O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


Angliya Markaziy banki aktivlarining tarkibi, 2017-yilning


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

Angliya Markaziy banki aktivlarining tarkibi, 2017-yilning
1-yanvar holatiga
133
 
Aktivlar tarkibi 
Aktivning jami 
aktivlardagi 
ulushi 
Berilgan kreditlar 
95,1 
Sotib olingan qimmatli qog‘ozlar 
4,3 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
0,6 
Aktivlar - jami 
100,0 
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Angliya Markaziy banki 
aktivlarining mutlaq asosiy qismini, ya’ni 95 foizdan ortiq qismini tijorat 
banklariga va Angliya Hukumatiga berilgan kreditlar egallaydi. 
133
Angliya Markaziy banki sayti ma’lumotlari. 


 
142 
Angdiya Markaziy banki aktivlarining umumiy hajmida salmog‘iga 
ko‘ra ikkinchi o‘rinni qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar 
egallaydi. Bu esa, asosan, Angliya Hukumatining qimmatli qog‘ozlariga 
qilingan investitsiyalardir. 
2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Angliya Markaziy bankining 
aktivlari 422 mlrd 702 mln funt sterlingni tashkil etdi. Shundan, berilgan 
kreditlar miqdori 401 886 mln funt sterlingni tashkil etdi. 
2-jadval 
Angliya Markaziy banki passivlarining tarkibi, 2017-yilning
1-yanvar holatiga
134
 
Passivlar tarkibi 
Passivning jami 
passivlardagi 
ulushi 
Depozitlar 
81,5 
Muomalaga chiqarilgan naqd pullar 
16,1 
Obligatsiyalar
1,0 
Boshqa majburiyatlar 
0,3 
Kapital 
1,1 
Passivlar - jami 
100,0 
2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Angliya Markaziy banki 
passivlarining mutlaq asosiy qismini, ya’ni 81 foizdan ortiq qismini 
tijorat banklari va Angliya Hukumatining depozitlari tashkil etadi. 
Ushbu depozitlarga quyidagilar kiradi: 
* Angliya tijorat banklarining Markaziy bankda ochilgan “Vostro” 
vakillik hisobraqamlaridagi pul mablag‘lari; 
* tijorat banklarining Angliya Markaziy bankidagi muddatli depozit 
hisobraqamlaridagi pullar; 
* Angliya Hukumatining Markaziy bankda ochilgan joriy 
hisobraqamidagi pullar; 
* Angliya Hukumatining Markaziy bankdagi muddatli depozit 
hisobraqamidagi pullar. 
134
Angliya Markaziy banki sayti ma’lumotlari. 


 
143 
2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Angliya Markaziy banki 
passivlarining hajmida salmog‘iga ko‘ra ikkinchi o‘rinni muomalaga 
chiqarilgan naqd pullar egallaydi. Bu esa, naqd funt sterlingni faqat 
Angliya ichkarisida, balki xoriijy mamlakatlarda ham ishlatilishi bilan 
izohlanadi. 
AQShda monetar siyosatni Federal zaxira tizimi (FZT) amalga 
oshiradi. 
AQSh 
FZT 
monetar 
siyosatni 
amalga 
oshirishda 
qayta 
moliyalashtirish siyosati, ochiq bozor siyosati, valyuta siyosati va 
depozit siyosatidan faol tarzda foydalanadi. Majburiy zaxira siyosati 
FZT uchun monetar siyosat instrumenti hisoblanmaydi. 
FZTning kreditlari tijorat banklarining likvidliligini ta’minlashda 
muhim o‘rin tutadi. FZT tijorat banklariga bir vaqtning o‘zida bir necha 
turdagi markazlashgan kreditlarni taklif etadi. Xususan, diskontli 
kreditlar, lombard kreditlari, overdraft va overnayt kreditlari keng 
qo‘llaniladi. 
AQSh Hukumati qimmatli qog‘ozlari emissiya hajmining katta 
ekanligi FZTga ochiq bozor siyosatidan monetar siyosatning asosiy 
instrumenti sifatida foydalanish imkonini beradi. 
AQSh FZT monetar siyosat instrumentlaridan makroiqtisodiy 
o‘sish sur’atlariga ta’sir etish maqsadida aktiv foydalanib kelmoqda. 
Masalan, 2001-yilda AQSh iqtisodiyotida retsessiya belgilarining paydo 
bo‘la boshlaganligi FZTni “arzon pullar” siyosatini qo‘llashga majbur 
qildi va natijada 2001-2004-yillarda pul massasining oshishini 
rag‘batlantiruvchi ekspansionistik monetar siyosat olib borildi. Ushbu 
siyosatning natijasi o‘laroq, AQSh hukumatiga tegishli pul mablag‘lari 
bo‘yicha belgilangan stavka 2001-yildagi 6,5 foizdan 2004-yil dekabr 
oyiga kelib, 1,75 foizga tushdi
135

AQSh dollari kursining nobarqarorligi Yaponiya, Germaniya, 
Fransiya, Buyuk Britaniya va Xitoy kabi mamlakatlarni ham tashvishga 
solmoqda. Chunki, ularning xalqaro valyuta zaxiralarining asosiy qismi 
AQSh dollarida shakllangan. Shu sababli, 1999-yil yanvarda Yaponiya 
135
OECD Economic Outlook, Vol. №73, 2003/ I. - June, pp. 38-39. 


 
144 
va Germaniya Moliya vazirlari AQShga dollar, yevro va ienning 
kurslarini o‘zaro bir-biriga bog‘lashni taklif qildilar. Ammo AQSh 
Federal zaxira tizimining o‘sha vaqtdagi rahbari A.Grinspen va Moliya 
vaziri R.Rubin ushbu taklifni qat’iyan rad etdilar. Ularning fikriga ko‘ra, 
mazkur uch yetakchi valyuta kurslarini o‘zaro bir-biriga bog‘lashni joriy 
etish AQSh Federal zaxira tizimining ishsizlik va inflyatsiyaga qarshi 
kurashishga qaratilgan pul-kredit siyosatining mustaqilligiga putur 
yetkazadi
136

AQShda 1913-yil 23-dekabrda qabul qilingan “Federal zaxira 
tizimi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Federal zaxira tizimi (FZT) 
monetar siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 
AQSh FZTning oliy Boshqaruv organi bo‘lib, Boshqaruvchilar 
kengashi hisoblanadi. Aynan, Boshqaruvchilar kengashi monetar 
siyosatning asosiy, tayanch masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. 
Jumladan, Kengash, hisob stavkasini o‘rnatadi va o‘zgartiradi, tijorat 
banklariga nisbatan majburiy zaxira talabnomalarini belgilaydi, 
trattalarni qayta hisobga olish kontingentini aniqlaydi. 
FZTning yana bir boshqaruv organi bo‘lib, ochiq bozordagi 
operatsiyalar bo‘yicha Federal qo‘mita bo‘lib, u federal zaxira banklar 
savdo qiladigan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish va sotish 
strategiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. 
AQSh 
FZTning 
iqtisodiy 
va 
siyosiy 
mustaqilligining 
ta’minlanganligi monetar siyosatning samaradorligini ta’minlashda 
muhim o‘rin tutadi
137

AQSh FZT inflyatsion targetlashni qo‘llamaydi, balki pul 
massasining o‘sish sur’atlarini nazorat qiladi. AQSh Kongressi 1978- 
yilda FZTga pul massasining o‘sish sur’atlarini nazorat qilish 
majburiyatini yukladi. Unga ko‘ra, mamlakatda baholar barqarorligiga 
erishish maqsadida har yili kelgusi yil uchun pul massasining o‘sish 
sur’ati FZT tomonidan e’lon qilinadi.
136
Моисеев С.Р. Международные валютно-кредитные отношения. – М.: Дело и Сервис, 2007. - С. 625-626. 
137
Markaziy banknnig iqtisodiy mustaqilligi deganda uning monetar siyosatni amalga oshirishda ixtiyoridagi pul-
kredit instrumentlaridan cheklovlarsiz, erkin foydalana olishiga aytiladi. Uning siyosiy mustaqilligi deganda 
monetar siyosatni amalga oshirishda Hukumatga va davlat organlariga nisbatan mustqilligiga aytiladi. 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling