O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
«Bank omonati shartnomasi bo‘yicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
«Bank omonati shartnomasi bo‘yicha birinchi tarafdan (omonatchidan) qabul
qilib olgan yoki uning nomiga kelgan pul summasini (omonatni qabul qilib olgan ikkinchi taraf bank) shartnomada nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda omonat summasini qaytarish va unga foizlar to‘lash majburiyatini oladi». Bank omonati shartnomasi omonatlarni jalb etish bilan bog‘liq bank operatsiyalarini amalga oshirish vakolatini olgan banklar va boshqa kredit muassasalari bilan omonatchi jismoniy va yuridak shaxslar o‘rtasida tuzilishi mumkin. qonunda belgilanganidek, omonatchining pul mablag‘i bankka kelib tushgan yoki topshirilgan kundan boshlab bank omonati shartnomasi tuzilgan xisoblanadi. Bank omonati shartnomada maxsus ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lsa, talab qilib olingunicha qo‘yilgan omonatlarga to‘lanadigan foizlar miqdori bank tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Bank foizlari kamaytirilgan taqdirda, bu bank foizlarni kamaytirishi to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin qo‘yilgan omonatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Undan avval qo‘yilgan omonatlarga nisbatan esa shartnomada boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa omonatchi bu haqda yozma xabardor qilinganidan keyin bir oy o‘tgach qo‘llanilishi mumkin. Muddatli omonatlar uchun to‘lanadigan foiz haqlar shartnomada bu haqda maxsus ko‘rsatib 208 qo‘yilgan hollardan tashqari bank tomonidan bir tomonlama pasaytarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank qabul qilib olgan omonatning qaytarilishini ta’minlashi shart. Ushbu kafolatni amalga oshirilish vositalari va usullari qonunlar bilan hamda bank omonati shartnomasida nazarda tutiladi. Bank tomonidan omonatga qaytarilishi ta’minlanmagan ta’minotni yo‘qotgan yoki yomonlashtirilgan bank omonatiga tegishli foizlar to‘lashdan tashqari omonatchi ko‘rgan barcha zararlarni qoplab berishi shart. qonunda uchinchi shaxs foydasiga omonat qo‘yilish mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lib, tegishli pul bankka kelib tushgan paytdan boshlab u omonatchi huquqlariga ega bo‘ladi. Bank yoki boshqa kredit muassasasining aholidan va yuridik shahslardan omonat qabul qilishga haqli ekanligi ushbu muassasaga O‘zbekiston Resnublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda berishni maxsus ruxsatnoma (litsenziya)da ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Ana shunday maxsus ruxsat (litsenziya) olmagani holda fuqarolardan omonat qabul qilgan bank yoki boshqa shaxs omonatni darhol qaytarib berishi, shuningdek, o‘zining ana shunday g‘ayriqonuniy harakati tufayli etkazilgan zarar o‘rnini to‘la qoplab bsrishi lozim. Bunday zarar jumlasiga o‘z mablag‘ini ishonib topshirgan fuqaro ololmay, qolgan daromad va foyda summalari, unga etkazilgan ma’naviy zararlar kiritilishi mumkin. Tegishli ruxsat (litsenziya)siz yuridik shaxslar mablag‘i omonatga qabul qilinganda bunday shartnomalarning belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilishiga va aybdorga fuuqarolik kodeksining 327 - moddasida ko‘zda tutilgan javobgarlik qoidalari qullanilishi mumkin. Ushbu moddaga ko‘ra, boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy jamg‘arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar summasiga foiz to‘lanishi kerak. 209 Foiz miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs bo‘lganida esa, uning joylashgan erida pul majburiyati yoki uning tegishli qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan bank foizlarining hisob stavkasi bilan belgilanadi. qarz sud tartibida undirilganida esa kreditorning xohishiga ko‘ra qarz berilgan kundagi yoki sud qarori chiqarilgan kundagi bank foizining hisob-stavkasiga qarab undirib berilishi mumkin. Bank omonati shartnomasi odatda yozma shaklda har ikkala tomon imzolaydigan maxsus hujjat tarzida tuzilishi va rasmiylashtirilishi lozim. Biroq qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qo‘llaniladigan ish muomalasi odatda ko‘zda tutilgan hollarda shartnomaga xos xususiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi boshqa hujjatlar tuzilganligi va omonat qo‘yuvchiga berilganligi ham bank omonati shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi fakt hisoblanishi va shartnoma tuzilganidagi huquqiy oqibatlarni yuzaga keltirish mumkin. Ana shunday xujjatlar qatoriga omonat daftarchasi, jamg‘arma (depozit) sertifikati yoki boshqa hujjatlar kiritilishi mumkin. Amaldagi fuqarolik va bank qonunchiligi jismoniy shaxslarning ham, yuridik shaxslarning ham pul mablag‘larini omonatga jalb etish mumkinligini belgilaydi hamda jismoniy shaxslar pul mablag‘larini jalb etishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab qo‘yadi. Bu xususiyatlar fuqarolar omonatlarini himoyalashning maxsus, qushimcha choralari belgilanganligi bilan ajralib turadi. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunda o‘zbek so‘mida ham, chet el valyutasida ham omonatlar qo‘yilishi yoki qabul qilinishi mumkinligi nazarda tutiladi. Bank omonati shartnomasi fuqarolik huquqiy belgilariga ko‘ra bir tomonlama, real hamda xaq barobariga tuziladigan shartnomalardan sanaladi. Omonatchi jismoniy shaxslar o‘z pul mablag‘larini saqlashlik uchun cheklanmagan miqdorda omonat hisoblariga ega bo‘lishlari mumkin. «O‘zbekiston Respublikasi banklarda ochiladigan bank xisob raqamlari to‘g‘risidagi yo‘riqnoma»da belgilab qo‘yilgan. 210 Fuqarolik kodeksining 759-moddasida fuqaro omonatchi bo‘lgan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma bo‘lib hnsoblanib, ommaviy shartnomaga xos xususiyatlar fuqarolik (kodeksining 358-moddasida sanab k.o‘rsatilgan va unga muvofiq jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish xuquqi berilgan bank uni murojaat qiluvchi har qanday fuqarolardan pullarni omonatga qabul qilishi lozim bo‘ladi. Bunda bank qonunda bevosita ko‘rsatib qo‘yilgan hollardan tashqari kimgadir afzallik berishga, kimningdir huquqlarini cheklashga haqli bo‘lmaydi, barcha shaxslar bilan bir xil shartlarda shartnoma tuzishi kerak bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan banq omonati shartnomasi tuzish paytida har ikkala tomon uchun majburiy bo‘lgan qoidalar ishlab chiqilishi va joriy etilishi mumkin. qonun talablariga va mazkur majburiy qoidalarga zid keluvchi shartnomalar o‘z-o‘zidan xaqiqiy sanalmaydigan bitimlar bo‘lib hisoblanadi. Bank omonatining turlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiniyag 762-moddasida ko‘rsatilgan bo‘lib, unda omonat talab qilinishi bilanoq berilishi (talab qilinguncha saqlanadigan omonat bo‘lsa) lozim bo‘lgan hamda omonatni shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin qaytarish (muddatli omonat bo‘lsa) lozim bo‘ladigan omonatlarga bo‘linadi. Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling