3. Qozog‘iston Respublikasi Milliy bankining ochiq bozor
siyosati doirasida to‘g‘ri REPO va teskari REPO operatsiyalarining
yo‘lga qo‘yilganligi.
To‘g‘ri Repo operatsiyalari 2015-yilda yuz bergan moliyaviy
beqarorlik paytida keng qo‘llanildi va tijorat banklarida yuzaga kelgan
balanslashmagan likvidlilik riski darajasini pasaytirishda muhim rol
o‘ynadi.
2016-yilning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan tijorat banklarining
tengedagi “Nostro” vakillik hisobraqamlarida to‘plangan ortiqcha pul
mablag‘larini olib qo‘yish maqsadida teskari REPO operatsiyalaridan
keng foydalanildi.
4. Milliy valyutaning nominal almashuv kursining tebranish
darajasini pasaytirishga muvaffaq bo‘linganligi.
2017-yilda Qozog‘iston milliy valyutasi – tengening nominal
almashuv kursining tebranish diapazonlarini qisqartirishga muvaffaq
bo‘lindi. 2017-yilda tengening 1 AQSh dollariga nisbatan nominal
almashuv kursining tebranish diapazoni 310,40-345,00 tenge oralig‘ida
bo‘ldi.
2017-yilning yanvar-may oylarida neft bahosining asta-sekinlik
bilan oshishi yuz berdi. 2017-yilning boshida 1 barrel neftning bahosi
2015-yilning iyul oyidan beri birinchi marta 57 dollardan oshdi va
keyingi 5 oy mobaynida o‘rtacha 53-54 dollar darajasida tebranib turdi.
Bu esa, tengening almashuv kursini mustahkamlanishiga olib keldi.
2017-yilning iyun-iyul oylarida 1 barrel neftning bahosi 45 dollarga
tushdi. Bu esa, tengening nominal almashuv kursi barqarorligiga
nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirdi. Tashqi bozorlardagi noaniqliklar
ichki valyuta bozorida devalvatsion kutishlarning kuchayishiga sabab
bo‘ldi. Natijada, 2017-yilning 21- va 22-iyun kunlari AQSh dollariga
bo‘lgan talab keskin oshdi. Bunday sharoitda tengening AQSh dollariga
nisbatan nominal almashuv kursini sezilarli darajada pasayib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Qozog‘iston Milliy banki 101 mln AQSh
dollarini sotishga majbur bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |