O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva, M. Yuldashev


Download 3.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/161
Sana17.11.2023
Hajmi3.11 Mb.
#1782418
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161
Bog'liq
Ш.Абдуллаева Б.Ҳ ох

Tayanch so‘zlar: legallashtirish, jinoiy faoliyat, terrorizm, axborot maxfiyligi, 
yashirin faoliyat, offshor, offshor hudud, moliyalashtirish, operatsiyalarni to‘xtatib 
turish 
Mavzuni o‘rganish bo‘yicha nazorat savollar:
1.Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar deganda nimani tushunasiz? 
2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish deganda nimani 
tushunasiz


231 
3.Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tushuntiring 
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish sohasida xalqaro 
hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
5. Operatsiyalarni to‘xtatib turish deganda nimani tushunasiz? 


203 
VII BOB. Aholi omonatlari va ular bo‘yicha bank-fondlarning 
majburiyatlari va kafolatlari: mahalliy va xorijiy amaliyot
1-§.Aholi omonat va kredit munosabatlari tushunchasi hamda ularning 
iqtisodiyotdagi o‘rni. 
Mamlakatda pul muomalasini tartibga solinishi va muomaladagi naqd pul 
massasini talablar darajasiga to‘la mos kelishini ta’minlash, pul qadrsizlanishi 
jarayonlarini to‘xtatib turish, yuridik va jismoniy shaxslar vaqtincha bo‘sh turgan 
pul mablag‘larini bankka jalb etish va ularni iqtisodiy taraqqiyot maqsadlari uchun 
investitsiya qilinishini ta’minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning naqd pul 
summalariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish-tijorat banklari oldida turgan muhim 
vazifalardan sanaladi. 
O‘zbekiston Respublikasida pul-kredit siyosati ishlab chiqilishi hamda 
ro‘yobga chiqarilishi chog‘ida tijorat banklari imkoniyatlaridan to‘liqroq 
foydalanish va ularning mamlakatimizdagi moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, 
iqtisodiyotni 
yanada 
rivojlantirish, 
aholi 
moddiy-turmush 
sharoitlarini 
yuksaltirishga samarali ta’sirini ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlar ko‘rilmoqda. 
Mamlakatimizda samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish, moliyaviy 
barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni zarur mablag‘lar bilan 
ta’minlash, milliy valyutamiz – so‘mning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan 
qadr-qimmatini bir maromda saqlab turish, aholining talab-ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qiluvchi muhim iqtisodiy mexanizmlardan bo‘lib – yuridik va 
jismoniy shaxslar bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatiga jalb qilish hamda 
mazkur jalb qilingan mablag‘lardan iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarida 
omilkorlik bilan foydalanish – ularni kreditlar shaklida berish yo‘li bilan xalq 
xo‘jaligini sarmoyalash hisoblanadi. 
Bank omonatlari va bank krediti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlarning xuquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
(XXV bob, 122-124 moddalar), O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida 41-
bob, 
(732-748 
moddalar); 
43-bob 
(759-770 
moddalar); 
«O‘zbekiston 


204 
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonun, «Banklar va bank faoliyati 
to‘g‘risida»gi qonuni, «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash 
kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Kredit uyushmalari to‘g‘risida»gi va boshqa 
qonunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Hukumat qarorlari 
hamda idoraviy normativ-xuquqiy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan. 
Muddatli yoki muddatsiz qo‘yilgan omonatlar omonatchi tomonidan yoki 
boshqa uchinchi shaxslar tomonidan umumiy qoidaga ko‘ra shartnomada ko‘zda 
tutilgan hollarda naqd pul topshirish yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘ldirilishi mumkin. 
SHuningdek, omonatga qo‘yilgan mablag‘lar omonatchining talabi bilan istagan 
paytda qaytarilmog‘i shart. Bunda muddatli omonatlar belgilangan muddatidan 
avval qaytarib olinganida ularga talab qilib olinadigan omonatlar uchun 
belgilangan stavkalarda pasaytirilgan foizlar to‘lanishi ko‘zda tutilgan. 
Muddatli yoki muayyan shart nazarda tutuvchi omonat muddati tamom bo‘lgach 
yoki belgilangan shart yuz berganidan keyin ham qaytarib olinmaganligi bunday 
omonatni talab qilib olinadigan (oddiy) omonatga aylanishiga sabab bo‘ladi. 
Omonat shartnomasida boshqacha hol nazarda tutilishi mumkin. Omonatchi vafot 
etgan hollarda omonatni kaytarib olish yoki qaysi rasmiylashtirish masalalari 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksnning 1150-moddasida belgilangan 
tartibda hal etiladi. qo‘yilgan barcha omonatlarga bank tomonidan bank omonati 
shartnomasida nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘laydi. 
Omonat 
qo‘yilganligini 
tasdiqlovchi 
asosiy 
hujjatlar 
omonat 
dafgarchasi 
va 
omonat 
(depozit) 
sertifikati 
bo‘lib, 
ularning asosiy belgilari va hususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik 
kodeksining 769-770-moddalarida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan ishlab chiqilgan va joriy etilgan me’yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan. 
Fuqarolarning tijorat banklari va boshqa kredit muassasalariga qo‘yilgan 
omonatlari o‘z vaqtida qaytarilishini hamda ularning ishonchli tarzda muhofaza 
qilinishini ta’minlashga qaratilgan xuquqiy bazani yanada mustahkamlash va 
takomillashtirish yuzasidan keyingi yillarda muhim tadbirlar amalga oshirildi. 


205 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Bank siri to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning 
banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi va boshqa 
qonunlarning qabul qilinishi bank muassasalarida saqlanayotgan fuqarolar 
omonatlari uchun zarur xuquqiy kafolat yaratdi va bank muassasalariga bo‘lgan 
ishonchni ortishiga, banklardagi omonat qo‘yilmalari hajmini ortishiga sabab 
bo‘ldi. Xususan, 2018 yilda banklardagi aholi omonatlari hajmi 21.2% ga 

Download 3.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling