206
- rasm. Aholi omonotlari dinamikasi va uning valyuta tarkibi
69
SHu bilan birga, xorijiy valyutadagi omonatlar qoldig‘i 2% ga oshgan bo‘lsada,
ularning jami omonatlardagi ulushi 47% dan 39% gacha kamaydi.
Omonatchilarga bank muassasalariga qo‘yilgan omonatlarni o‘z vaqtida
qaytarilishini ta’minlash, aholining bank tizimlariga
ishonchini yanada ortishida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi «Bankdagi depozit
hisobvaraqlardan
naqd
pul
to‘lovlarini uzluksiz ta’minlash kafolatlari
to‘g‘risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
2-§. Omonat saqlash va uning xuquqiy asoslari. Omonat shartnomasi hamda
uning mazmuni.
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati go‘g‘risida»gi
qonunida omonatlarni jalb etish, qreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi
sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobidan kreditlar berish
banklar tomonidan amalga oshiriladigan bank operatsiyalarning
asosiy turlaridan
hisoblanadn. Har ikkala operatsiya ham mamlakatdagi pul mablag‘lari bilan
bog‘liq iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, pul resurslaridan ayrim fuqarolar, ho‘jalik
yurituvchi sub’ektlar hamda davlat va jamiyat manfaatlarida oqilona, eng ko‘p
foyda berishni mo‘ljallagan holda foydalanish maqsadlariga xizmat qiladi.
Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini yirik investnsiya loyihalarini ro‘yobga
chiqarilishiga
yo‘naltirish yo‘li bilan mamlakat
iqtisodiy taraqqiyotiga
ko‘maklashishga xizmat qiladi. Ushbu bank operatsiyalari pul mablag‘larini
jamlashga va maqsadga muvofiq taqsimlashga qaratilgan yagona nqtisodiy
jarayonning bosqichlari sifatida baholanishi mumkin.
Amaldagi umumfuqarolik va bank qonunchiligi ushbu iqgisodiy jarayon
ishtirokchilari bo‘lgan omonat qo‘yuvchi shaxslar, bank-kredit muassasalari hamda
bank krediti iste’molchilari bo‘lmish jismoniy
va yuridik shaxslar hukuqlarya,
qonuniy manfaatlarini qo‘riqlash, bu huquqlar buzilgan taqdirda esa ularni qayta
69
Finance.uz. rasmiy sayti malumotlari.
207
tiklashga qaratilgan aniq vositalarni ko‘zda tutadi, kafolatlarni belgilab qo‘yadi.
Bunday huquqiy vositalarning eng asosiylaridan biri, bu bank omonati va bank krediti
shartnomalari bo‘lib, ular himoyalash vositalari bo‘lishdan tashqari omonat va
kreditga oid munosabatlarni
huquqiy tartibga solish, bu munosabatlar
ishtirokchilarining o‘zaro huquq va majburiyatlari,
avobgarliklarini belgilash
vositasi bo‘lib, ular o‘rtasida ana shu yo‘nalishdagi munosabatlar kengayishini
tasdiqlovchi rasmiy guvohnoma — hujjat vazifasini ham bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksning 759-moddasiga muvofiq
Do'stlaringiz bilan baham: