O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
6.2-§. Rivojlanayotgan mamlakatlarda monetar siyosat
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
145 6.2-§. Rivojlanayotgan mamlakatlarda monetar siyosat Rossiya Federatsiyasi bank tizimining birinchi pog‘onasida Rossiya Markaziy banki turadi. Rossiya bank tizimining ikkinchi pog‘onasida tijorat banklari turadi. Rossiya Markaziy banki naqd rublni emissiya qiladi, pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi, tijorat banklari faoliyatini nazorat qiladi va rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqaradi. Rossiya Markaziy bankining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi roli uning pul-kredit siyosati orqali namoyon bo‘ladi. Rossiya Markaziy banki tomonidan qo‘llanilayotgan inflyatsion targetlash rejimida 2017-yilning oxiriga borib, inflyatsiyaning yillik darajasini 4 foizga yetkazish maqsadi qo‘yilgan. 2016-yilda amalga oshirilgan chora-tadbirlar ushbu maqsadga erishish imkoniyatini yuzaga keltirdi. Ya’ni, 2016-yilning yakuniga kelib, Rossiyada inflyatsiyaning yililk darajasi 5,4 foizni tashkil qildi. Holbuki, 2015-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, Rossiyada inflyatsiyaning yillik darajasi 12,9% bo‘lgan edi. 2016-yilning iyun oyiga kelib, inflyatsiyaning darajasini sezilarli darajada pasaytirishga erishilganligi Rossiya Markaziy bankiga qayta moliyalash stavkasini pasaytirish imkonini berdi. Rossiya Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi 2016- yilning iyun va sentyabr oylarida 0,5 foizli punktga 2 marta pasaytirildi va yilning oxiriga kelib, qayta moliyalash stavkasining yillik darajasi 10,0 foizni tashkil qildi. Rossiya Markaziy banki tomonidan overnayt, overdraft, lombard va muddatli kreditlar berish qo‘llanilmoqda. Qayd etish joizki, Rossiya Markaziy banki tomonidan berilayotgan lombardli kreditlar, respublikamiz amaliyotidan farqli o‘laroq, nafaqat yuqori likvidli hukumat qimmatli qog‘ozlari bilan, balki reputatsiyasi yuqori bo‘lgan Rossiya kompaniyalarining qarz qimmatli qog‘ozlari 146 bilan ham ta’minlanmoqda. Bu esa, Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining lombard kreditlari hajmini oshirishga imkon bermoqda. 2015-yilda Rossiyada inflyatsiyaning yuqori bo‘lishi rossiya rublining qadrsizlanishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Rublning qadrsizlanishi hisobiga inflyatsiya darajasi qo‘shimcha 4,5-5,0 foizli punktga oshdi. Rossiya Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalaridan pul-kredit siyosatining asosiy instrumenti sifatida foydalanadi. Shunisi xarakterliki, Rossiya Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirishda Rossiya hukumatining qimmatli qog‘ozlaridan tashqari, yirik kompaniyalar va banklarning qimmatli qog‘ozlaridan foydalanadi. Gazprom, Rosneft, Rosnano kabi yirik kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari va Sberbank, Vneshtorgbank, Gazprombank kabi yirik banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar Rossiya Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalarining obyektlari bo‘lib hisoblanadi. Xitoy Xalq Respublikasi 1949-yilda tashkil topdi va shu munosabat bilan mamlakatda ikki pog‘onali bank tizimi tashkil topdi. Birinchi pog‘onada Xitoy Xalq banki turadi va u 1948-yilda tashkil etilgan. Xitoy Xalq banki Markaziy bank hisoblanadi. U dastlab tijorat banklari funksiyalarini ham bajargan. Ushbu bank emission, depozit, hisob-kitob va kassa markazi vazifasini bajarar edi. 1949-yilda Xitoy bank tizimining ikkkinchi pog‘onasida qishloq xo‘jalik kredit kooperativlari turar edi. Chunki, Xitoy kommunistik davlat bo‘lganligi sababli 1949-yilda tijorat banklari tashkil etishga umuman ruxsat yo‘q edi. 1954-yilda Xitoy banki, Xitoy Xalq qurilish banki tashkil etildi, 1955-yilda Xitoy Qishloq xo‘jalik banki tashkil etildi. Ushbu banklar faoliyatining mazmuniga ko‘ra Xitoy Xalq bankining bo‘linmalari hisoblanar edi. Hozirgi davrda Xitoy bank tizimi 2 pog‘onali hisoblanadi. Xitoy bank tizimining birinchi pog‘onasida Xitoy Xalq banki, uchta siyosiy bank va davlat nazoratida bo‘lgan to‘rtta yirik bank turadi. Siyosiy banklar – Davlat taraqqiyot banki, Xitoy qishloq xo‘jaligini rivojlantirish banki, Xitoy eksport-import banki. 147 Davlat nazoratidagi 4 ta yirik bank – Xitoy Savdo-sanoat banki, Xitoy banki, Xitoy Qishloq xo‘jaligi banki, Xitoy Xalq qurilish banki. Xitoy bank tizimining ikkinchi pog‘onasida aksiyadorlik-tijorat banklari va qishloq xo‘jalik kooperativ banklari kiradi. Xitoy Xalq banki 1995-yil 18-martda qabul qilingan “Xitoy Xalq banki to‘g‘risida”gi qonunga binoan haqiqiy markaziy bank maqomiga va vakolatiga ega bo‘ldi. Ya’ni, Markaziy bank aholi va korxonalarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmaydigan bo‘ldi, pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vakolatiga ega bo‘ldi. Xitoy Xalq bankining 9 ta hududiy bo‘linmasi mavjud: Ular Shanxay, Nankin, Tyanzin, Tszin, Shenyan, Uxan, Guanchjou, Chendu va Sian viloyatlarida joylashgan. Xitoy Xalq banki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 1. Xitoy Xalq banki milliy valyuta – yuanni emissiya qiladi va uning muomalasini tashkil qiladi. 2. Pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi. 3. Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradi. 4. Mamlakatdagi tijorat banklari va nobank kredit institutlari faoliyatini nazorat qiladi. 5. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini shakllantiradi va boshqaradi. 6. To‘lov tizimining holati uchun javob beradi. Xitoy Xalq banki hozirgi davrda pul-kredit siyosatining quyidagi instrumentlaridan foydalanmoqda: – majburiy zaxira siyosati; – qayta moliyalash siyosati; – ochiq bozor siyosati; – valyuta siyosati. Xitoyda tashqi savdoning yirik miqdorda ijobiy saldoga ega ekanligi to‘lov balansinning holatiga ijobiy ta’sir etgani holda, milliy valyutaning nominal almashuv kursini ko‘tarilish xavfini yuzaga keltiradi. Bu esa, 148 Xitoy Xalq bankini milliy valyutaning nominal almashuv kursini nazorat qilishga majbur qiladi. 3-jadval Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling