230
bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida
xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish
tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan
davlatlar va hududlar
hisoblanadi.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilganda, tijorat banklari mijoz bilan ish
munosabatlariga kirishish to‘g‘risidagi qarorni o‘z tavakkalchiliklaridan kelib
chiqib, mustaqil ravishda qabul qiladi. Bunda bank hisobvarag‘i shartnoma
ofertasida mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar tijorat
banklari tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi ko‘rsatilishi lozim.
Mijozlar va operatsiyalar bo‘yicha tavakkalchiliklarni o‘rganish, tahlil qilish,
aniqlash, baholash,
monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish
bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish tartibi tijorat bankining
ichki qoidalari bilan
belgilanadi. O‘zbekiston banklari faoliyatida depozitlarni jalb qilish, ularga
monand kredit operatsiyalarini tashkil etish, valyuta va hisob operatsiyalari, kadrlar
siyosati,
hujjatlar saqlanishi, muammoli kreditlar, ularning sabablari,zarur
zaxiralarning shakllantirilishi va boshqa qator masalalar
bank ichki nazoratinin
obekti bo‘lib bu yo‘nalishlarda bank ichki nazoratini yanada takomillashtirish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: