O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sug‘urta fakulteti


 Sug‘urta tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarni boshqarish


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana14.05.2020
Hajmi0.75 Mb.
#105920
1   2   3   4   5
Bog'liq
sugurta kompaniyasida moliyaviy menejmentning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari


2.2 Sug‘urta tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarni boshqarish  

 


 

30 


Sug‘urta  tashkilotlari  o‘rtasida  bo‘ladigan,  shuningdek,  kredit  tashkilotlari 

va  nazorat  tashkilotlari  o‘rtasidagi  hisob-kitoblarda    to‘lovlar  bo‘yicha 

kechiktirilgan vaqt bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari paydo bo‘ladi. Bunda  

sug‘urta  tashkiloti  tomonidan  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  majburiyatlar  kreditorlik 

majburiyatlari,  olinishi  lozim  bo‘lgan  majburiyatlar  esa  debitorlik  majburiyatlar 

hisoblanadi.  Qarshi  tomonga  to‘lanishi  lozim  bo‘lgan  majburiyatlar  kreditorlik 

majburiyatlari  hisoblansa,  qarshi  tomondan  olinishi  lozim  bo‘lgan  majburiyatlar 

debitorlik majburiyatlari deyiladi. 

 

Debitorlik  va  kreditorlik  qarzlarining  to‘lov  muddatining  o‘tib  ketishi 



sug‘urta  tashkilotlari  moliyaviy  ahvoliga  katta  tasir  o‘tkazadi.  SHu  maqsadda 

sug‘urta  tashkilotlari    faoliyatini    yuritishda    debitorlik  va  kreditorlik 

majburiyatlarini to‘g‘ri boshqarish masalasiga alohida axamiyat beriladi. 

 

Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarining oldini olish  davlat tomonidan 



nazorat  qilinadi.  Sug‘urta  tashkilotlari  va  sug‘urta  qildiruvchilar  o‘rtasida 

bo‘ladigan  o‘zaro  munosabatlarda    majburiyatlarni  tartiblash  asosida  sug‘urta 

tashkilotlarining moliyaviy barqarorligi, davlat pul-kredit siyosatini tartibga solish 

amalga oshiriladi. 

 

Sug‘urta tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini samarali 



bosharishda tahlil muhim ahamiyatga ega. Tahlil etishda sug‘urta tashkilotlarining  

muayyan  davrga  bo‘lgan  o‘zaro  debitorlik  va  kreditorlik  majburiyatlarining 

holatiga,  tarkibiga,    tashkil  topish  muddatlariga,  yuzaga  chiqish  sababalariga, 

debitorlik  va  kreditorlik  majburiyatlarning  to‘lanuvchanligiga,  debitorlik  va 

kreditorlik  majburiyatlari  bo‘yicha  dargumon  qarzlarning  yuzaga  chiqishiga  baho 

beriladi. 

 

Debitorlik  va  kreditorlik  majburiyatlarini  boshqarishning  asosiy  maqsadi 



debitorlik  va  kreditorlik  majburiyatlarining  aylanish  davrini  tezlashtirish  asosida 

sug‘urta  tashkiloti  moliyaviy  holatini  yaxshilash  yuzasidan  holatni  baxolash  va 

chora tadbirlar, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishdan iborat. 

Bu  majburiyatlar  sug‘urta  tashkiloti  bilan  sug‘urta  qildiruvchilar  yoki  naf 

oluvchilar  o‘rtasidagi  munosabatlarda,  sug‘urta  tashkiloti  bilan  bank  tashkilotlar 


 

31 


o‘rtasida,  sug‘urta  tashkiloti  bilan  solio‘  organlari  o‘rtasidagi,  sug‘urta  tashkiloti 

bilan  ijtimoiy  ta’minot  bo‘limlari  va  turli  jamoat  tashkilotlari,  shuningdek 

xodimlar, mulk egalari, aksionerlar va investorlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda 

yuza keladi. Ularning yuzaga kelishining asosiy sababi hisob-kitoblarda  vaqtning 

o‘zgaruvchanligidir.  

Sug‘urta  tashkilotlarida  debitorlik  hamda  kreditorlik  majburiyatlarining 

yuzaga kelishi bo‘yicha quyidagi sabablarini ko‘rsatishimiz mumkin: 

- o‘zaro hisob-kitoblarda tamonlarning to‘lov layoqatiga ega emasligi; 

- sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda hisob-kitoblarning o‘z vaqtida emasligi; 

- mulk va unga egalik qilishda mas’ullik hissining yo‘qligi; 

- o‘zaro shartnomaviy munosabatlarning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi; 

- xodimlar va investorlar bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasidagi munosabatlarda qat’iy  

shartlarning yo‘qligi; 

-  sug‘urta  tashkilotlari  bilan  sug‘urta  tashkilotlari  o‘rtasidagi    muno-

sabatlarda  qat’iy  davlat  qonunchilik  mexanizmining  mavjud  emasligi  va  boshqa 

sabablarni kiritish mumkin. 

Sug‘urta  tashkilotida  debitorlik  va  kreditorlik  majburiyatlarining  yuzaga 

kelishining  asosiy  sababi  hisob-kitoblarda  to‘lovlar  muddatining  yoki  sanasining 

turli hisobot davriga to‘g‘ri kelishidir.  

Debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo‘yicha hisobot, ma’lumotnoma har 

oyning 1- sanasiga tuziladi va tegishli tashkilotlarga topshiriladi. 

Debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari  sug‘urta  tashkiloti    tuzadigan  moliyaviy  

hisoboti  tarkibidagi  2a-shakl  «Debitorlik  va  kreditorlik    qarzlar    haqida 

ma’lumotnoma»da ham aks ettiriladi.  

Debitorlik  va  kreditorlik  qarzlari  balansi  ular  orasidagi  o‘zaro  tengilik 

nisbatini 

xarakterlaydi. 

Bunda 


debitorlik 

majburiyatlarining 

kreditorlik 

majburiyatlaridan ortib ketishi yoki aksincha holatlari ifodalanadi. 

Debitorlik qarzlar tarkibi  quyidagi jadvalda keltirilgan. 


 

32 


 

 

 



 

 

 



 

 

Jadval 



 

Sug‘urta tashkilotlarining debitorlik qarzlari  



T/r 

Debitorlar 

Hisob raqami 

Balansdagi satr 

xaridorlar va 

buyurtmachilar qarzi   

4000-schet 

220-satr 

ajratilgan 

bo‘linmalarning qarzi 

4110-schet 

230-satr 

sho‘‘ba  va qaram 

xo‘jaliklar qarzi   

4120-schet 

240-satr 

berilgan bo‘naklar 

4200, 4300, 4400, 

4500-schetlar 

250-280-satrlar 

ta’sischilarning ustav 

kapitaliga ulushlari 

bo‘yicha qarzi 

4600-  schet 

290-satr 



xodimlarning boshqa 

operatsiyalar bo‘yicha 

qarzi 


4700-schet 

300-satr 



 

Sug‘urta  tashkilotlarining  kreditorlik  qarzlari  tarkibi    quyidagi  jadvalda 

keltirilgan. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Jadval 

 

Sug‘urta tashkilotlarining kreditorlik  qarzlari  



T/r 

Debitorlar 

Hisob raqami 

Balansdagi satr 

mol  etkazib beruvchilar va 

pudratchilarga qarz   

- 6000-schet 

610-satr 

- ajratilgan  bo‘linmalarga 

qarz 

6110-schet 

620-satr 

sho‘‘ba va o‘aram xo‘jalik 

jamiyatlarga qarz 

6120-schet 

630-satr 


 

33 


kechiktirilgan daromadlar  - 6210, 6220, 6230-schetlar 

640-satr 

soliq  va majburiy  to‘lovlar 

bo‘yicha kechiktirilgan  

majbu-riyatlar  

6240-schet 

650-satr 



byudjetga to‘lovlar bo‘yicha 

qarz 

6400-schet 



 680-satr 

sug‘urtalar  bo‘yicha qarz   6510-schet 

 690-satr 

maqsadli davlat 

jamg‘armalariga qarz 

6520-schet 

700-satr 

ta’sischilarga bo‘lgan qarz  6600-schet,  

710-satr 

10 

mehnatga haq to‘lash 

bo‘yicha qarz  

6700-schet,  

720-satr 

11 

Boshqa qarzlar 

 

 

 



Sug‘urta  tashkilotlarida  muddati  o‘tkazib  yuborilgan  majburiyatlarning 

yuzaga chiqish sabablariga quyidagilar kiradi: 

- sug‘urta tashkilotining moliyaviy holatining nosog‘lomligi; 

- sug‘urta tashkilotining to‘lov layoqatiga ega emasligi; 

- likvid mablag‘larning aylanuvchanligi uzoqligi;                    

- shartnoma majburiyatlariga va to‘lov shartlariga amal etmaslik; 

-  xo‘jalik  shartnomalarining  buzilishidan  ko‘riladigan  zararlarning  to‘g‘ri 

o‘rganilmasligi); 

- hisob-kitoblarda zamonaviy hisob shakllariga yo‘l berilmaganligi (fyuchers, fors-

major, veksel, kimmatli kagozlar, barter operatsiyalari). 

Debitorlik-kreditorlik majburiyatlarining undirib olish muddati 3 oy qilib eki 

90  kalendar  kun  qilib  belgilangan.  Ushbu  muddatdan  so‘ng  debitorlik  va 

kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi xamda ularning holati bo‘yicha davlat 

qonunchiligiga  muvofiq  javobgarlik  shartlari  (ma’muriy  va  moliyaviy) 

belgilangan. 


 

34 


Debitorlik  va  kreditorlik  majburiyatlarini  hisobdan  chiqarish  muddati 

sifatida      huquqiy  shaxslar  o‘rtasida  1  yil,    sug‘urta  tashkiloti  bilan  jismoniy 

shaxslar  o‘rtasida  3  yil  muddat  belgilangan.  Ushbu  muddatda  tulanmagan  eki 

undirib  olinmagan  majburiyatlar,  qarzlar  sug‘urta  tashkiloti  foyda  va  zararlariga 

olib  boriladi.  Muddati  o‘tgan  debitorlik  va  kreditorlik  majburiyatlari  davlat 

tamonidan nazorat qatori sifatida  olingan. Muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik 

majburiyatlari sug‘urta tashkiloti foydasiga qo‘shiladi 

Muddati  o‘tgan  debitorlik  va  kreditorlik  majburiyatlarini  foyda  va  zararlar 

qatoriga  olib  borish  shartlari  davlat  hisob,  soliq  qonunchiligiga  muvofiq  qat’iy 

tartibga solinadi.  

Muddati  o‘tgan  va  to‘lash  muddati  kelgan  majburiyatlar  sug‘urta 

tashkilotlarida  alohida  hisobga  olinadi  va  boshqariladi.  Muddati  o‘tgan  debitorlik 

majburiyatlar 

debitorlik 

va 

kreditorlik 



majburiyatlari 

to‘g‘risidagi 

ma’lumotnomada alohida ko‘rsatiladi. Ularning Respublika ichkarisidagi sug‘urta 

tashkilotlari va respublikadan tashqaridagi sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida  muddati 

o‘tgan majburiyatlarga ajratish mumkin.  

Debitorlik  majburiyatlarining  hajmi,  tarkibi  hamda  vujudga  kelish  muddati 

bo‘yicha  o‘rganish asosida ularning holatiga, aylanuvchanlik darajasiga, debitorlik 

qarzlari bilan bog‘lik bo‘lgan moliyaviy holat ko‘rsatkichlariga baho beriladi.  

Kreditorlik  majburiyatlarining  tarkibini  o‘rganishda    qarzdor  bo‘lgan 

tomonlar  bo‘yicha    majburiyatlarning  guruhlanishi,  ularni  to‘lash  muddatlari 

bo‘yicha   baxo beriladi.  

Kreditorlik  qarzlarining  holatiga  ularning  aylanish  darajalarini  o‘rganish 

asosida to‘liq baho berish mumkin.  

 

2.3 Sug‘urta tashkilotlarining xarajatlarni boshqarish 

Bozor  iktisodiyotiga  utish  munosabati  bilan  sug‘urta    faoliyati  bilan 

shugullanayotgan  korxonalarni  ish  sifatini  oshirish,  mavjud  imkoniyatlardan 

okilona  foydalanish,  asosiy  fondlardan  foydalanish  samardorlik  darajasini  yanada 

oshirish,  mexnat  unumdorligini  xar  taraflama  ustirish,  moliyaviy  resurslarni 



 

35 


tejashni  kuchaytirish  asosiy  vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Buning  uchun  sug‘urta 

tashkilotlari  sug‘urta  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  sarf  qilinadigan  sarf 

xarajatlarni      optimallashtirish  talab  qilinadi.  Har-bir  sug‘urta  tashkiloti  sug‘urta 

faoliyatini  amalga  oshirishda  ichki  xujalik  imkoniyatlaridan  imkon  boricha 

yaxshirok foydalanishga, kamrok xarajat kilib yukori natijalarga erishishga aloxida 

e’tibor berish kerak. 

Sug‘urta  tashkilotlari  o‘z  foydasi  miqdorini  ko‘paytirishni  maqsadida  

ishlab  chiqaradigan  sug‘urta  mahsulotiga  imkoni  boricha  kam  ishlab  chiqarish 

omillari  sarf  etish  zarur.  Sug‘urta  tashkilotlari  sug‘urta  faoliyatini  amalga 

oshirishda    turli  xil  xarajatlari  amalga  oshiradi.  Qilingan  xarajatlar    bir  qancha 

guruhlarga ajratiladi. 

Sug‘urta tashkilotlarining xarajatlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

1.  Oldini  olish  chora-tadbirlarini    moliyalashtirish  zaxirasiga  qilinadigan 

ajratmalar; 

2. Qayta sug‘urtaga qabul qilingan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha to‘langan 

sug‘urta qoplamalari bo‘yicha xarajatlar; 

3. Qayta sug‘urtalash operatsiyalari bo‘yicha to‘langan komission mukofotlar 

va tantemalar xarajatlar; 

4.Sug‘urta  qildiruvchilarga  sug‘urta  hodisasi  yuz  berishi  munosabatlari  bilan 

amalga oshriluvchi  sug‘urta qoplamalari xarajatlari; 

5. Sug‘urta tashkilotlarining ish yuritish xarajatlari: 

- sug‘urta tashkiloti tomonidan  o‘z xodimlariga to‘lanadigan ish haqi; 

- sug‘urta  vositachilariga  xizmatlarini  ko‘rsatganlik  uchun  to‘langan 

komission haqlar; 

- sug‘urta agentlarining sug‘urta qildiruvchilar joylashgan manzilga borish va 

qaytish xarajatlari; 

- sug‘urta  tashkilotining  ma’muriy  boshqaruv  apparatini,  tashkilot  bo‘linma 

va filiallarini saqlash xarajatlari; 

-  sug‘urta tashkilotlarining moddiy texnik bazasini ta’minlash xarajatlari; 


 

36 


- sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga xizmat qiluvchi boshqa tashkilotlarga 

to‘lanadigan to‘lovlar; 

- sug‘urta polislari blanklari, kvitansiyalari, ariza, mulkni ko‘rikdan o‘tkazish, 

sug‘urta  hodisasining  yuz  berganligi  to‘g‘risida  dalolatnomalar  blanklarini 

tayyorlash  bilan bog‘liq kanselyar xarajatlar; 

- sug‘urta  tashkiloti  tomonidan  o‘zlarining  xodimlarini  xizmat  safariga 

yuborish  safar xarajatlari; 

- boshqa  sug‘urta  tashkilotlarining  vakillarini  kutib  olish,  ularga  xizmat 

ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar; 

-  sug‘urta  tashkilotlarining  ishchi-kadrlarni  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash 

bilan bog‘liq xarajatlar; 

- Sug‘urta tashkilotining sug‘urta mahsulotini va sug‘urta tashkilotining o‘zini 

reklama qilish  xarajatlari; 

-  Sug‘urta  tashkilotlariga  axborot  va  konsultativ  xizmatlarni  ko‘rsatish  bilan 

bog‘liq xarajatlar; 

- Sug‘urta  tashkilotlarining  yillik  balans  va  moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi 

hisobotlarni  chop ettirish xarajatlari; 

- asosiy  vositalarning  qayta  tiklanishi  uchun  qilanadigan  ammortizatsiya 

ajratmalari; 

- nomoddiy aktivlarning eskirishi bilan bog‘liq ammortizatsiya ajratmalari; 

- majburiy sug‘urta bo‘yicha qilinadigan xarajatlar; 

- sug‘urta  tashkilotlariga  tegishli  mol-mulkini  ixtiyoriy  sug‘urtalash  bilan 

bog‘liq xarajatlar; 

- olingan kreditlar bo‘yicha foizlarni to‘lash xarajatlar; 

- soliqlar    va  boshqa  majburiy    to‘lovlarni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq 

xarajatlar; 

- byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar. 

5.  Sug‘urtachining  moliyaviy  xo‘jalik  faoliyati  bilan  bog‘liq  boshqa 

xarajatlarga quyidagilar kirgadi: 


 

37 


- sug‘urta  zaxiralarini  investitsiya  ob’ektlariga  joylashtirishdan  olingan 

zararlar; 

- qayta sug‘urtalash mukofotlari bo‘yicha kompaniya tomonidan hisoblangan 

foizlar; 

- sud jarayonlari bilan bog‘liq xarajatlar; 

- dargumon bo‘lmagan debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarish; 

- oldingi hisobot davrida vujudga kelgan qarzlardan voz kechish xarajatlar; 

- asosiy va nomoddiy aktivlarni sotish va yo‘qotishdan olingan zararlar; 

- tabiiy ofatlar va boshqa hodisalar oqibatida etgan zararlar. 

Sug‘urta  tashkilotlarining  xarajatlari,  sug‘urta  xizmatlari  tannarxini  2005  yil 

18    oktyabrda  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida  davlat  ro‘yxatidan 

o‘tkazilgan  “Sug‘urta  tashkilotlari  tomonidan  xarajatlar  tarkibi  va  moliyaviy 

natijalarni  shakllantirishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  to‘g‘risidagi  Nizom”ga 

muvofiq shakllantiradilar va boshqarishda inobatga olinadi. 

Ushbu  Nizom  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  5 

fevraldagi  54-sonli  Qarori  asosida  tasdiqlangan  “Mahsulot  (ish,  xizmat)  larni 

ishlab  chiqarish  va  realizatsiya  qilish  bo‘yicha  xarajatlar  tarkibi  va  moliyaviy 

naijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida ishlab chiqilgan. 

Mazkur  nizomga  asosan  sug‘urta  xizmatining  tannarxiga  quyidagi  xarajatlar 

qo‘shimcha ravishda qo‘shilishi lozim: 

- sug‘urtalash  (birgalikda  sug‘urtalash)  shartnomalari  bo‘yicha  to‘langan 

sug‘urta qoplamalari summasi; 

- sug‘urta  hodisasi  keltiruvchi  zararlarni  bartaraf  etish    va  sug‘urta 

qoplamasini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar; 

- baxtsiz hodisalar, sug‘urtalangan mulkning shikastlanishi yoki zararlanishini 

oldini  olish  bilan bog‘liq  oldini olish chora-tadbirlarni  moliyalashtirish  zaxirasiga 

qilinadigan ajratmalar; 

- qayta 


sug‘urtalash  operatsiyalari  bo‘yicha  hisoblangan  komission 

mukofotlar va tantemalar. 



 

38 


Sug‘urta  tashkilotining  sug‘urta  xizmatlarini  sotishdan  tushgan  sof  tushumi 

quyidagi tartibda aniqlanadi: 

- sug‘urta  shartnomasi  bo‘yicha  kelib  tushgan    sug‘urta  mukofotlarning 

umumiy  summasidan  qayta  sug‘urtaga  berilgan  shartnomalar  bo‘yicha    to‘langan 

mukofotlar  miqdorini chegirilgan holda; 

- qayta  sug‘urtaga  qabul  qilingan  sug‘urta  shartnomalari  bo‘yicha  kelib 

tushgan mukofotlari summasi qo‘shiladi; 

- qayta  sug‘urtalovchining  ulushi  chegirilgan  holdagi  ishlab  topilmagan 

mukofotlar zaxirasining o‘zgarish natijasiga qarab ko‘paytirish ki kamaytirish; 

- qayta  sug‘urtalovchining  ulushi  chegirilgan  holdagi  xabar  qilingan,  lekin 

bartaraf etilmagan zararlar zaxirasining o‘zgarish natijasiga qarab ko‘paytirish yoki 

kamaytirish; 

- qayta  sug‘urtalovchining  ulushi  chegirilgan  holdagi  sodir  bo‘lgan,  lekin 

xabar  qilinmagan  zararlar  zaxirasining  o‘zgarish  natijasiga  qarab  oshirish  yoki 

kamaytirish; 

- qayta  sug‘urtalovchining  ulushi  chegirilgan  holdagi  hayot  sug‘urtasi 

bo‘yicha zaxiraning o‘zgarish natijasiga qarab ko‘paytirish yoki kamaytirish; 

- qayta  sug‘urtalovchining  ulushi  chegirilgan  holdagi  boshqa  texnik 

zaxiralarning o‘zgarish natijasiga qarab ko‘paytirish yoki kamaytirish; 

- sug‘urta  agenti,  brokeri,  vositachisi  xizmatlarini  ko‘rsatganlik  uchun 

komission va boshqa hisoblangan mukofotlar; 

- syurveyer,  avariya  komissari-adjaster  xizmatlarini  ko‘rsatganlik  uchun 

mukofotlar; 

- bevosita sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan boshqa daromadlar. 

Sug‘urta  tashkilotlarining    xarajatlarni  boshqarishni  tahlil  qilish  yo‘li  bilan 

amalga  oshirish mumkin.  Tahlil qilishning ikki turi mavjud: 

1.  Strategik tahlil. 

2.  Operativ tahlil. 

Strategik 

tahlil  sug‘urta  tashkilotining  kuchli 

va 

ojiz 


tomonlarini, 

imkoniyatlarini  va  xavf-  xatarlarini  anaklashga  yunaltirilgandir.  Operativ  tahlil 



 

39 


sug‘urta  tashkilotining  faoliyat  natijalarini  baxolashga  yunaltirilgan  buladi. 

Operativ  tahlil  sug‘urta  xizmatlarini  ko‘rsatishda  xarajatlarni  optimallashtirishda 

muxim rol uynaydi. Operativ tahlil natijasida sug‘urta tashkilotlarining resurslarni 

boshkarishni  samarali  tashkil  qilish  mumkin.  Sug‘urta  tashkilotlarining  operativ 

tahlili quyidagilarni o‘zichiga oladi: 

 Sug‘urta tashkilotining faoliyati natijalarini tahlil kilish; 

 Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tannarxi tahlili; 

 Ish yuritish xarajatlari tahlili. 

Sug‘urta  tashkilotining    faoliyatini  faqat  foyda  kursatkichi  bilan  ifodalash 

mumkin emas. Foydadan tashqari sug‘urta polislarini sotish hajmi yoki kursatilgan 

xizmat  xajmi,  moddiy  xarajatlar,  mexnat  xaki  fondi,  ishchilar  soni  va  xokazolar, 

ya’ni korxona faoliyatini oxirgi natijalarini xarakterlovchi kursatkichlar kiradi. 

Sug‘urta  tashkilotlari  faoliyatini  baxolashni  eng  oddiy  usuli  xakikat 

kursatkichlarni reja (normativ) kursatkichlariga solishtirish bilan xisoblanadi. 

Xar bir  sug‘urta kompaniyasi sug‘urta faoliyatini tashkil etishda bir qancha 

masalalarni  hal  qilishga  to‘g‘ri  keldi.  Jumladan,  qancha  sug‘urta  shartnomalarini 

tuzish,  qancha  ishchi  yollash  lozim,  qancha  asosiy  vositalar  sotib  olish  va  h.z. 

Mana shunga o‘xshash masalalarni 3 guruxga taqsim etish mumkin. 

1. 

Mavjud ishlab chiqarish quvvatlari asosida qanday qilib sug‘urta xizmatlarini 



ko‘rsatishni tashkil  etish mumkin? 

2. 


Fan-texnika  taraqqiyotining  erishilgan  yutuqlariga  ko‘ra  qanday  yangi 

quvvatlarni jalb etish mumkin? 

3. 

Texnika  taraqqiyotiga  burilish  bo‘ladigan  yangiliklarga  qanday  tartibda 



moslashish mumkin? 

 Umumiy  xarajatlar    –  bu  sug‘urta  tashkilotining  ma’lum  turdagi  sug‘urta 

xizmatini  ko‘rsatish  uchun  jami  xarajatidan  iborat.  Umumiy  xarajatlar  ikki 

qismdan iborat: 

  umumiy doimiy xarajat;  


 

40 


 

umumiy  o‘zgaruvchan  xarajatlar.  Umumiy  doimiy  xarajatlar  sug‘urta 

xizmatini  ko‘rsatish  hajmini  ko‘payishi  yoki  kamayishiga  qarab 

o‘zgarmaydi. 

Sug‘urta tashkilotlarining  xarajatlarini optimallashtirish  uchun rejalashtirilgan 

daromad  miqdorini  bilishimiz  zarur.    Sug‘urta  tashkilotlarining    sug‘urta 

xizmatlarini  tannarxi    sug‘urta  mukofotlaridagi    netto-stavka  bilan  balanslashgan 

bo‘lmog‘i lozim. Ish yuritish xarajatlari  sug‘urta tarif stavkasining ustama qismi  

hisobidan    moliyalashtirilishini  nazarda  tutsak,  sug‘urta  tashkilotlarining    jami 

xarajatlari      sug‘urta  tashkilotlarining    rejalashtirgan      daromadlariga  mos  kelishi 

zarur.  

  Sug‘urta  tashkilotlari  boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  kabi    mavjud 

xarajatlarini    qisqartirishga  harakat  qilishadi.  Xarajatlarni  iqtisod  qilish  sug‘urta 

tashkilotining  rentabellik  darajasini,  moliyaviy  barqarorligini    oshirishga  imkon 

beradi. 

   


 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling