O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
operatsiyalari hamda obligatsiyalari va depozit sertifikatlarini
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.6-§. Monetar siyosatning noan’anaviy instrumentlari Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan
operatsiyalari hamda obligatsiyalari va depozit sertifikatlarini
sotish orqali jalb etilgan mablag‘lari hajmi 98 , trln so‘m 7-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2002-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining sterilizatsiya operatsiyalari hajmi, ya’ni Markaziy bankning depozit hisob raqamlariga tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisob raqamlaridagi pul 98 Pul-kredit siyosati. www.cbu.uz. 5,9 7,1 7,8 8,6 11,2 0 2 4 6 8 10 12 2012 yil 2013 yil 2014 yil 2015 yil 2016 yil 105 mablag‘larini jalb etish hamda Markaziy bankning obligatsiyalari va depozit sertifikatlarini tijorat banklariga sotish yo‘li bilan jalb qilingan mablag‘larning hajmi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa, Markaziy bank tomonidan pul massasi o‘sishining prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlash va bank tizimidagi ortiqcha likvidlilikni olib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan. Mamlakat bank tizimidagi ortiqcha likvidlilikni o‘z vaqtida olib qo‘ymaslik pul massasining yuqori sur’atlarda o‘sishiga olib kelishi mumkin. 3.6-§. Monetar siyosatning noan’anaviy instrumentlari Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash muomaladagi pul massasini tartibga solish, xususan, pul massasining oldindan belgilangan maqsadli o‘sish ko‘rsatkichiga erishishni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. XX asrning 70-yillarida bir qator Yevropa mamlakatlarida, shu jumladan, Fransiyada tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash amaliyoti mavjud bo‘lgan. Bunda limit summasi tijorat banklarining kapitaliga nisbatan belgilangan. Limit belgilashning ushbu usuliga xos bo‘lgan asosiy kamchilik shundan iboratki, bunda kapital miqdori katta bo‘lgan tijorat banklari boshqa banklarga nisbatan katta miqdorda kreditlar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, banklararo raqobatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi davrda Xitoy Markaziy banki tomonidan davlat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash amaliyoti mavjud. Buning sababi shundaki, Xitoy iqtisodiyotining “qizib ketish” xavfi mavjud. Shu sababli, Xitoy Markaziy banki tijorat banklari kredit qo‘yilmalarining o‘sish sur’atini pasaytirish siyosatini amalga oshirmoqda. Ushbu siyosatni amalga oshirish uchun, asosan, ikki 106 monetar instrumentdan – tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash va majburiy zaxira siyosatidan foydalanilmoqda. Tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash ma’muriy mazmunga ega bo‘lgan instrument hisoblanadi. Shu sababli, mazkur instrumentdan foydalanish milliy ssuda kapitallari bozoridagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tijorat banklari kreditlaridan foydalanish darajasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Ammo pul massasining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishni ta’minlashning iloji bo‘lmasa, Markaziy banklar ushbu ma’muriy usuldan foydalanishga majbur bo‘lishlari mumkin. Muomaladagi pul massasining asosiy qismi tijorat banklarining kredit emissiyasi natijasida paydo bo‘ladi. Shu sababli, Xalqaro Nobel mukofotining laureati, Chikago universitetining professori, marhum M.Fridmen o‘zining ilmiy tadqiqotlarida tijorat banklari kredit emissiyasining muomaladagi pul massasining o‘sishiga bevosita ta’sirini asoslab bergan va tijorat banklariga nisbatan 100 foizli majburiy zaxira talabnomalarini joriy qilishni taklif qilgan. Garchi M.Fridmenning 100 foizli majburiy zaxira talabnomalari dunyodagi biron-bir mamlakatning bank amaliyotida qo‘llanilmagan bo‘lsa-da, uning banklarni kredit emissiyasini tartibga solish va nazorat qilishning zarurligi xususidagi takliflari o‘zining amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Monetar siyosat instrumentlaridan foydalanish amaliyoti takomillashmagan mamlakatlarda ham tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash usulidan foydalanadilar. Buning sababi shundaki, mazkur mamlakatlarda Markaziy banklar monetar siyosat instrumentlari orqali pul massasining o‘sish sur’atlari barqarorligini ta’minlay olmaydilar. Masalan, ochiq bozor operatsiyalari rivojlanmaganligi sababli, ochiq bozor siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul massasini olib qo‘yish imkoniga ega bo‘lmaydilar. Yoki qayta moliyalash siyosati orqali kreditlarning foiz stavkasiga va kreditlar taklifiga ta’sir eta olishmaydi. Bunday sharoitda Markaziy banklar ma’muriy mazmunga ega bo‘lgan instrumentlardan, xususan, 107 banklarning kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash, majburiy zaxira siyosatidan foydalanishga zo‘r berishga majbur bo‘lishadi. Shuning uchun ham taraqqiy etgan mamlakatlarda ushbu instrumentlarning ahamiyati past. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling