O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
davlat qimmatli qog‘ozlari;
depozit sertifikatlari; veksellar; qimmatli qog‘ozlar hosilalari, ya’ni opsion va fyucherslar (ilovaga qarang). Shuningdek, qonun bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari,emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar, egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar,korporativ obligatsiyalar, infratuzilma obligatsiyalari ham qimmatli qog‘ozlarning turlari hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunning 3-moddasiga asosan aksiya–o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozdir. Aksiya qimmatli qog‘oz sifatida amal qilish muddati cheklanmagan, yuridik yoki 293 jismoniy shaxs tomonidan aksionerlik jamiyatiga muayyan ulush qo‘shganini va mazkur jamiyat mulkidagi ishtirokini guvohlovchi, aksiya bo‘yicha dividend ko‘rinishida foyda olish huquqini beruvchi aksiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini tasdiqlovchi yuridik hujjatdir. Obligatsiya esa emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi. «Obligo» – lotin tilida «qarz olish» mazmunini bildiradi. Obligatsiya munosabatida obligatsiya egasi tomonidan emitent faoliyatiga ma’lum summada pul mablag‘i kiritiladi va emitent obligatsiyada ko‘rsatilgan muddatda uning nominal qiymatini hamda u bo‘yicha qo‘shimcha foizni to‘lab berish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya uning egasiga emitentning ishini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi.Me’yoriy hujjatlarga asosan obligatsiyalar infratuzilma obligatsiyalari va korporativ obligatsiyalarga bo‘linadi. Infratuzilma obligatsiyalari – ishlab chiqarish infratuzilmasini va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun pul mablag‘larini jalb etish maqsadida xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar hisoblansa,aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar korporativ obligatsiyalar deyiladi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling