O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun berilgan savollar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun berilgan savollar
1. Inflyatsiya nima? 2. Inflyatsiya qanday yuzaga keladi? 3. Inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud? 4. Inflyatsiya va davlat byudjeti defitsiti o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud? 5. Inflyatsiyaga qarshi siyosat deganda nimani tushunasiz? 6. Inflyatsion targetlash nima? 7. Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish uchun qanday shartlar bajarilishi lozim? 132 “Die Banken in der Schweiz – Swiss National Bank, 2001” ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi. 140 6-BOB. MONETAR SIYOSATNI AMALGA OSHIRISHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI 6.1-§. Taraqqiy etgan mamlakatlarda monetar siyosat Angliya Markaziy banki 1694-yilda tashkil etilgan. Garchi Shvetsiya Markaziy banki – Riksbank dunyoda birinchi bo‘lib tashkil etilgan bo‘lsada, muomalaga banknotalarni chiqargan va tijorat veksellarini hisobga olishni boshlagan birinchi Markaziy bank bo‘lib, Angliya Markaziy banki hisoblanadi. Riksbank birinchi bo‘lib muomalaga oltin tangalar bilan ta’minlangan depozit sertifikatlarini chiqargan. Angliya Markaziy banki pul-kredit siyosatining quyidagi instrumentlaridan foydalanmoqda: A. Qayta moliyalash siyosati. Angliya Markaziy banki hozirgi davrda mamlakat tijorat banklariga ikki xil usulda kreditlar bermoqda: * tijorat banklarining balansidagi trattalarni Markaziy banklar qayta hisobga olish yo‘li bilan berilayotgan kreditlar; * Angliya banklarining balansidagi qimmatli qog‘ozlarni garovga olish yo‘li bilan kreditlar. B. Ochiq bozor siyosati. Angliya Markaziy banki ochiq bozor siyosati doirasida to‘g‘ri REPO va teskari REPO operatsiyalaridan foydalanmoqda. To‘g‘ri REPO operatsiyasida Angliya Markaziy banki qimmatli qog‘ozlarni mamlakat banklariga qaytarib sotib olish sharti bilan sotadi. Teskari REPO operatsiyasida Angliya Markaziy banki qimmatli qog‘ozlarni mamlakat tijorat banklaridan qaytarib sotish sharti bilan sotib oladi. V. Valyuta siyosati. Angliya Markaziy banki valyuta siyosati doirasida valyuta intervensiyasini amalga oshiradi, Angliya hukumatining tashqi qarzini 141 to‘lashga xizmat qiladi va o‘zining balansidagi oltin-valyuta zaxiralarini boshqaradi. Angliyada Hukumat xorijiy valyutalarda zaxiralarga ega emas. Davlatga tegishli barcha oltin-valyuta zaxiralari Angliya Markaziy bankining balansiga o‘tkazilgan. Shu sababli, Hukumatning tashqi qarzi Angliya Markaziy bankining balansidagi valyuta zaxiralari hisobidan to‘lanadi. To‘langan tashqi qarzning funt sterlingdagi ekvivalenti Hukumatning joriy hisobraqamidan yechib olinadi. G. Depozit siyosati. Angliya Markaziy banki Hukumatga va tijorat banklariga tegishli vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini o‘zining muddatli depozit hisobraqamlariga jalb qiladi va ularga foiz to‘laydi. Angliya Markaziy banki majburiy zaxira siyosatidan pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida foydalanmaydi. Angliya Markaziy banki 1997-yilgacha nazorat funksiyasiga ega edi, ya’ni tijorat banklari faoliyatini nazorat qilar edi. Ammo 1997-yilda tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish vakolati “Moliyaviy tartibga solish va nazorat” boshqarmasiga berildi. 1-jadval Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling