O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
Angliya Markaziy banki aktivlarining tarkibi, 2017-yilning
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- Angliya Markaziy banki passivlarining tarkibi, 2017-yilning 1-yanvar holatiga 134 Passivlar tarkibi Passivning jami
Angliya Markaziy banki aktivlarining tarkibi, 2017-yilning
1-yanvar holatiga 133 Aktivlar tarkibi Aktivning jami aktivlardagi ulushi Berilgan kreditlar 95,1 Sotib olingan qimmatli qog‘ozlar 4,3 Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 0,6 Aktivlar - jami 100,0 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Angliya Markaziy banki aktivlarining mutlaq asosiy qismini, ya’ni 95 foizdan ortiq qismini tijorat banklariga va Angliya Hukumatiga berilgan kreditlar egallaydi. 133 Angliya Markaziy banki sayti ma’lumotlari. 142 Angdiya Markaziy banki aktivlarining umumiy hajmida salmog‘iga ko‘ra ikkinchi o‘rinni qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar egallaydi. Bu esa, asosan, Angliya Hukumatining qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalardir. 2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Angliya Markaziy bankining aktivlari 422 mlrd 702 mln funt sterlingni tashkil etdi. Shundan, berilgan kreditlar miqdori 401 886 mln funt sterlingni tashkil etdi. 2-jadval Angliya Markaziy banki passivlarining tarkibi, 2017-yilning 1-yanvar holatiga 134 Passivlar tarkibi Passivning jami passivlardagi ulushi Depozitlar 81,5 Muomalaga chiqarilgan naqd pullar 16,1 Obligatsiyalar 1,0 Boshqa majburiyatlar 0,3 Kapital 1,1 Passivlar - jami 100,0 2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Angliya Markaziy banki passivlarining mutlaq asosiy qismini, ya’ni 81 foizdan ortiq qismini tijorat banklari va Angliya Hukumatining depozitlari tashkil etadi. Ushbu depozitlarga quyidagilar kiradi: * Angliya tijorat banklarining Markaziy bankda ochilgan “Vostro” vakillik hisobraqamlaridagi pul mablag‘lari; * tijorat banklarining Angliya Markaziy bankidagi muddatli depozit hisobraqamlaridagi pullar; * Angliya Hukumatining Markaziy bankda ochilgan joriy hisobraqamidagi pullar; * Angliya Hukumatining Markaziy bankdagi muddatli depozit hisobraqamidagi pullar. 134 Angliya Markaziy banki sayti ma’lumotlari. 143 2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Angliya Markaziy banki passivlarining hajmida salmog‘iga ko‘ra ikkinchi o‘rinni muomalaga chiqarilgan naqd pullar egallaydi. Bu esa, naqd funt sterlingni faqat Angliya ichkarisida, balki xoriijy mamlakatlarda ham ishlatilishi bilan izohlanadi. AQShda monetar siyosatni Federal zaxira tizimi (FZT) amalga oshiradi. AQSh FZT monetar siyosatni amalga oshirishda qayta moliyalashtirish siyosati, ochiq bozor siyosati, valyuta siyosati va depozit siyosatidan faol tarzda foydalanadi. Majburiy zaxira siyosati FZT uchun monetar siyosat instrumenti hisoblanmaydi. FZTning kreditlari tijorat banklarining likvidliligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. FZT tijorat banklariga bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi markazlashgan kreditlarni taklif etadi. Xususan, diskontli kreditlar, lombard kreditlari, overdraft va overnayt kreditlari keng qo‘llaniladi. AQSh Hukumati qimmatli qog‘ozlari emissiya hajmining katta ekanligi FZTga ochiq bozor siyosatidan monetar siyosatning asosiy instrumenti sifatida foydalanish imkonini beradi. AQSh FZT monetar siyosat instrumentlaridan makroiqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir etish maqsadida aktiv foydalanib kelmoqda. Masalan, 2001-yilda AQSh iqtisodiyotida retsessiya belgilarining paydo bo‘la boshlaganligi FZTni “arzon pullar” siyosatini qo‘llashga majbur qildi va natijada 2001-2004-yillarda pul massasining oshishini rag‘batlantiruvchi ekspansionistik monetar siyosat olib borildi. Ushbu siyosatning natijasi o‘laroq, AQSh hukumatiga tegishli pul mablag‘lari bo‘yicha belgilangan stavka 2001-yildagi 6,5 foizdan 2004-yil dekabr oyiga kelib, 1,75 foizga tushdi 135 . AQSh dollari kursining nobarqarorligi Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Xitoy kabi mamlakatlarni ham tashvishga solmoqda. Chunki, ularning xalqaro valyuta zaxiralarining asosiy qismi AQSh dollarida shakllangan. Shu sababli, 1999-yil yanvarda Yaponiya 135 OECD Economic Outlook, Vol. №73, 2003/ I. - June, pp. 38-39. 144 va Germaniya Moliya vazirlari AQShga dollar, yevro va ienning kurslarini o‘zaro bir-biriga bog‘lashni taklif qildilar. Ammo AQSh Federal zaxira tizimining o‘sha vaqtdagi rahbari A.Grinspen va Moliya vaziri R.Rubin ushbu taklifni qat’iyan rad etdilar. Ularning fikriga ko‘ra, mazkur uch yetakchi valyuta kurslarini o‘zaro bir-biriga bog‘lashni joriy etish AQSh Federal zaxira tizimining ishsizlik va inflyatsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan pul-kredit siyosatining mustaqilligiga putur yetkazadi 136 . AQShda 1913-yil 23-dekabrda qabul qilingan “Federal zaxira tizimi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, Federal zaxira tizimi (FZT) monetar siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. AQSh FZTning oliy Boshqaruv organi bo‘lib, Boshqaruvchilar kengashi hisoblanadi. Aynan, Boshqaruvchilar kengashi monetar siyosatning asosiy, tayanch masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Jumladan, Kengash, hisob stavkasini o‘rnatadi va o‘zgartiradi, tijorat banklariga nisbatan majburiy zaxira talabnomalarini belgilaydi, trattalarni qayta hisobga olish kontingentini aniqlaydi. FZTning yana bir boshqaruv organi bo‘lib, ochiq bozordagi operatsiyalar bo‘yicha Federal qo‘mita bo‘lib, u federal zaxira banklar savdo qiladigan davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish va sotish strategiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. AQSh FZTning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligining ta’minlanganligi monetar siyosatning samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi 137 . AQSh FZT inflyatsion targetlashni qo‘llamaydi, balki pul massasining o‘sish sur’atlarini nazorat qiladi. AQSh Kongressi 1978- yilda FZTga pul massasining o‘sish sur’atlarini nazorat qilish majburiyatini yukladi. Unga ko‘ra, mamlakatda baholar barqarorligiga erishish maqsadida har yili kelgusi yil uchun pul massasining o‘sish sur’ati FZT tomonidan e’lon qilinadi. 136 Моисеев С.Р. Международные валютно-кредитные отношения. – М.: Дело и Сервис, 2007. - С. 625-626. 137 Markaziy banknnig iqtisodiy mustaqilligi deganda uning monetar siyosatni amalga oshirishda ixtiyoridagi pul- kredit instrumentlaridan cheklovlarsiz, erkin foydalana olishiga aytiladi. Uning siyosiy mustaqilligi deganda monetar siyosatni amalga oshirishda Hukumatga va davlat organlariga nisbatan mustqilligiga aytiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling