O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

3.5-§. Depozit siyosati 
Markaziy bankning depozit siyosati deganda Markaziy bank 
tomonidan Hukumatga, tijorat banklariga tegishli pul mablag‘larini 
depozit hisob raqamlariga jalb etish va boshqarish tushuniladi. 
Markaziy bank Hukumatga tegishli pul mablag‘laridan, masalan, 
Davlat byudjeti mablag‘laridan muomaladagi pul massasini tartibga 
solishda foydalanadi. Davlat byudjeti daromadlarini kelib tushish vaqti 
bilan byudjet xarajatlarini moliyalashtirish vaqti o‘rtasidagi farq tufayli 
ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini to‘planishi yuz beradi. Markaziy 
bank ana shu pul mablag‘laridan vaqtinchalik foydalanadi. Germaniya 
Markaziy banki, ya’ni Bundesbank amaliyotida ushbu pul mablag‘lari 
muomaladagi pul massasini boshqarishning “nozik vositasi” deb 
ataladi
97

Odatda, hukumatga tegishli pul mablag‘lari Markaziy bankning 
balansida saqlanadi. Shu sababli, Markaziy bank mazkur pul 
mablag‘larini 
boshqarish 
imkoniyatiga 
ega 
bo‘ladi. 
Markaziy 
96
Фаненко М. Международная ликвидность и диверсификация официальных резервных активов.// Мировая 
экономика и международные отношения. – Москва. 2007 - № 6. – С.56. 
97
Немецкий Федеральный банк: денежно-политические задачи. – Франкфурт-на-Майне, 1993. - №7. 


 
104 
banklarning tuman, shahar filiallari bo‘lmaganligi sababli, Davlat 
byudjetining kassa ijrosini amalga oshirishda ular tijorat banklarining 
xizmatidan foydalanishga majbur bo‘lishadi. O‘zbekistonda ham, 
Rossiya va Germaniyada ham Markaziy banklarning joylarda filiallari 
mavjud emas. Shu sababli, ular Davlat byudjetining kassa ijrosini 
amalga oshirishda tijorat banklarining xizmatidan foydalanadilar.
Markaziy bank tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisob 
raqamlaridagi ortiqcha pul mablag‘larini o‘zining depozit hisob 
raqamlariga jalb etish yo‘li bilan bank tizimining likvidliligiga va tijorat 
banklarining kreditlash imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
7-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining depozit 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling