O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev
Download 3.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII BOB. Kredit munosabatlarini muvofiqlashtirishning huquqiy asoslari 1-§. Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ular o‘rtasida shartnomalarning zarurligi
Tayanch so‘zlar: omonot, depozit, omonot shartnomasi, omonotnt kafolatlash,
kafolat, Fond, bank siri, fond majburiyatlari, bank haqi, agent Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar: 1. Bank omonati va kreditining io‘tisodiЄtdagi o‘rnini tushintirib bering. 2. Bank omonati tushunchasini ayting. 3. Omonat sao‘lashning huo‘uo‘iy asoslari o‘aysi o‘onunda berilgan. 4. Omonat shartnomasi tushunchasi va mazmunini aytib bering. 5. Omonat shartnomasi munosabatlari sub’ektlari kimlar bo‘lishi mumkin? 6. Bank omonati operatsiyasini o‘ziga xos xususiyatlari nimada? 214 7. YUridik shaxslar tomonidan depozit xisob varao‘lari va mablaYOlarini sao‘lash tartiblari o‘aysi o‘onun xujjatida o‘ayd etilgan? 8. Fuo‘arolar omonatchi bo‘lgan bank omonati shartnomasi o‘anday xarakterdagi shartnoma hisoblanadi? 9. Omonat shartnomasiga ko‘ra tomonlar xuo‘uo‘ va burchlari o‘anday? 244 VIII BOB. Kredit munosabatlarini muvofiqlashtirishning huquqiy asoslari 1-§. Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ular o‘rtasida shartnomalarning zarurligi Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning asosiy turi bo‘lib, bank krediti, ya’ni tijorat banklari tomonidan beriladigan har xil turdagi va ko‘rinishdagi kreditlar hisoblanadi. Kredit munosabatlari yuzaga kelishi uchun uning obyektlari va subyektlari bo‘lishi lozim. Kreditlarning turiga qarab kredit munosabatlarining ishtirokchilari, ya’ni kreditning obyekti yoki subyekti turli subyekt va obyektlar bo‘lishi mumkin. Bank krediti sohasidagi kredit munosabatlarining subyekti bo‘lib banklar xo‘jalik subyektlari, aholi, davlat va boshqa subyektlar hisoblanishi mumkin. Ma’lumki, kreditlash jarayonida, bir tomondan, kredit beruvchi va ikkinchi, tomondan, qarz oluvchi o‘rtasida kredit munosabatlari yuzaga keladi. Kreditorlar bo‘lib, o‘zining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar. Qarz oluvchi – o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni vaqtincha ishlatib, uni belgilangan muddatda qaytarib berish va u bo‘yicha foiz to‘lash majburiyatini oluvchi tomondir. Bank kreditiga kelsak, kredit munosabatlarining subyektlari bo‘lib, albatta, kredit beruvchi bank va turli yuridik va jismoniy shaxslar esa qarzdor bo‘lib hisoblanadilar. Kreditning bu turi asosan banklarning jalb qilingan mablag‘lar bilan ishlashiga bog‘liq. O‘zida jalb qilingan mablag‘larni ehtiyoji borlarga pul mablag‘larini qayta taqsimlash orqali banklar kreditor sifatida faoliyat ko‘rsatadi. XX asrning 80-yillarida iqtisodiyotda qayta qurish jarayonlarining boshlanishiga qadar sobiq ittifoqda bank kreditini qarzga oluvchi bo‘lib asosan xo‘jalik yurituvchi korxona va tashkilotlar qatnashganlar, ammo xo‘jalik organlari va banklar orasida bank krediti sohasidagi amalga oshirilgan munosabatlar aksariyat hollarda bir xil turdagi davlat mulkchiligiga asoslangan subyektlar o‘rtasida bo‘lgan. 245 Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi va bozor munosabatlarining shakllanishi bilan O‘zbekistonda kredit munosabatlari subyektlarining mavqeyi o‘zgardi. Bu vaziyat mulkchilik munosabatlarining chuqur o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Bank sohasidagi mulkchilik munosabatlari qo‘shimcha ravishda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidaˮgi qonun bilan tartibga solina boshlandi. Ishlab chiqarishni dekonsentratsiyalash va mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini joriy qilish, iqtisodiyotni demonopolizatsiyalash O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar asosida to‘g‘ri amalga oshirilishi: birinchidan – xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa banklar sonining tez ko‘payishiga; ikkinchidan – ularning ko‘pchiligida egalik qilayotgan davlat mulkchilik shaklini turli xil mulkchilik shakllariga o‘zgartirilishiga olib keldi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida xususiy, davlat, jamoa va kollektiv mulkchiligiga asoslangan korxona va tashkilotlar tuzilishi hamda faoliyat ko‘rsatishiga, aralash mulkchilikka asoslangan korxonalarning tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishiga huquqiy asos yaratildi. Ayniqsa, hukumat tomonidan xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag‘batlantirish, aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish, ularni xususiylashtirish va faoliyatini erkinlashtirish borasida qonunlar va qator me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi kredit munosabatlari subyektlari ko‘lamining oshib borishini jadallash-tirmoqda. Kreditlash obyekti – bu qarzga olingan summa va uning qaysi obyekt- tovar-moddiy boyliklar, xarajatlar va hokazolarga yo‘naltirilganligini anglatadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kreditlash tarkibini quyidagicha tasvirlash mumkin: Download 3.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling