O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

muvofiqlashtirish
1-§. Banklarning xalqaro operatsiyalari, valyutaga oid munosabatlar va 
valyuta qonunchiligi asoslari. 
Valyuta munosabatlari deganda ko‘pincha chet el davlati pul birligi 
sanaluvchi boylikka nisbatan bo‘lgan xuquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazish yoki 
qo‘lga kiritish yuzasidan shaxslar o‘rtasida yuz beradigan ijtimoiy aloqalar 
tushuniladi. Valyutaga oid munosabatlarni tartibga solishning xuquqiy asoslari 
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda 2019 yil 15 noyabrda qabul qilingan 
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi, “Markaziy bank to’g’risida”gi qonunlari, 
2019 yil 7 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida”gi
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Hukumat 
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilinadigan 
idoraviy me’yoriy xujjatlarda belgilab qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi 
Qonuniga ko‘ra: “Chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar, chet 
el valyutasidagi to‘lov xujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari 
hisoblanadi”. 
Tashqi iqtisodiy munosabatlarni keng rivojlanishi, tovarlar, ishlar, xizmatlar 
eksporti va importini avj olishi, mamlakatlararo iqtisodiy-ijtimoiy, ilmiy-
texnikaviy, madaniy, siyosiy aloqalarni kuchayib borayotganligi tufayli xalqaro 
hisob-kitoblar kengayishiga ham sabab bo‘lmoqda. Bunday xalqaro hisob-kitoblar 
odatda xorijiy valyuta birliklarida amalga oshiriladi. Mamlakat iqtisodiy va siyosiy 
xavfsizligini ta’minlash, ichki bozorni va milliy tovar ishlab chiqaruvchilar 
manfaatlarini muhofaza qilish, pul muomalasi barqarorligini saqlab turish 
maqsadlarida chet el valyutasi bilan amalga oshiriladigan hisob-kitob va boshqa 
opersiyalarni maxsus tartibga solish, uni davlat nazorati ostida saqlash zarurati 
yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi valyuta qonunchiligi tizimi hamda uning 


303 
vositasida amalga oshiriladigan valyuta nazorati yuqoridagi vazifalarni bajarishga 
xizmat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi xududida valyutani tartibga soluvchi organ bo‘lib 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki hisoblanadi. 
Valyutani tartibga soluvchi organ o‘ziga berilgan vakolatlarga muvofiq chet el 
valyutasi va chet el valyutasidagi to‘lov xujjatlari muomalasi tartibini, milliy 
valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash mexanizmini, chet el 
valyutasidagi hisobvarag‘larni ochish tartibini, rezident yuridik shaxslar tomonidan 
xorijda xisobvarag‘lar ochish tartibini, chet el valyutasini sotib olish va sotish 
tartibini belgilab beradi. 
Vakolatli banklarga chet el valyutasida bank operatsiyalarini amalga oshirish 
uchun litsenziya berishning umumiy qoidalarini belgilash ham, bu soxadagi bank 
faoliyatini nazorat qilish ham valyutani tartibga solishga oid faoliyatidan iboratdir. 
Valyutani tartibga soluvchi organ o‘z vakolatlari doirasida boshqa turdagi 
faoliyatlarni ham amalga oshiradi. 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling