O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


Markaziy bankning bazaviy stavkasini joriy etilganligi va


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

 
1. Markaziy bankning bazaviy stavkasini joriy etilganligi va 
muvaffaqiyatli qo‘llanilayotganligi. 
2016-yil fevral oyida Qozog‘iston Milliy banki bazaviy foiz 
stavkasini pul-kredit siyosatining asosiy instrumenti sifatida o‘rnatdi. 
Bazavoy 
stavkaning 
joriy 
etilganligi 
moliya 
bozori 
ishtirokchilarining jalb qilinadigan resurslarning bahosi xususidagi 
tasavvurlariga aniqlik kiritishi bilan birga, Markaziy bank foiz 
siyosatining shaffoflik (oshkoralik) darajasini oshirishga xizmat qiladi. 
Qozog‘iston Milliy banki tomonidan bazaviy stavkani o‘rnatishda 
inflyatsiya riski va moliyaviy barqarorlikni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan 
risklar hisobga olindi va shuning natijasida bazaviy stavkaning yillik 
darajasi 17% qilib belgilandi. 
Bazaviy stavkaning bu qadar yuqori belgilanishi qayd etilgan 
risklarning yuqori bo‘lganligi bilan izohlanadi va ushbu yuqori stavka 
milliy valyuta-tengening nominal almashuv kursining barqarorligini 
ta’minlash imkonini berdi. 
Shunisi ahamiyatliki, Qozog‘iston Milliy bankining bazaviy 
stavkasini mamlakat moliya bozoridagi holatning o‘zgarishi hamda 
inflyatsion va devalvatsion kutishlardan kelib chiqqan holda
moslashuvchanligi ta’minlangan. 
2016-yilning fevralidan dekabriga qadar bo‘lgan davrda Milliy 
bankning bazaviy stavkasi 4 marta pasaytirildi: 
* may oyida – 15 foizgacha; 
* iyul oyida – 13 foizgacha; 


 
151 
* oktyabr oyida – 12,5 foizgacha; 
* noyabr oyida – 12,0 foizgacha. 
2. Inflyatsion targetlash rejimining qo‘llanilayotganligi. 
Inflyatsion targetlash pul-kredit siyosatini ekonometrik tahlil qilish 
va prognozlash tizimiga asoslangan holda amalga oshirilmoqda va 
bazaviy stavkani o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishda muhim 
rol o‘ynamoqda. 
Qozog‘istonda inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi o‘rta muddatli 
davrga mo‘ljallanganligi sababli, ekonometrik tahlil choraklik davrdagi 
ma’lumotlar tahlili asosida amalga oshirilmoqda. 
Shuningdek, prognozning aniqlik darajasini oshirish uchun aholi 
o‘rtasida, inflyatsion va devalvatsion kutishlarni baholash maqsadida, 
so‘rovlar o‘tkazilmoqda. 
Hozirgi davrda, Qozog‘istonda inflyatsion targetlash rejimi 
qo‘llanilayotganligi sababli milliy valyutaning almashuv kursi bo‘yicha 
maqsadi ko‘rsatkichlar belgilanmagan. Milliy valyuta-tenge erkin suzish 
rejimiga ega. 
Xalqaro valyuta fondi ekspertlarining fikriga ko‘ra, inflyatsiyaning 
maqsadli ko‘rsatkichidan pul-kredit siyosatining indikatori sifatida 
foydalanish uchun ish haqining o‘sishi, aholi bandligi darajasi va 
almashuv kursi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanmasligi lozim. 
Buning sababi shundaki, milliy valyutaning xorijiy valyutaga nisbatan 
kursining belgilanishi Markaziy bankni, o‘zining pul-kredit siyosatini, 
ana shu ko‘rsatkichni bajarish uchun moslashtirishga majbur qiladi. Bu 
esa, o‘z navbatida, Markaziy bankka inflyatsiyaning maqsadli 
ko‘rsatkichini ta’minlash uchun monetar instrumentlardan erkin va to‘liq 
foydalanish imkonini bermaydi. Natijada, pul-kredit siyosatining taktik 
maqsadlarining mazmunida ikki yoqlamalik, qarama-qarshilik yuzaga 
keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi 
PQ-3272- sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirishga doir
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida respublikamizda inflyatsion 
targetlashni 2018-yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy qilish vazifasi 
qo‘yilgan. Shu sababli, Qozog‘istonning inflyatsion targetlash 


 
152 
borasidagi tajribasini o‘rganish va undan foydalanish imkoniyatlariga 
baho berish O‘zbekiston uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling