O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


-§. Pul agregatlari va ularning tarkibi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

4.3-§. Pul agregatlari va ularning tarkibi 
Pul agregatlari – bu pul massasini miqdoriy jihatdan o‘lchashda 
qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardir.
Pul agregatlarini qo‘llashda har bir mamlakat pul bozori 
instrumentlarining va pul aylanmasining o‘ziga xos xususiyatlari 
hisobga olinadi. Chunonchi, AQShda to‘rtta, Buyuk Britaniyada beshta, 
Shveytsariyada uchta pul agregati qo‘llaniladi
112
.
112
Деньги, кредит, банки. Учебник. Под ред. Проф. О.И. Лаврушина. 8-ое изд. – М.: КНОРУС, 2009. - С. 112 


 
123 
Markaziy bank tomonidan nazorat obyekti sifatida pul agregatini 
tanlashda uninng tarkibidagi o‘zgarishlarni hisobga olish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Masalan, iqtisodchi olimlarning fikriga ko‘ra, 
AQSh FZT tomonidan XX asrning 90-yillarida monetar siyosatning 
indikatori sifatida M1 pul agregatidan foydalanilganligi muomaladagi 
naqd pul miqdorining ko‘payganligi bilan izohlanadi: “AQShda naqd 
pullarning pul sifatida va M1 pul agregatining komponenti sifatidagi 
ahamiyati oshdi. Masalan, 1973-yilda AQShda odam boshiga 325 dollar 
miqdorida naqd pul to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 1993-yilga kelib bu 
ko‘rsatkich 1050 dollarga yetdi. Naqd pullarning M1 pul agregatidagi 
salmog‘i 1960-yilning oxiridagi 20,5 foizdan 1992-yilning so‘nggida 30 
foizdan yuqori darajaga yetdi”
113

1-jadval 
AQShda pul agregatlarining tarkibi
114
 
Pul 
agregatining 
nomi 
Pul agregatining tarkibi 
M1 
Naqd pullar + yo‘l cheklari + talab qilib 
olinadigan depozitlar + boshqa chekli depozitlar 
M2 
M1 + kichik summadagi muddatli depozitlar + 
qisqa muddatli REPO bitimlari + jamg‘arma 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling