O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


-§. Valyuta nazorati va valyuta qonunchiligini buzganlik uchun


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

3-§. Valyuta nazorati va valyuta qonunchiligini buzganlik uchun 
javobgarlik. 
Valyuta nazorati bu – chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni 
amalga oshirilishi chog‘ida qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan davlatning 
vakolatli organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan 
faoliyatdan iborat. 
Valyuta nazorati moliyaviy faoliyat ustidan olib boriladigan nazorat 
ko‘rinishlaridan biridir. 
Valyuta nazoratining asosiy yo‘nalishlari jumlasiga: 
a) valyuta operatsiyalarini amalga oshirilishi uchun litsenziya mavjudligini, 
o‘tkazilayotgan operatsiyalarning qonun talablariga mosligini aniqlash; 
b) rezidentlar tomonidan chet el valyutasi bilan bog‘liq majburiyatlarni, shu 
jumladan valyuta tushumining muayyan qismini majburiy sotish bo‘yicha 
majburiyatini bajarishini kuzatib borish; 
v) valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar va hisobotlar to‘liqligi, 
to‘g‘riligini kuzatib borish; 
g) chet el valyutasi bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik 
kabilar kiradi. 


310 
O‘zbekistonda valyuta nazoratini amalga oshirish vakolati quyidagi davlat 
organlariga berilgan: 
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki; 
b) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi; 
v) O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi; 
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasi. 
Ushbu organlarning valyuta nazoratini amalga oshirish yuzasidan vakolatlari 
tegishli qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. 
Vakolatli tijorat banklari ham chet el valyutasi bilan bog‘liq bank 
operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida bunday operatsiyalarning qonun 
talablariga muvofiq kelishini kuzatib boradilar. 
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar jinoiy faoliyatdan 
olingan daromadlarni legallashtirishga hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi 
kurashish maqsadida belgilanishi mumkin.
79
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga taxdid soluvchi xavf-xatar yuz bergan 
taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki vaqtincha chet el valyutasida 
operatsiyalar amalga oshirilishini to‘xtatib qo‘yishi yoki muayyan cheklovlar joriy 
etishi mumkin. 
Valyuta nazoratini amalga oshirilishi chog‘ida yoki xuquqbuzarlik holatlarini 
vakolatli organlar tomonidan surishtirish-tergov qilish chog‘ida valyuta 
qonunchiligi buzilgani haqidagi faktlar ma’lum bo‘lgani hollarda tadbirkorlik 
sub’ektlariga nisbatan iqtisodiy javobgarlik, mansabdor shaxslarga nisbatan esa 
ma’muriy yoki hatto jinoiy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin. 
79
Жумладан, Ўзбекистон Республикасининг 2004 йил 26 августдаги “Жиноий 
фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш ва терроризмни молиялаштиришга 
қарши кураш тўғрисида”ги Қонуннинг 14-моддасида мажбурий назорат қилинадиган 
молиявий операциялар белгиланган. Қаранг Ўзбекистон Республикаси Қонун 
хужжатлари тўплами. 2004 йил, №43, 223-модда. 


311 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan chet el 
valyutasida olingan daromadlarni yashirganlik, ular yuzasidan soliqlar va boshqa 
majburiy badallarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik, to‘lovni kechiktirganlik, 
daromadlarni kamaytirib ko‘rsatganlik uchun iqtisodiy jazo chorasi belgilangan. 
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida 
(176-modda) hamda Jinoyat kodeksida (177-178 moddalar) valyutaga oid 
qonunchilikni buzganlik uchun jinoiy javobgarliklar nazarda tutilgan. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling