyalashi;
- ishonchli boshqarish ( trast ) operatsiyasi xizmatlarini ko‘rsatish: qimmatli 
qog‘ozlarni jalb etishi va joylashtirilishi, mijoz topshirig‘iga ko‘ra boshqa 
operatsiyalarni ado etishi; 
-qimmatli qog‘ozlarga oid bank operatsiyasi xizmatlarini ko‘rsatishi: qimmatli 
qog‘ozlarni jalb etish va joylashtirilishi, mijoz topshirig‘iga ko‘ra boshqa 
operatsiyalarni ado etish;
- qimmatli qog‘ozlarga oid bank operatsiyalari yuzasidan maslahat xizmat 
ko‘rsatish. 


297 
Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida professional ishtirokchilar – investitsiya 
institutlari sifatida ishtirok etib, u erda tadbirkorlikning quyidagi turlari bilan 
shug‘ullanilishlari mumkin: 
-emissiya faoliyati; 
- brokerlik faoliyati; 
- dillerlik faoliyati;
- qimmatli qog‘ozlar va ular bilan bog‘liq pul mablag‘larini o‘tkazish 
bo‘yicha hisob – kiliring, depozitor faoliyati; 
- qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish faoliyati;
- trast opratsiyalari;
- inkasso faoliyati;
- maslahat faoliyati va boshqalar. 
Tijorat banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida yuritilayotgan siyosatga muvofiq 
ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalarni tanlab olish. Bunday tijorat banklar 
qimatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etishdan bir qator maqsadlarni ko‘zlashi 
mumkin. Ular jumlasiga. 
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali kredit faoliyati uchun qo‘shimcha 
mablag‘lar jalb etish;
-mijozlarga qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar orqali xizmat 
ko‘rsatishda foyda olish;
- qimmatli qog‘ozlar orqali kamyob moliyaviy resurslprni qo‘lga kiritish va 
boshqalar kiritilishi mumkin. 
Tijorat banklari belgilangan tartibda olingan umumiy bank litsenziya asosida 
qimmatili qog‘ozlar bozorida qatnashishlari mumkin va buning uchun qo‘shimcha, 
maxsus litsenziya olish talab etilmaydi. Faqat qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq 


298 
operatsiyalarni bevosita amalga oshiruvchi bank mutaxassislari O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va « Qimmatli qog‘ozlar operatsiyasi» bo‘yicha 
kurslarni o‘tashlari va fond bozori mutaxassisi malaka attestatini olishlari lozim. 
Tijorat banklari qimmatli qohozlar bozorida ishtirok etishining ayrim 
shakillarini batafsilroq ko‘rib o‘taylik. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling