O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Investitsiya kompaniyasi sifatidagi faoliyat


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

1. Investitsiya kompaniyasi sifatidagi faoliyat. Investitsiya kompaniyasi 
hisoblanuvchi tijorat banki:
- qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni kafolatlash yuzasidan;
- qimmatli qog‘ozlarga mablag‘ sarflash;
- qimmatli qog‘ozlarni diller sifatida savdo – sotiq qilish bo‘yicha 
ixtisoslashgan korxona hisoblanadi. 
Bank mijoz uchun qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan shug‘ullanganda 
vositachi sifatida quydagicha harakat qiladi: 
1- bosqich – emissiyaga tayorgarlik ko‘rish;
2- bosqich – qimmatli qog‘ozlar emitentdan qabul qilib yoki sotib olish; 
3 – bosqich – qimmatli qog‘ozlarni investorlar orasida joylashtirish. 
II. Trast operatsiyalari. O‘zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksining 
849-moddasiga ko‘ra «mol mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bo‘yicha bir 
taraf (boshfaruvchining muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol 
– mulkni muayyan muddatga ishonchli boshqaruvchiga toshiradi. Ikkinchi taraf esa 
Ushbu mol – mulkni boshqaruvchining muassisi yoki u ko‘rsatgan shaxs (foyda 
oluvchi) manfatlarini ko‘zlab boshqarish majburiyatini oladi.
Mol –mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol – mulkka mulk 
huquqining ishonchi boshqaruvchiga olib berilmaydi».
Trast o‘z ichiga mijozning qimmatli qog‘ozlar protfeli yoki uning bir qismini 
boshqarish, aksiyalar, veksellar, davlat qimmatli qog‘ozlari va boshqalarni olishi 
mumkin. Ishonchli boshqaruvchi (trassant)ning mustaqilligi darajasiga ko‘ra to‘la 
vakillik va agent sifatidagi vakillik o‘zaro farqlanadi. 


299 
To‘la vakillikda bank o‘z mijozi nomidan va undan oldindan rozilik olmasdan 
har qanday operatsiyalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. 
Agent vazifasini bajarganda esa har bir harakat oldindan trassant bilan 
kelishib olinishi talab etiladi. Ishonchli boshqarish bilan bog‘liq holdagi bank va 
uning mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari «Banklar va 
bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 849 – 861- modalarida belgilab qo‘yilgan.

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling