O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sug‘urta fakulteti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
sugurta kompaniyasida moliyaviy menejmentning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUG‘URTA FAKULTETI “SUG‘URTA ISHI” KAFEDRASI JABBOROV MADIYOR G’ANISHEROVICH
- M U N D A R I J A betlar KIRISH......................................................................................................
- I Bob. Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy menejmentning nazariy asoslari 1.1 Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy boshqaruv mohiyati, rivojlanish
1
VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SUG‘URTA FAKULTETI “SUG‘URTA ISHI” KAFEDRASI JABBOROV MADIYOR G’ANISHEROVICH “Sug’urta kompaniyasida moliyaviy menejmentining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” 5341300 – “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun yozilgan
________ i.f.n., dotsent I.K.Ochilov “_______”__________________2014 Ilmiy rahbar __________ k.o‘q. N.Mavrulova“_______”__________________2014 TOSHKENT-2014
2
3
betlar KIRISH...................................................................................................... 3 I bob Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy menejmentni amalga oshirishning nazariy va huquqiy asoslari.............................. 7 1.1. Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy boshqaruvni amalga oshirishning mohiyati va huquqiy asoslari............................... 7 1.2.
Sug’urta tashkilotlari moliyaviy resurslarining tarkibi va tuzilishi………………………………………………………... 17 1.3. Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy
menejmentning tamoyillari va funksiyalari ……………………………........... 24 II bob Sug’urta tashkilotlarida moliyaviy menejmentning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari........................................ 28 2.1. Investitsion faoliyatlarni moliyalashtirishda sug’urta tashkilotlari moliyaviy resurslaridan foydalanish amaliyotining tahlili....................................................................
2.2. Sug’urta tashkilotlarida moliyaviy menejmentning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari……………………........... 33 III bob Milliy sug‘urta bozorida faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalarida moliyaviy menejmentni samarali tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari............................................ 39 3.1. Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentni amalga oshirish yuzasidan xorijiy davlatlar tajribalari va ularni milliy sug’urta bozoriga tadbiq etish masalalari..............…………….
3.2. Sug’urta tashkilotlarida moliyaviy menejmentni samarali tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari……………………… 42 Xulosa va takliflar…………………………………………………….… 52 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………. 59 4
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan sug‘urta sohasining jamiyat hayotidagi o‘rni yanada ortib ketdi. Ayniqsa iqtisodni ko‘p ukladli tizimda rivojlantirish, davlat korxonalarining kamayishi, tadirkorlikni rivojlanishi sug‘urta sohasini, O‘zbekiston sug‘urta bozorini yanada rivojlantirishni talab qilmoqda. Sug‘urta aholini baxtsiz hodislardan, kasalliklardan himoya qila turib, moddiy mablag‘ga muxtoj bo‘lganda aholini himoya qilishda asosiy yordam beruvchi manbaalardan biriga aylandi. Korxona va tashkilotlarni ularning xo‘jalik faoliyatida yuz beruvchi zararlardan himoya qilish orqali ularni bankrotlik holatidan himoya qila boshladi. Sug‘urrta yordamida nafaqat korxona va tashkilotlar o‘zlarining moliyaviy holatini yaxshilanmoqda, balkim mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlanishiga ko‘mak berlmoqda. Sug‘urtaning milliy iqtisodni rivojlantirishdagi, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishdagi ahmiyati kattaligiga shub’ha yo‘q. “2011-2015 yillarda O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi dastur tasdiqlangan. Ushbu dasturga asosan umumiy qiymati 50 milliard dollarni tashkil etadigan 500 dan ortiq yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda 1 .
tomonidan belgilab berilgan 2011
yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlatirish ustuvor vazifalarini bajarishni ta’minlashda sug‘urta tashkilotlarining rol katta. SHu sababli hozirgi zamon dolzarb masalardan biri sug‘urta bozorini, shuningdek sug‘urta faoliyatini davr talabiga mos holda rivojlantirishdir. O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish. Sug‘urta bozorini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy baza yaratilgan. Sug‘urta bozorida 33 ta sug‘urta tashkiloti ro‘yxatga olingan. Ammo hozigi kunda barcha sug‘urta kompaniyalarini sug‘urta faoliyati talab darajasida rivojlanmoqda deb aytish qiyin. Bunga asosiy sabab ayrim sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejment mexanizmidan
1
оширишга хизмат қилади. Президент И.Каримовнинг 2010 йилда мамлакатимизни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2011 йилга мўлжалланган энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси. 21.01.2011.
5 oqilona foydalanilmayotganligidir. Ularning moliyaviy menejmentida etarli darajada muammolar mavjudligidir. Sug‘urta tashilotlarining moliyaviy holatini yanada yaxshilash milliy iqtisodimizni rivojlanishiga katta ko‘mak beradi. Bu esa sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejment muammolarini hal qilish, moliyaviy holatni yaxshilash masalarini dolzarbligini yanada ortiradi. Mazkur bitiruv malakaviy ish ana shunday dolzarb muammolardan biriga bag‘ishlangan. Ushbu mavzuning ayrim jihatlari respublikamizda taniqli olimlar tomonidan o‘rganilgan. I.f.d., prof.N. Haydarov, i.f.d. prof.T.Malikov, i.f.d. prof M.Almardonov, i.f.n. dots. X.SHennaevlar o‘zlarining bir qator ilmiy risolalarida mavzuning u yoki bu jihatlarini o‘rgangan. Lekin, mazkur mavzu to‘liqligicha, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida o‘rganilmagan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz yuz berayotgan vaqtda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejment mexanizmini nazariy va maliy jihatidan o‘rganib, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalash ishlab chiqish – bitiruv malakaviy ishining maqsadi hisoblanadi. Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ishi quyidagi vazifalarni hal qilishi lozim: -sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy menejmentning mohiyatini va rivojlanish bosqichlarini o‘rganish; -sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy menejmentning tamoyillari va
funksiyalarini o‘rganish; -sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslari va ularni boshqarish mexanizmini o‘rganish; - sug‘urta tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish mexanizmini o‘rganish; - sug‘urta tashkilotlarining xarajatlarini boshqarish mexanizmini o‘rganish; - sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish. 6 Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy xo‘jalik faoliyati bitiruv malakaviy ishining ob’ekti hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining predmeti – sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy potensiali bilan bog‘liq munosabatlari majmuasidir. Sug‘urta tashkilotlaridan olingan statistik ma’lumotlar, iqtisodiy-ijtimoiy gazeta va jo‘rnallarda chop etilgan sug‘urta faoliyatiga oid ma’lumotlar, O‘zbekiston Respublikasi byudjet parametrlari haqidagi ma’lumotlar, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan va Davlat soliq qo‘mitasidan olinadigan ma’lumotlar bitiruv malakaviy ishining ma’lumot manbaasi hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining predmetini o‘rganishda mantiq, guruhlash, taqqoslash, tahlil, tarixiy va boshqa uslublardan foydalaniladi. Bitiruv malakaviy ishni tarkiban kirish, uch bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.
7
1.1 Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy boshqaruv mohiyati, rivojlanish bosqichlari XX asrning ikkinchi yarmida ilmiy texnik taraqqiyotning keskin avj olishi va jaxon xujaligi tovar ishlab chiqarishning keskin usishi barcha soxalarda bulganidek moliyaviy boshkaruvning ilmiy konsepsiyalarida xam taraqqiyotlar bulishiga olib keldi. Natijada zamonaviy sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti konsepsiyasi mustaqil tarmoq sifatida shakllana boshladi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining asosiy muammolaridan biri sifatida sug‘urta tashkilotlarilar moliyaviy munosabatlari, pul mablaglari aylanishini samarali tashkil etish masalasi bo‘ldi. Bozor sharoitida boshqaruvni tashkil qilish mamlaktimizda iktisodiy erkinlik mavjud bulishini nazarda tutadi. Menejment sug‘urta tashkilotlari boshkaruvining samarali tizimi sifatida bunday imkoniyatlarga egaligini tasdiqlaydi. Tadibrkorlik faoliyatining tashkiliy- huquqiy asoslari, tovarlar, xizmatlar, moliyaviy bozorlar, baxolarni shakllantirish tizimlari, buxgalteriya xisobi tizimlarini o‘rganish, marketing tadqiqotlari, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti, ishlab chiqarish, sotish jarayonlari, buxgalteriya xisobi va personallarni boshkarish tizimini tahlil qilish shuni kursatadiki, ayrim sug‘urta tashkilotlarilari tashki muxit uzgarishlari keltiruvchi noananaviy muammolarni an’anaviy usullar vositasida echishga harakat qilishadilar. SHunin uchun zamonaviy shart sharoitlarda ayrim sug‘urta tashkilotlari oldida asosiy vazifa sifatida tashki muxit uzgarishlariga uz faoliyat soxalarini tezlik bilan moslashtira olish va vujudga kelgan muammolarni osonlik bilan uz foydasi xisobiga xal etish masalasi yuzaga keladi. Har kanday sug‘urta tashkilotlarining asosiy faoliyat soxalaridan biri sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti xisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining lug‘aiy ma’nosi sug‘urta tashkilotlarilarda moliyaviy resurslar va kapitallarni boshkarishni anglatadi. Sug‘urta tashkilotlarilarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini boshqarishning muammolari azaldan iqtisodchi-olimlar va amaliyotchilarni qiziqtirib kelgan. 8 Mamlakatda bozorni shakllantirish istiqbollari va shu asosda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini ko‘tarish ko‘proq sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti muammolari ilmiy-amaliy asoslarini qay darajada muvaffaqiyatli va chuqur ishlab chiqilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv tizimida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining o‘z o‘rni mavjud. Dastlab boshqaruv tizimida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining o‘rni, hamiyati va nazariy asoslari o‘rganiladi. So‘ngra, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining tashkiliy-iqtisodiy asoslari, tarkibi, vazifalari hamda ularga oid qarashlar tahlil etiladi. Bular asosida sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti asoslarini tashkil etish xususiyatlari yoritiladi. Jamiyatning muhim
sohalaridan biri-ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarishdir. Menejment mohiyatini bir-biri bilan bog‘liq bir qancha fundamental asoslar tashkil etadi. Menejment-biznesni, sug‘urta tashkilotlarining ishbilarmonlik faoliyatini boshqarishdir. Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. SHuning uchun biznesni boshqarishning menejment asoslari butun jamiyat uchun muhim ahmiyat kasb etadi. Menejmentda bosh vazifa bo‘lib, u quyidagidan iborat: qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun kishilar kuchi va ishtiyoqi hamda sug‘urta tashkilotlari imkoniyatlarini jalb etishdan iborat. «Bozor muhiti sug‘urta tashkilotlari moliyaviy mexanizmi amal qilish mantiqiga qanday o‘zgarishlar kiritmoqda?», «Mazkur yangi mantiq asosida sug‘urta tashkilotlari moliyasini qanday boshqarish lozim?», «Sug‘urta tashkilotlarilarda moliyaviy qarorlar qabul qilishning bozor mezonlari qanday?», «YAngi sharoitlarda sug‘urta tashkilotlari hayotiy faoliyatining uzoq va qisqa muddatli rejalarini qanday qilib muvofiqlashtirish mumkin?» kabi savollar hozirgi kunda barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qiziqtiruvchin o‘ta dolzarb muammolardir. Mazkur savollar sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti tashkiliy asoslarining u yoki bu tarkibiy qismiga taaluqli hisoblanadi..
9 Zamonaviy fanida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti tushunchasining mohiyatiga har-xil fikirlar bildirilayotir. AQSH va G‘arbiy Evropa iqtisodchi-olimlari «sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti o‘zining bosh maqsadi sifatida aksiya kursini, aksiyaga to‘g‘ri keluvchi sof foyda miqdorini, dividend darajasini, hissadorlar mulkini va h.k. ko‘paytirishni ilgari suruvchi firmalar moliyasini boshqarishdir» 2 deb tushuntirishga harakat qilishadilar. V.A.Lyalin va P.V.Vorobevlar esa «sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti - sug‘urta tashkilotlari o‘z va qarz mablag‘laridan samaraliroq foydalanishi hamda eng kam tahlika sharoitida yuqori foyda olishni ta’minlashining uslublari, yo‘nalishlari haqidagi fandir» 3 deb tushuntiradilar. Biroq har ikkala tushunchada ham tizimlilik etishmaydi. Bu esa sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining u yoki bu maxsus fanlar bo‘lgan moliyaviy tahlil, moliyaviy hisob va hisobot, moliyaviy matematika va h.k. o‘rganish ob’ektilari bilan aralashuv yuz berishiga olib keladi. Ayrim olimlar
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti tushunchasini maqsadli boshqaruv tizimi sifatida talqin etmoqdalar. Masalan, I.T.Balabanov fikricha, «sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti - moliyaviy resurslar harakati va bu jarayonda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida vujudga keluvchi moliyaviy munosabatlarni boshqarish maqsadini ishlab chiqish va ularga moliya dastaklari yordamida ta’sir etish jarayonini xususiyatlaydi» deb fikir bildiradi. E.S.Stoyanova tahriri ostida chiqqan «Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti: nazariya va amaliyoti» darsligida ta’kidlanishicha, «moliyaviy menejment sug‘urta tashkilotlari o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun foydalanadigan usullarning zaruriy majmuasidir. Bu erda asosiy narsa - bosh
2 Chandra Prasanna. Financial Management. Theory and Practice. Third Edition - New Delhi: Tata Mc Graw-Hill Publishing Company Limited, 2005. - 23 p. 3 Ефимова О.В. Финансовый анализ. 2-е изд. - М.:Бухгалтерский учет, 1998. – 5с. 10
maqsadga zid kelmaydigan, unga erishishni ta’minlaydigan usullarni tanlay bilish va qo‘llay olishdadir» 4 deb taakidlaydi. Nazarimizda, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti mohiyatini bunday tushunish yuqoridagi qarashlardagi kabi aniq izlanish predmetini ifodalasada, unda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti jarayonining tashkiliy-iqtisodiy asoslari etarlicha yoritila olinmagan. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti konsepsiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega hisoblanadi. Bunday o‘ziga xosliklar tadqiqotning markaziy ob’ekti hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti - sug‘urta tashkilotlarini uning umumiy maqsadlariga erishishini ta’minlashga yo‘naltiruvchi tizimdir.Birinchidan, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti o‘zining xususiyatlari va ma’lum qonuniyatlarga ega bo‘lgan boshqariladigan tizimdir. Ikkinchidan, u sug‘urta tashkilotlarini boshqarish umumiy tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida boshqaruv tizimi
hisoblanadi. Boshqariladigan tizim sifatida, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentiga soliqlar, baho, mehnatga haq to‘lash, investitsiya siyosati, foiz stavkalari kabi davlatning tartibga solish tadbirlari orqali turli xil boshqaruv qarorlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. YAqingacha boshqariladigan tizimning etakchi sohasi sifatida xo‘jalik mexanizmi hamda uning tarkibiy qismi bo‘lgan moliya-kredit mexanizmi o‘rganilib kelingan. YAgona boshqaruv ob’ekti sifatida moliya-kredit mexanizmi davlat va sug‘urta tashkilotlari pul oborotining birligini tan olishga asoslanadi. Moliya-kredit mexanizmi orqali sug‘urta tashkilotlari moliyasini boshqarish, xususan, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlash hamda ulardan keng foydalanishni ta’minlash ta’minlanadi. Moliya-kredit mexanizmi moliya-kredit jarayonlarini boshqarish va tegishli qarorlar qabul qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi qator zvenolar kompleksiga egadir. Bunday ta’sir ko‘rsatish natijasida - umumdavlat miqyosida moliya va kredit normal faoliyatining muhim sharoitlarini ta’minlanadi, kamomadsiz
4
11
byudjetni shakllantiriladi, rejadagi tadbirlar moliyalashtiriladi. Bundan tashqari pul mablag‘lari hisobidan fondlar tashkil etilishi ustidan moliyaviy nazorat o‘rnatiladi. Sug‘urta tashkilotlari moliyasini boshqarish sug‘urta tashkilotlarining umumiy maqsadlariga erishishni ta’minlashi lozim. Sug‘urta tashkilotlarining umumiy maqsadlariga erishish, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti konsepsiyasi doirasida erishiladi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentini tashkil etilishi muhim uslubiy omillardan biri hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti sug‘urta tashkilotlari miqyosi bilangina chegaralanib qolmaydi, balki byudjet va byudjetdan tashqari fondlar, banklar va boshqa kreditorlar, institutsional investorlar bilan bevosita uzviy munosabatlar tizimiga ham tayanadi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentidan samarali foydalanish orqali sug‘urta tashkilotlari iqtisodiy hayotida yangicha tizimini vujudga keltiradi, uning rivojlanish istiqbollari va
qonuniyatlarini o‘zgartiradi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy siyosatida uning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilayotgan qaror qabul qilishning yangicha shakllari va usullari aynan sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti muhitining shakllanayotganligini ifodalaydi. Aksariyat nazariy manbaalarda sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining uch asosiy yo‘nalishini ajratib ko‘rsatiladi: -investitsion loyihalarni, investitsiyalash yo‘nalishlarini baholash va tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan investitsion qarorlar qabul qilish; -moliyaviy resurslarni shakllantirish va investitsiyalash yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlash bilan bog‘liq moliyaviy qarorlar qabul qilish; -moliyaviy resurslarni saqlash va ko‘paytirishga qaratilgan samarali moliyaviy nazoratni ta’minlash. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining har qaysi yo‘nalishiga tegishli funksiyalar mos keladi: investitsion qarorlarga takror ishlab chiqarish 12
funksiyasi, moliyaviy qarorlarga - taqsimot funksiyasi, moliyaviy nazoratga - nazorat funksiyasi. Foydani ko‘paytirish, ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan barcha aholi guruhlari ehtiyojlarini qondirish, sug‘urta tashkilotlarida qisqa muddatli manfaatlarning uzoq muddatdagi istiqbol taraqqiyoti vazifalariga zid kelmaydigan o‘sishini ta’minlash maqsadlari sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentining yo‘nalishlarini birlashtiradi. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti yo‘nalishlarining umumiy maqsadlarga egaligi ularning bir-birini taqozo etuvchi va bir-biri bilan chambarchas bog‘liq jarayon ekanligini tasdiqlaydi. Biroq, sug‘urta tashkilotlari moliyaviy hayotining u yoki bu bosqichida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti ustivor vazifani bajarishini ta’kidlash lozim. Hozirgi sharoitda sug‘urta tashkilotlari moliyaviy faoliyatini tashkil etish xususiyatlari, avvalo, uning asosiga qo‘yilgan iqtisodiy kategoriya bo‘lmish, moliyaning mohiyatini to‘la ifodalamog‘i lozim. Sug‘urta tashkilotlarida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmentini foydani ko‘paytirish va sug‘urta tashkilotlari bozor qiymatining barqaror o‘sishini ta’minlash maqsadida moliyaviy munosabatlarni boshqarishning shakllari, usullari va tamoyillari yig‘indisi sifatida talqin etilishi mumkin. Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti mazmunini bunday talqin etish sug‘urta tashkilotlari moliyaviy faoliyatini tashkil etishning huquqiy va informatsion ta’minotining holatidan kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urta tashkilotlari faoliyatini boshqarishning turli jabhalari u yoki bu darajada, albatta, sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti xizmatining e’tiborida bo‘ladi. SHu munosabat bilan, sug‘urta tashkilotlarining ayrim boshqaruv qarorlarida sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy menejmenti ishtirokini o‘zida aks ettirish zarur. Xulosa qilib aytganda “Menejment” tushunchasini uch taraflama izzohlash mumkin: iqtisodiy boshqaruv tizimi, boshqaruv tizimi, boshqaruv organi(boshqaruv apparati), tadbirkorlik faoliyati sifatida.
13
Menejment ingliz tilidan. Management so‘zidan olingan bo‘lib - boshqaruv ma’nosini anglatadi. Oshqacha qilib aytganda menejmentni umumiy holda ishlab chiqarishni iqtisodiy boshqarish tizimi sifatida tushunish mumkin. Ushbu tizim boshqaruv tamoyillari, usullari, shakllari yalpi holda o‘zida mujassamlashtiradi YAkka holda menejmentga boshqaruv nazariyasi va samarali boshqaruv amaliy namunalari xos bo‘lib, uning zamirida boshqaruv san’ati tushuniladi. Moliyaviy menejment - pul oqimlari moliyaviy resurslarni boshqarish va moliyaviy munosabatlarni tegishli ravishda tashkil qilishning o‘ziga xos tizimidir. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling